joyda Moraviyada tegirmonchi oilasida dunyoga keladi. Uning oilasi ruhoniy «chex qardoshlari» jamoasiga tegishli
bo’lib, o’zlarini protestant Yan Gusning davomchisi deb hisoblar edilar. U o’rta maktabni tugatgach, Gerbern
universitetiga (Germanida) o’qishga kiradi. Uni tugatgach Geldelberg univnrsitetida leksiya kursini tinglaydi. Bu
9
1631 yil o’qish uchun kitob «Otkro’taya dver yazo’ka» (Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi)ni yaratadi. Bu
asardan so’ng, Komenskiyning ko’p mamlakatlarda dong’i ketib ta’siri kuchayadi.
1632 yili Komenskiy «Buyuk didaktika» degan katta pedagogik asarni tugatadi. «Ona maktabi» degan maktabgacha
tarbiya qo’llanmasi asarini bunyod etadi. «Ulug’ didaktika» asarida «pan, sofiya ideyasini» (pan grekcha – butun,
hamma, sofiya – donolik, aqllilik) hamma narsani bilish hamma uchun bilim berish demakdir.
Komenskiyning pandsofik ishi Angliyada qo’llab quvvatlanadi va 1641 yili Angliyaga keladi. Uni barcha mamlakatlar
taklif eta boshlaydilar. Shvesiyada lotin tili darsligini va til o’qitish metodikasini tuzadi. 1648 yilda yana ona vatani
Polshaning Leshno shahriga qaytib kelib, o’qituvchilik faoliyatini davom ettiradi. U Vengeriyada maktablarni
boshqaradi. «Vidimo’y mir v kartinkax» ya’ni «Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning sur’atlari» degan
asar yozib, o’qish ishini rasmlar bilan olib borishni ilgari suradi.
Komenskiy «Buyuk didaktika», «Tillar va barcha fanlarning ochiq eshigi», «Fizika», «Falakiyot», «Onalar maktabi»,
«Lotin tili muqaddimasi», «Tillarning eng yangi metodi», «O’yin - maktab», «Hislar bilan idrok qilinadigan
narsalarning suratlari», «Tinchlik farishtasi» kabi asarlarida o’zining muhim pedagogik g’oyalarini ifodalagan.
«Buyuk didaktika» jahon pedagogikasining nodir asarlaridan biridir. Unda ta’lim nazariyasiga doir fikrlar bilan birga
maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni aqliy va axloqiy, jismoniy va estetik jihatdan taribyalash usullari ham
bayon etilgan. Barcha o’g’il va qizlarga ta’lim berish uchun maktablar ochish, bolalarni o’z ona tilida o’qitish,
tarbiyalash, amaliy hayotga turmushga tayyorlash, xususiy metodikalarni takomillashtirish masalalari tahlil qilingan.
Shuningdek, ta’lim-tarbiyaning maqsadi, shart-sharoitlari, imkoniyatlari va amaliy ahamiyati ham keng o’rin olgan.
«Buyuk didaktika» chex tilida yozilib, uning buyuk didaktika deb atalishi ham bejiz emas. Kitob unda tilga olingan va
hal etilgan masalalarning ko’lami hamda ahamiyati jihatdan buyuk mumtoz asardir.
Komenskiy umrining so’nggi yillarini xalqlar o’rtasida tinchlik o’rnatish uchun xizmat qilishga bag’ishladi. U 1667
yilda o’zining «tinchlik farishtasi» nomli asarini yozdi. Unda davlatlar o’rtasida xayrihohlik va tinchlik bo’lishi
zarurligini bayon qildi va bunga erishishning muhim omillarini tavsiya etdi.
Komenskiy 1670 yilda vafot etdi.
Komenskiy ijodi pedagogika fanining rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi. Xususan, uning «Buyuk didaktika» nomli
asari jahon tillariga, shu jumladan pedagogika fanlari doktori, professor M.Ochilov tomonidan o’zbek tiliga ham tarjima
qilinib nashr etildi (1975).
Ya.A.Komenskiy bolaning kamol topishini quyidagi davrlarga bo’ladi va shu davrga xos maktablarni ko’rsatadi:
1.
Go’daklik davri – ona maktabi;
2.
Bolalik davri – boshlang’ich maktab yoki ona tili xalq maktabi;
3.
O’smirnlik davri – lotin maktabi yoki gimnaziya;
4.
Yetuklik davri – akademiya va sayohat.
Komenskiy maktablarning to’rt turini yilning to’rt fasliga o’xshatgan.
Komenskiy o’quvchiga bilim berish bilan birga unda quyidagi sifatlarni tarkib toptirish zarurligini uqtirgan:
1.
Ovqat yeganda ham, kiyinishda ham tozalikka rioya qilish;
2.
Kattalarni hurmat qilish;
3.
Buyruq va taqiqlarga so’zsiz va sidqidildan itoat etish;
4.
Hamisha to’g’ri so’zlash, hyech qachon yolg’on gapirmaslik;
5.
Adolatli bo’lish, egasining roziligisiz biror narsani olib ketmaslik, hyech kimga, hyech qachon yomonlik
qilmaslik, hyech narsaga suqlanib qaramaslik;
6.
Boshqalarni sevish, muhtojlikdan yordam so’ragan o’rtog’idan o’z narsasini ayamaslik.
Komenskiyning pedagogik nazariyasida ta’lim o’qitish, ya’ni didaktika katta o’rin egallaydi. Uning didaktikasida
tabiiylik metodi asosiy rol o’ynab, bu metodning mohiyati, bolaning yoshini bilim hajmini, psixologik xususiyatlarini
hisobga olib, darsni tabiat borlig’iga moslab o’tishdan iboratdir. «Buyuk didaktika»da didaktik prinsiplar berilib, dars
jarayonida o’qituvchi qo’llashi kerakligi uqtiriladi. Komenskiy ko’rsatmalilik prinsipini nazariy jihatdan isbotlab,
faqatgina ko’rsatib o’qitish usuli tariqasidagina emas, balki barcha sezgi organlarini narsa va hodisalarni asosli va
yaxshi o’zlashtirib olishga jalb etish vositasi tariqasida keng ma’noda to’g’ri tushunadi.
Ko’rsatmalilikni o’qitishning «oltin qoidasi» deb atadi. Ko’rsatmalilik prinsipida:
a) bolaga real narsalarni ko’rsatish;
b) dunyoni rasmlar orqali tushuntirish;
v) narsalar modelini ko’rsatish;
g) o’qituvchining so’zi kabi vositalar orqali ko’rsatishni uqtiradi.
Komenskiy onglilik prinsipini o’qitishda ma’no-mazmunini tushunmay, og’zaki yodlashga qarshi chiqadi.
U ta’limning tizimlilik prinsipini ham ilgari suradi. O’qitilayotgan material o’quvchilarga asosiy qoidalar tariqasida
lunda bayon qilinishi kerak. O’qitishda dalillardan xulosalarga, misollardan qonunlarga o’tish, dalillar va misollarni
qoidalar tizimiga solib, umumlashtirib berish lozim, aks holda, hodisalarning tizimsiz uyumi hosil bo’lib qoladi.
Konkretdan abstraktga, osondan qiyinga, umumiydan xususiyga o’tish kerak.
Komenskiy izchillik prinsipida kun, oy, yilga vazifa qo’yish va uni amalga oshirish uchun intilish kerakligi aytiladi.
Bunda: a) aniq vaqtni belgilash, b) o’qishning bola yoshiga mos bo’lishi, v) material izchillik bilan o’rganilishi, ya’ni
bugungi material ertangi material bilan bog’lanishi va keyingi o’tiladigan materialga yo’l ochish kerak.
Komenskiy materialni mustahkamlash, asosli o’zlashtirib olishlariga katta ahamiyat berib, mustahkam asos vujudga
keltirish, o’qitilayotgan narsalarni bir-biriga bog’lagan holda olib borish lozim deydi.