2. Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida kasbiy ta’lim tizimini isloh qilish.
Oxirigi yillarda turli xil stanoklarda ishlay oluvchi, uni tamirlay oluvchi, mahsulot sifatini
yuqori qilish uchun lozim asboblar orasidan qulayini tanlay olib ishlatadigan ishchilarga talab ortib
bormoqda. Ushbu ishchilar mehnat qilish jarayonlari va ko‘p imkoniyatdan qulayini tanlay olishi
kerak.
Bunday ishchilar, ya’ni, tamirlovchilar eski tushuncha bo‘yicha olliy bajaruvchi emas.
Ushbu ishchilar bajaruvchanlik bilan bir qatorda yangi texnologiyaning rivojlanishi va
ishlab-chiqarishni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi.
Ularga qulay vaziyatlarni topish jarayonida quyidagi talablar qo‘yiladi:
- pnevmatika, dinamika, elektrotexnikani, fizikani hech bo‘lmaganda o‘rta maktab ta’lim
oluvchisi darajasida bilishlari kerak;
- yaxshi texnologik tayyorgarlikka ega bo‘lishlari kerak;
- metall va nometall materiallarning nomlanishi va xususiyatlarini bilishlari kerak;
- kesuvchi asboblarning zo‘riqishiga chidamliligini bilishlari kerak;
- avtomatik liniyada ishlovchi har xil tipdagi stanoklarda ishlagani uchun ularning ishga
tayyorgarligi hamda ularning rejalashtirilganligini bilishlari kerak. Ular shunday holatlarga
tushadilarki, oqibatda turli xil nosozliklarni yechishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ular yuqori
malakali bo‘lishlari kerak;
- jamoa uchun sharoit yaratib berish, tamirlash ishini qisqa vaqtda tugallashlari kerak;
- ular ijtimriy -iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishlari kerak;
- brigadaning ish rejasini tuza olishlari kerak;
- ular jamoa bilan yaxshi muomalada bo‘lishlari, ya’ni tillasha olishlari kerak;
- ular qanday o‘zgarishlarlarga tayyor turishlari va boshqa brigadaga o‘tib ishlash lozim
bo‘lganda ishlab keta olishlari shart;
- ishchilarning bajaruvchanlik funksiyasi kamayib, aqliy mehnati ulushlari ortishi kerak;
- ishchilar mehnatida aqliy mehnat va fizik funksiyaning organik birikmasi, ya’ni,
hisoblash, to‘g‘rilash, analitik va nazorat funksiyalarini bajaruvchi, texnik jarayonni o‘lchovchi va
tekshiruvchi, avtomatlashtiruvchi asboblar yordamida boshqara ola bilishlari lozim;
- yuqori malakali va keng tarmoqli ishchilar funksiyalarining qo‘llay olishlari kerak;
- madaniyat, texnika va fanning rivojlanishida mehnat umumdorligining oshishi;
- umumiy faoliyati va ishlab-chiqarish holatlariga moslashuvchanlik;
- o‘rganish jarayonida tizimli ravishda malakasini oshirish evaziga keyingi ish faoliyati
malakasining oshishini taminlab berish.
Yuqori malakali ishchilar zamonaviy ishlab-chiqarishda muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa
ularning rasionalizatorlik va ijodkorlik xususiyatlari asqotadi. Bunday ishchilarning paydo bo‘lishi
shundan darak beradiki, insonning ishlab-chiqarish va texnik jarayondagi rivojlanishi,
bilimlarining kengayishi, chuqurlashishi va malakasining oshib borishini taqozo etadi.
75
Do'stlaringiz bilan baham: |