O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
B.T.I VA S.T.I YO`NALISHI
43-18 GURUH TALABASI
INOYATOVA RUXSORANING
MATEMATIKA O`QITISH METODIKASI FANIDAN
“MING ICHIDA NOMANFIY SONLARNI NOMERLASHGA O`RGATISH METODIKASI”
MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI
Bajaruvchi: Inoyatova R
Qabul qildi: Abdurahmonova N
GULISTON – 2021
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………3
I BOB. Asosiy qisim ……………..…………………………………….…………..5
1.1. Boshlang’ich sinflarda ko‘p xonali sonlar ustida nomanfiy butun
sonlarni nomеrlashga o’rgatish mеtodikasi.………………..................................5
1.2.Minglik» ichida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi……….............8
1.3. Kop xonali sonlar mavzusida nomerlashni o`rgatish metodikasi.……..…14
1.4. Mashg'ulotlar metodikasi va mashg'ulotlarni tashkil qilish…………….23
II.Xulosa………………………………………………………………………….32
III.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………....................33
Kirish
Natural son va nolni nomerlash va ular ustida arifmetik amallar bajarish boshlangich matematika kursini asosini tashkil qiladi. Unga qo'shib algebra va geometriya elementlari o'qitiladi. Dasturda natural sonlar va nol haqidagi ma'lumotlarni asta-sekin o'nlik, yuzlik, minglik va ko'p xonali sonlar konsentrlari (takroriy) kiritish nazarda tutiladi. Bu o'nlik sanoq sistemasining xususiyalari bilan, og'zaki va yozma nomerlashni takror-takror qo'llash orqali beriladi.
Birinchi o'nlikni nomerlashda 1-10 sonlarini sanash, nomerlarni aytish, ketma-ketligini, katta-kichikligini o'zlashtirish nazarda tutiladi. 1-o'nlik bilan nol' soni ham birga o'rgatiladi. Uni bo'sh to'plamning harkteristikasi sifatida berilgan. Nomerlash davomida 11-20, keyin 21-100 ichida sonlarni nomerlash qaraladi. 1-,2-, ....o'nliklarni hosil qilish, birgalikda o'nliklarni, ya'ni o'nli sanoq sistemasining mohiyati tushuntiriladi. Keyingi sinflarda 100 ichida, 1000 ichida va ko'p xonali sonlar og'zaki va yozma nomerlash, arifmetik amallar bajarish, komponentlarning nomlarini o'rgatishlar amalga oshiriladi.
Butun nomanfiy sonlarni nomerlash va ular ustida amallar bajarish boshlangich matematika kursida asosiy mavzulardan hisoblanadi. Algebra va geometriya elementlari arifmetik bilimlar tizimiga imkoni boricha kiritiladi, natijada son, arifmetik amallar va musbatlar haqidagi tushunchalarni yuqoriroq darajada ozlashtirish ta'minlanadi.
Natural son va nol ustida ishlash boshlangich sinflarda 4 yil oqish davomida olib boriladi. Matematika dasturi natural son va nol haqidagi ma'lumotlarni asta-sekin 10, 100, 1000, kop xonali sonlar konsentrlari boyicha kiritishni nazarda tutib tuzilgan.
Kontsentlarga ajratish onli sanoq sistemasining xususiyatlari bilan, sonlarni ogzaki, yozma nomerlash bilan bogliq bo`lgan asosiy masalalarni takror-takror qarashga imkon beradi.
- Doira, kvadrat, uchburchakni bir-biridan farq qila bilishlari va nomini ayta olishlari kerak.
Nomerlash metodikasi natural sonlar va nol haqidagi ma'lumotlarni o'nlik, yuzlik, minglik, ko'p xonali sonlar konsentirlari bo'yicha kiritishni nazarda tutadi.
Mavzuning dolzarbligi: Birinchi prezidentimiz I.Karimov 2004-2008 yillarda halq ta'limini isloh qilish to'g'risidagi ko'rsatmasida, ayniqsa, boshlang'ich ta'limga e'tibor berish, uni malakali o'qituvchilar bilan ta'minlash zarurligini eslatib, boshlangich ta'lim halq ta'limining poydevori, ya'ni asosi, deb aytgan edi.
Shuning uchun boshlangich ta'limning dasturini, darsliklarini va ish tartiblarini qayta ko'rib chiqish zarurligi kelib chiqadi. Ayniqsa, boshlangich ta'lim predmetlari ichida matematikani o'qitish asosiy o'rin tutadi. Matematika dasturi o'z ichiga avvalo natural sonlar bilan to'rt arifmetik amal bajarishni oladi. Bu matematikaning yadrosini tashkil qiladi. Shu bilan birga algebra va geometriyaning asosiy tushunchalari, asosiy miqdorlar va kasr sonlar metodikasi kiritilgan, ular arifmetik amallar bilan zaruriy o'rinda qo'shib o'qitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |