Jami: 2 kurs 3-semestr bo’yicha: 62 soat
|
Topshiriqli keys
Halima o’zini o’rtoqlari kutishayotganligi sababli, ko’chaga chiqmoqchi. Oyisi bo’lsa, bunga ruxsat bermayapti. Halima esa darslarini tayyorlab bo’lganligini aytib ruxsat surayapti. Biroq, oyisi kutilmaganda, “Qiz bolalar ko’chada yurmay, uy-ro’zg’or ishini qilishi kerak. Ertaga kelin bo’lsang, orqangdan gap eshitmay!” - dedi.
Savollar:
Bu vaziyatda kim haq?
Oyisi qanday pedagogik xatoga yo’l qo’ydi?
Sizningcha, Halimaning keyingi harakatlari qanday bo’ladi?
Talabalarga tavsiya etiladigan manbalar:
“Pedagogika” va “Psixologiya”ga oid adabiyotlar.
Talablar uchun ko’rsatmalar:
Keys mohiyatini yetarlicha anglab oling.
Berilgan manbalarga tayangan holda muammoning echimini topishga xizmat qqiluvchi omillarni aniklang.
Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko’proq daxldor bo’lgan omil (yoki ikkita omil)ni ajrating.
Ana shu omillar asosida yechimni asoslashga urining.
Do'stlaringiz bilan baham: |