127
ehtiyojlarini tushinib yetish. Mazkur bosqichda kasb-hunar kollejining jamoasi quyidagi savollarga
javob berishi zarur:
ijtimoiy hamkorlik tizimini rivojlantirish orqali kasb-hunar kollejining qanday
muammolarini hal etish mumkin?
ushbu o‘quv muassasasi uchun kimlar asosiy sherik bo‘la olishi mumkin?
kasb-hunar kollejining amaldagi salohiyati hamkorlikka nima bera oladi?
Barcha savollarga javob berish uchun amaldagi salohiyatni aniqlash lozim. Misol uchun,
o‘quv muassasasi qaysi soha uchun mutaxassis tayyorlasa, iqtisodiyotning o‘sha sektorini tadqiq
etish, qanday korxonalar, tashkilotlar, kasaba uyushmalarining assosiasiyalari bu sohaning
vakillari hisoblanishi, ushbu sektor mintaqa rivojlanishning strategik rejasida qanday o‘rin tutishi,
qanday salohiyatga ega ekanligini o‘rganish lozim.
Ta’lim xizmatlari bozorining tegishli segmentida faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim
muassasalari haqidagi ma’lumotlar ham tahlil uchun muhim baza bo‘la oladi. Kasb-hunar
ta’limining turli darajalarda mavjud kasb-hunar ta’limi standartlari va malakaviy tavsifnomalar
haqida to‘liq axborotga ega bo‘lishga intilish zarur.
Ammo birinchi bosqichning eng muhim vazifasi kasb-hunar kolleji butun jamoasining
ijtimoiy sheriklarning turli toifalari bilan hamkorlikning barqaror tizimini shakllantirish bo‘yicha
murakkab va mashaqqatli ishni bajarish zarurligiga bo‘lgan yuksak motivasiyasiga erishishdir. Bu
jarayon qaror topgan psixologik qoliplarning sindirilishi bilan tavsiflanadi.
II. Tashkiliy bosqichning maqsadi - ijtimoiy sheriklar bilan barqaror aloqalarni o‘rnatishdir.
Uning doirasida hamkorlik haqidagi shartnomalar tayyorlanadi, ijtimoiy sheriklarning turli toifalari
bilan hamkorlik texnologiyasi ishlab chiqiladi. Shu tariqa ijtimoiy hamkorlikning kelajakdagi
tizimi tashkil etuvchilari shakllantiriladi.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, kasb-hunar kollejlari hamma vaqt ham ish beruvchilar bilan
muvaffaqiyatli aloqalar o‘rnatishga erisha olmaydilar. Bu hol obyektiv va subyektiv sabablar
tufayli ham yuz beradi. Juda ko‘p hollarda bu o‘zaro manfaatlarning mavjud emasligi, ammo
undan ham ko‘proq-muayyan kommunikasiya ko‘nikmalarining yo‘qligi, kasb-hunar kollejlari
vakilining muzokaralar jarayonini to‘g‘ri tashkil eta olmasligi, uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ra
olmasligi tufayli o‘zaro manfaatlarni topishga no‘noqlik qilishidir. Shu sababli har bir ijtimoiy
hamkorga qilinadigan tashrifga puxta tayyorgarlik ko‘rish
lozim
II-bosqichning eng muhim yo‘nalishlaridan biri mehnat bozorini baholashdir. Kasb- hunar
kollejlarining vakillari ushbu faoliyatni turli axborot manbalaridan, shu jumladan, davlat va idora
statistikasidan, (Davlat statistika qo‘mitasi, bandlik xizmati, ta’lim boshqaruvi organining statistika
bo‘limi va boshqalar), tadqiqot markazlarining sharhlari va materiallaridan, o‘z tadqiqotlari va
so‘rovlari natijalaridan foydalangan holda amalga oshirishlari lozim.
Ish beruvchilarning malakaviy talablarini, bitiruvchilarning bilim va malakalarining mehnat
bozori ehtiyojlariga mos kelishi darajasini baholashni kasb-hunar kolleji eng oddiy ijtimoiy usullar
va metodlardan foydalanib (anketa tarqatish, intervyu olish) o‘tkazishi mumkin. Bunday holda
tahlil obyektlari (so‘raluvchilar) quyidagilar bo‘ladi:
ish beruvchilar-tarmoq korxonalarining tipik vakillari (mutaxassis ega bo‘lishi talab
qilingan bilim, malaka va shaxsiy fazilatlarning ro‘yxatini aniqlash va tuzish uchun):
ish beruvchilar, o‘quvchilar amaliyot o‘tayotgan ishlab chiqarish obyektlari xodimlari
(muassasada olinayotgan malaka va ko‘nikmalarning ish beruvchilarning aniq-ravshan talablariga
mos kelishini baholash uchun):
amaliyot o‘tayotgan o‘quvchilar (o‘quvchilarning mehnat funsiyalarini bajarishga
tayyorlik darajasini aniqlash uchun);
ta’lim muassasalarining bitiruvchilari (kasb-hunar tayyorgarligining sifatini, uning
mehnat bozori talablariga muvofiqligini aniqlash uchun);
129
o‘rnatishi bo‘yicha ish boshlangan paytidan boshlab o‘tgan davr mabaynida bitiruvchilarning ishga
joylashish ko‘rsatkichlari dinamikasi bo‘yicha ijtimoiy hamkorlikning mutaxassislar tayyorlash
sifatiga ta’siriga qandaydir baholar
berish mumkin;
kasb-hunar kollejining ta’lim xizmatlari bozorida talab qilinishi va sh.k.
Ijtimoiy hamkorlik tizimi ishining samaradorligiga mazkur o‘quv muassasasi ishlayotgan
ta’lim xizmatlari bozori segmentining kengayib borayotganligiga qarab baho berish mumkin. Bu
o‘rinda so‘z o‘quvchilar kontingentining ko‘payishi, qo‘shimcha tarzda turli toifadagi
tinglovchilarning-talabalar va o‘quvchilardan tortib ishsizlargacha va kasb-hunar bo‘yicha qayta
tayyorlovdan o‘tishga intilayotgan aholigacha jalb etish haqida boradi. Tabiiyki, turli ta’lim
dasturlari milliy va mitaqaviy ta’lim muassasa va bandlik xizmatlari byudjetlaridan tortib to
fuqarolarning shaxsiy mablag‘larigacha turli moliyalashtirish manbalariga ega bo‘lishlari mumkin.
Har xil turdagi ta’lim xizmatlarini amalga oshirish hisobiga byujetdan tashqari
moliyalashtirishning amalga oshirilishi.
Turli toifadagi ijtimoiy hamkorlarning vakillari bilan shartnomalarning mavjudligi kasb-
hunar kolleji ishining samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri sifatida xizmat qilishi mumkin.
Tabiiyki, shartnomaviy munosabatlar amaliy xususiyatini baholash mumkin bo‘lishi uchun bunday
ko‘rsatkich boshqa indikatorlar bilan bir majmuada qaralishi lozim. Bunday shartnomalarga
quyidagi bitimlar kiradi:
o‘quvchilarga
amaliy bilim berish;
o‘quv muassasasi xodimlarining ishlab chiqarish
korxonalarida malaka oshirishi;
bitiruvchilarni
ishga joylashtirilishi;
o‘quv-uslubiy va o‘quv-tarbiyaviy
ishlar sohasida hamkorlik;
ijtimoiy hamkorlar ishtirokida o‘qituvchilar
attestasiyasi;
uzluksiz ta’lim va hakozo.
Kasb-hunar kollejining hisobot-rejalashtirish va meyoriy xujjatlarida ijtimoiy hamkorlik
bo‘yicha tadbirlarning mavjudligi. Agar kasb-hunar kollejida ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
borasidagi ishlar hujjatlarda qayd etib qo‘yilsa, bu yo‘nalishdagi faoliyat ancha tezroq boradi.
Aks holda mehnat bozorini baholash, o‘qituvchilar stajirovkasini tashkil etish, ishlab
chiqarish korxonalari vakillarining attestasiyaning har xil turlarida ishtirok etishi va boshqalar
oddiy istaklarga aylanib qolishi yoki izchil xususiyatga ega bo‘lmay tarqoq lavhalar tarzida amalga
oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: