10-Mavzu: Metodik boshqaruv – asosiy boshqaruv funksiyalari.
Reja:
1. Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish va boshqarish.
2. Maktabgacha ta‘limni rejalashtirish va moliyaviy ta‘minlash.
3.Shahar va tuman ta’lim muassasalarini boshqarish va metodik ta’minlash bo‘limlarining vazifalari.
4. Xalq bo`limlarining tashkilotchilik ishlari.
Tayanch tushunchalar va atamalar: maktabgacha ta’limni rejalashtirish, moliyaviy ta’minlash, asosiy prinsiplar, xalq bo`limi ,Shahar va tuman ta’lim muassasalari.
Hozirda bolalarni maktabgacha ta‘limga jalb etish 20% ni tashkil etmoqda. Ta‘lim to‘g‘risidagi Qonunning II moddasi maktabgacha ta‘limga bag‘ishlangan. «Maktabgacha ta‘lim» bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta‘lim olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qa’tiy nazar boshqa ta‘lim olib boriladi» deyiladi. Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturining maqsadi ham komil inson tarbiyasiga qaratilgan. Maktabgacha tarbiya Kantseptsiyasida: maktabgacha tarbiyaning tarkibiy va mazmunini qayta ko‘rishgancha fikrlaydigan o‘zbek xalqining milliy an‘analari, qadriyatlari, xalq ijodiyotining o‘ziga xosligi, tilda o‘z aksini topuvchi tafakkur xususiyatlari xalq pedagogikasining ulkan tajribasi oiladagi o‘zaro munosabat, milliy o‘z-o‘zini anglash, boshqa xalq madaniyatidagi ijobiy xususiyatlarini uyg‘unlashtirish masalalari, maktabgacha va oila ta‘limida hal etiladi.Sog‘lom avlod uchun dasturi 1993 yilda qabul qilindi. Maqsadi: bolalarni ilk yoshdan har tomonlama jismonan, ruhan, ma‘naviy tarbiyalashdan iborat.
Respublika xalq xo‘jaligi rejasi asosida maktabgacha ta‘lim muassasalarini loyihalashtirish, rejalashtirish belgilanadi. Makgabgacha ta‘lim muassasasi mustaqil ravishda iqtisodiy va sotsial rivojlanish rejasini ishlab chiqadi. Xalq xo‘jaligi rejasiga asoslanib, Xalq ta‘limini ilmiy nuqtai nazardan davlatimiz tomonidan ko‘rsatib berilgan qonun, qaror, direktiv yo‘l-yo‘riqlari asosida rejalashtirishdir. Joylarning tashabbuslari bilan idora, jamoa tashkilotlari. Maktabgacha muassasa yerdan, suvdan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, aholiga ijtimoiy sohasini rivojlantirish, mehnat resurslaridan foydalanish, xodimlar soni va maktabgacha ta‘lim muassasasi huquqi doirasidan tashqariga chiqadigan boshqa sohalari bo‘yicha o‘z rejasini xalq deputatlari soveti bilan muvofiqlashtiradi.
Rejalashtirish istiqbol va joriy turlardan iborat. Istiqbol rejada 10 yoki 5 yillarga mo‘ljallanadi. Bu xalq ta‘limi moliyaviy ekonomiya bo‘limlarda va uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalarda aks etadi.Joriy rejalashtirish. Bu har yili amalga oshiriladigan moliyaviy xo‘jalik ishlaridir. Maktabgacha ta‘lim muassasalari va yuqori bo‘limlarning munosabati, reja, boshqarish, Davlat korxonasi birlashmasi to‘g‘risidagi Xalq ta‘limida xo‘jalik mexanizmining asosiy qoidalari doirasidagi qonunning ayrim qoidalariga rioya qilish asosida ish yuritadi. Maktabgacha ta‘lim muassasalari vazirliklar, idoralar, xalq deputatlari sovetlari ko‘rsatmasiga binoan ularga buysungan korxonalar muassasalar, xalq deputatlari tomonidan xalq xo‘jaligi rejasida belgilab berilgan bolalar kontingenti doirasida tuziladi.Ta‘limni va kadrlar tayyorlashni moliyalashtirish tizimi takomillashtiriladi, uning ko‘p variantli (byudjetdan ajratilgan va byudjetdan tashqari manbalardan) tizimi joriy etiladi, ta‘lim muassasalarining o‘zini o‘zi pul bilan ta‘minlashi rivojlantiriladi, xususiy hamda chet el investitsiyalarini ta‘lim sohasiga jalb etish rag‘batlantiriladi.
Smetada maktabgacha ta‘lim muassasasining barcha harakatlari va bu harajatlari, manbalar, byudjet ajratmalari va ota-onalar mablag‘lari ko‘rsatiladi.Yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish uchun alohida smeta tuziladi. Smetaning 6 bo‘limi va har bir moddasi haqida tushuncha berish. Ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini aniqlashda muassasadagi guruhlar, bolalar soni, muassasada bolaning bo‘lish vaqti, necha soat ishlashiga, ishni turiga ham alohida e’tibor beriladi. Smeta harajatlarini rejalashtirish bo‘yicha 1-modda «Ish haqi», 2-modda «Ish haqqiga nisbatan ajratmalar», 3-modda «Idora va xo‘jalik harajatlari», 4-modda «Komandirovka va xizmat harajatlari», 5-modda «O‘quv o‘rganuv, kutubxona va o‘yinchoqlar sotib olish», 8-modda «Ovqatlantirish harajatlari», 12-modda «Asbob-uskuna va invertarlar sotib olish», 16-modda «Bino va inshootlarning kapital remonti», 18-modda «Boshqa harajatlar»i kiradi. Smetada maktabgacha ta‘lim muassasasining barcha harajatlari va bu harajatlar qorejaadigan manbalar: byudjet ajratmalari va ota-onalar mablag‘lari ko‘rsatiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy tarbiya qiladigan Davlat korxonasi ekanligi.Maktabgacha ta‘lim mussasasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, «Maktabgacha ta‘lim muassasasi to‘g‘risida»gi Nizomga hamda o‘z Ustaviga amal qiladi.Maktabgacha ta‘lim mussasasi oila va jamiyatning bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, milliy va mintaqa xususiyatlarini hisobga olgan xolda har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash va rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida tashkil etiladi.
Maktabgacha ta‘lim mussasasi mustaqil ravishda, o‘z tashabbusi bilan o‘z faoliyatiga taalluqli, agar ular qonunchilikka va pedagogik printsiplarga muyllik qilmasa har qanday qaror qabul qilishga haqlidir Maktabgacha ta‘lim mussasasi ta‘lim-tarbiyaviy ishlar sifati bolalar va ota-onalar huquqiga jamiyat va Davlat manfaatlariga rioya qilish uchun ma‘suldir. bog‘liq masalalarni birga hal qiladi.
Nazorat savollar
1. Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish va boshqarishda nimalarga e’tibor qaratilishi lozim?
2. Maktabgacha ta‘limni rejalashtirish va moliyaviy ta‘minlash qanday amalga oshiriladi?
3.Shahar va tuman ta’lim muassasalarini boshqarish va metodik ta’minlash bo‘limlarining vazifalari nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |