Dramatik o‘yinlar (psixologik va ijtimoiy dramalar) - psixologik hamda ijtimoiy masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan o‘yinlar bo‘lib, ular tashkil etilishi, metodik xususiyatlariga ko‘ra rolli va ishbilarmonlik o‘yinlariga yaqin. Odatda psixologik va ijtimoiy xarakterdagi dramatik o‘yinlar jamoadagi muhitni yaxshilash, shaxslararo munosabatlarning ijobiy bo‘lishiga erishish, muloqotga kirisha olish, jamoada yagona birlikni qaror toptirish, o‘zgalarning ruhiy holatini to‘g‘ri baholash, og‘ir vaziyatlarga uch kelgan sub’ektlarga yordam ko‘rsatish hamda samarali, unumli faoliyat ko‘rsatish uchun zarur sharoitni yaratishga xizmat qiladi.
Barcha o‘yinlarda bo‘lgani kabi pedagogik o‘yinlar jarayonida ham ishtirokchilar faol holatda bo‘ladi, sheriklari bilan o‘zaro munosabatga kirishadi, shuningdek, o‘z qarashlarini sheriklariniki bilan taqqoslash, jamoa bilan zarur munosabatni o‘rnatish orqali o‘zini o‘zi o‘rganadi.
Pedagogik jarayonda o‘yinlardan foydalanishda ayrim jihatlarga e’tibor qaratish lozim. Jumladan:
o‘yin ssenariysini tayyorlash;
yo‘riqnomalar tuzish;
auditoriyani o‘yin mohiyatiga muvofiq jihozlash
Ssenariy va uning mohiyati muhim ahamiyatga ega. Zero, aynan ssenariygina tegishli ta’lim, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarga erishish imkoniyatini ta’minlaydi. O‘qituvchilar o‘yin ssenariylarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratishlari, ssenariyni tayyorlash malakasiga ega bo‘lishlari zarur.
Pedagogik xarakterdagi o‘yinlarning tarkibiy tuzilmasi quyidagilardan iborat:
o‘quv maqsadi;
o‘yinning vazifasi;
o‘rganiladigan muammo tafsiloti;
o‘yin vaziyatining tafsiloti;
ishtirokchilarning tasnifi
Ta’lim jarayonida o‘yin texnologiyalari qo‘llash quyidagilarga asoslanadi:
guruhni shakllantirish;
mashg‘ulotlarning bosh maqsadini ifodalash;
muammoli vaziyatni vujudga keltirish;
rollarni taqsimlash,
o‘yin reglamentini o‘rnatish;
materiallar, yo‘riqnomalar, qoidalar va
ko‘rsatmalar to‘plamini tarqatish;
maslahat berish
O‘yin texnnologiyalarini qo‘llashda rollar qur’a tashlash yo‘li bilan taqsimlanadi. Bunda rollar nomi yozilgan kichik qog‘ozchalarda foydalanish mumkin. Rollarning ishtirokchilar o‘rtasida qur’a asosida taqsimlanishi kelib chiqish ehtimoli bo‘lgan noroziliklarning oldini oladi. O‘yin jarayonida belgilangan vaqt (reglament)ga, muloqot odobiga rioya etish, faollik ko‘rsatish hamda o‘yinni oxirigacha davom ettirish kutilgan natijani kafolatlaydi. SHuningdek, quyidagi omillar pedagogik maqsadlarda o‘yin texnologiyalaridan samarali foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi:
o‘yin ssenariysining puxta tayyorlanganligi;
o‘yin maqsadi va vazifalarining to‘g‘ri, aniq belgilanishi;
o‘yin qoidalarining aniq, lo‘nda (8-10 tagacha) ifodalanishi;
o‘yin yo‘riqnomasining mavjudligi;
ishtirokchilarning o‘yin jarayoniga qiziqishlari;
rollarning samarali, to‘g‘ri taqsimlanishi;
jamoada ko‘tarinki kayfiyatning yuzaga kelishi;
ishtirokchilarning bir-birlarini tushuna
olishlari va qo‘llab-quvvatlashlari;
har ishtirokchining o‘yin natijasi uchun mas’uliyatni his etishi;
barcha ishtirokchilar imkoniyatlarining yagona maqsadga yo‘naltirilishi
O‘yin jarayonida hech kim halaqit qilmasligi kerak. Bordi-yu, zaruriyat bo‘lsagina faqat boshlovchi ishtirokchilarning harakatlarini tuzatishi, ularni to‘g‘ri yo‘naltirishi mumkin.
Har qanday jarayon singari o‘yin yakunida uning tashkil etilishi, o‘tkazilishi yuzasidan muhokama o‘tkazilishi zarur. Muhokama chog‘ida o‘yin ishtirokchilari, tomoshabin (jamoaning o‘yina ishtirok etmagan a’zolari), ekspertlar o‘yinning tashkil etilishi va o‘tkazilishi yuzasidan o‘z fikr- mulohazalari, takliflarini bildiradi.
Muhokama jarayoni quyidagi tartibda tashkil etiladi:
taqrizchilarni chiqishlari;
fikrlar almashinuvi;
ishtirokchilarning o‘z qarorlari va xulosalarini himoya qilishlari;
o‘yinga yakun yasash
Do'stlaringiz bilan baham: |