36
Shaxsning shakllanishida biologik va ijtimoiy omillarning ahamiyatini bir
qancha psixologlar ilmiy ishlarida izchil o’rgangan bo’lib, shaxs taraqqiyotining
davrlarga bo’linishi haqida ma’lumotlarni, fikr va qarashlarini keltiramiz.
Hozirgi zamon psixologiyasining taniqli vakili A.V.Petrovskiy
inson
taraqqiyotiga shaxsni tarkib toptirishning sotsial-psixologik nuqtai nazardan
yondashib, o’ziga xos original klassifikatsiyasini yaratadi. Ushbu nazariya
negizida yuksalish, yetuklikka intilish g’oyasi
mavjudligi sababli bolalik,
o’smirlik, o’spirinlik davrlari yotadi, xolos. A.V.Petrovskiygacha psixologlar
taraqqiyotning bir tekis jihatini olib o’rgangan bo’lsalar, bundan farqli o’laroq u
shaxs shakllanishining prosotsial va asotsial bosqichlari mavjud bo’lishi
mumkinligini dalillab berishga harakat qiladi. Shuning uchun taraqqiyot uchta
makrofazadan iborat ekanligini sharhlab,
uning birinchi turi bolalik davriga to’g’ri kelib, ijtimoiy muhitga
moslashish, ko’nikish (adaptatsiya);
ikkinchisi - o’smirlarga xos
individuallashish (individualizatsiya);
uchinchichi - o’spirinlik,
ya’ni yetuklikka intilish davrida individual
holatlarni muvofiqlashtirish (birlashtirish) xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
A.V.Petrovskiy shaxsning shakllanishini quyidagi
bosqichlardan iborat
bo’lishini ta’kidlab o’tadi.
✓
ilk bolalik (maktabgacha yoshidan oldingi davr) - tug’ilgandan to 3
yoshgach;
✓
bog’cha yoshi davri - 3 yoshdan to 7
yoshgacha;
✓
kichik maktab yoshidagi o’quvchi davri - 7 yoshdan to 11
yoshgacha;
✓
o’rta sinf o’quvchisi (o’smirlik) davri - 11 yoshdan to 15
yoshgacha;
✓
yuqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik) davri - 15 yoshdan to 17
yoshgacha.
D.I.Feldshteyn klassifikatsiyasi shaxsga ijtimoiy yondashuvga asoslangan
bo’lsa ham, lekin u A.V.Petrovskiynikidan keskin farq qiladi. D.I.Feldshteynning
fikricha, insonni shaxs sifatida shakllanish jarayonida ikkita katta taraqqiyot
bosqichini bosib o’tadi, ulardan biri - “Men jamiyat ichida” degan pozitsiyadan
iborat bo’lib, u o’ziga quyidagi yosh bosqichlarini qamrab oladi:
ilk bolalik - 1 yoshdan 3 yoshgacha;
kichik maktab yoshidagi o’quvchisi davri - 6 yoshdan to 9 yoshgacha;
yuqori sinf o’quvchisi davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha.
Shaxs taraqqiyotidagi ikkinchi pozitsiya “Men va jamiyat” deb nomlanib, u
quyidagi yosh bosqichlariga taalluqlidir:
➢
go’daklik - tug’ilgandan to 1 yoshgacha;
➢
maktabgacha yoshdagi bolalar - 3 yoshdan 6 yoshgacha;
➢
o’smirlar - 10
yoshdan to 15 yoshgacha.
Inson hayoti mobaynida bajaridigan har bir rolida uni o‘rab turgan ijtimoiy
borliqning normalari, qoidalari, xulq-atvor mezonlari o‘z aksini topgan bo‘ladi.
37
24-rasm
Amerikalik psixolog E.Erikson nazariyasiga ko’ra shaxs rivojlanishida
ma’lum bosqichlarni albatta bosib o’tishini ta’kidlab,
ularni hayotiy psixologik
krizis tarzda ta’riflab bergan:
➢
tashabbuskorlilikni namoyon bo’lishi - gunohkorlik, aybdorlik hissiga
qarama - qarshi (taxminan 3 yoshdan – 6 yoshgacha);
➢
mehnatsevarlik - yetishmovchilik kompleksiga qarama - qarshi (7 yoshdan
– 12 yoshgacha);
➢
o’z shaxsini aniqlash - konforizmga qarama - qarshi (12 yoshdan – 18
yoshgacha);
➢
samimiylikka, muloqotga intilish - shaxsiy psixologik chetlashishga
qarama - qarshi (taxminan 20 yoshlarda);
➢
yangi avlodni tarbiyalashdagi g’amxo’rlik - «o’z - o’ziga sho’ng’ib
ketishga» qarama - qarshi (30 va 60 yoshlar orasida);
➢
yashab o’tgan hayotidan mamnun bo’lish - umidsizlikka
qarama - qarshi
(60 yoshdan so’ng).
Do'stlaringiz bilan baham: