2.Kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integrasiyasi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi»i da fan bilan ta’lim jarayonining aloqalarini rivojlantirish masalalariga katta e’tibor
berilgan va bu borada bir qator vazifalar belgilab berilgan.
Fan bilan ta’lim jumladan, o‘rta-maxsus, kasb-xunar ta’limi jarayonining aloqalarini
rivojlantirishda kasb (o‘rta-maxsus, kasb-xunar) ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan
integrasiyasi katta o‘rin tutudi.
O‘rta-maxsus, kasb-xunar ta’limi, uning muammolari va yechimlari, istiqbollari soxasida
ilmiy izlanishlar olib boruvchi olimlar tomonidan o‘rta-maxsus, kasb-xunar ta’lim va kadrlar
tayyorlash sohasida ilg‘or amaliy ilmiy tadqiqotlar o‘tkaziladi. Ta’lim sifati davlat ta’lim
standartlariga muvofiq kelishini o‘rganish va uni muvaffiqlashtirishni tashkil etish va ta’minlash
maqsadida pedagogika va ta’lim sohasida ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida ilmiy-uslubiy
qo‘llanmalar
ishlab
chiqib
amaliyotda
qo‘llashadi.
Fundamental va amaliy fan sohasidagi ilmiy kadrlarning o‘rta-maxsus, kasb-xunar ta’limi
jarayonidagi keng ishtiroki ta’minlanadi va shu orqali, o‘rta-maxsus, kasb-xunar ta’limi, pedagogik
va ilmiy-tadqiqot jarayonlarining aloqasi-integrasiyasi yo‘lga qo‘yiladi, yoshlarning fan-texnika
sohasidagi ijodkorligi har tomonlama kengayadi, ular Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashning 1992 yil 2 iyuldagi va 1997 yil 29 avgustdagi
qarorlariga binoan " Ta’lim to‘g‘risi”dagi Qonunlari hamda uning yangi mukammallashtirilgan
varianti, 1997 yil 29 avgustdagi qarorlariga binoan “Kadrlar tayyorlash milliy dastur” i amalga
kiritildi. Bu xujjatlarda ta’limning jamiyatni ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy - ma’naviy
rivojlantirishning ustuvor sohasi ekanligi e’tirof etilib, ta’lim sohasida davlat siyosatining
asosiy tamoyillari, ta’lim tizimi va uni boshqarish tartibi, pedagog xodimlarning huquqlari,
vazifalari va mas’uliyati kabi masalalar qatorida fan va ta’lim jarayonlari aloqalarini rivojlantirish,
ishlab chikarish va ta’lim tizimi integrasiyalashuvini rivojlantirishning qonuniy asoslari va yo‘llari
belgilab berildi.
Respublika xalq ta’limining asosiy maqsadlari demokratik erkin davlat qurish, bozor
iqtisodiyoti munosabatlariga bosqichma - bosqich o‘tish bilan bog‘langan. Zero, eski ta’lim -
tarbiya tizimi bilan yangi jamiyat barpo qilib bo‘lmasligi isbot talab etmaydigan haqiqatdir.
Shuning uchun ham xalq ta’limi tizimining barcha sohalarida turli yo‘nalishdagi yangi rejalar,
dasturlar, konsepsiyalar va nizomlar ishlab chiqilmoqda, respublikamizning porloq istiqbolini
belgilab beradigan mukammal uzluksiz ta’lim tizimini yaratish va uni takomillashtirish ustida
qizg‘in ish olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi hayotida sodir bo‘layotgan ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va
ma’naviy o‘zgarishlar xalq ta’limi tizimida o‘z aksini topmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Xalq
ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi, Respublika pedagogika fanlari ilmiy - tadqiqot
instituti, Respublika o‘quv – metodika markazi, pedagogika o‘quv yurtlari olimlari va ilg‘or
o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ta’lim mazmunini yangilash sohasida ilmiy izlanishlar bo‘yicha
bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
" Fan - texnika - ishlab chiqarish" tizimining har bir tarkibiy qismi ma’lum darajada
mustaqil bo‘lib, ularning har biri fan - texnika taraqqiyotida o‘ziga xos vazifalarni bajaradi va aniq
taraqqiyot qonuniyatlariga ega.
136
Fan ilmiy tadqiqotlar asosida - g‘oyalarni jamlaydi, texnika - uni yangi mashina va
texnologiyada moddiylashtiradi, kasbiy ta’lim asosi bo‘lgan berish orqali mutaxassislar bilan
ta’minlanadigan ishlab chiqarish o‘z navbatida fan , ilmiy tadqiqotlar va texnika yutuqlarini
amaliyotda qo‘llaydi. O‘rta-maxsus, kasb-xunar ta’limi, uning muammolari va yechimlari,
istiqbollari soxasida ilmiy izlanishlar fundamental va amaliy fanlar doirasida olib borilganligi
sabab ushbu fanlardan birortasi ilmiy tadqiqotlar jarayonida - yetakchi omil bo‘lib, kasbiy
ta’limni tadqiq qilishda "fan - ilmiy tadqiqotlar - texnika - kasb ta’limi - ishlab chiqarish"
tizimining asosiy bo‘g‘ini, " ishlab chiqarish jarayonini oddiy mehnat jarayonidan ilmiy tadqiqotlar
jarayoniga" aylantirish asosi hisoblanadi. Fan - ilmiy tadqiqotlar - texnika - kasb ta’limi - ishlab
chiqarish integrasiyasi ta’lim integrasiyasining asosiy yo‘nalishi sifatida didaktik moslangan
ko‘rinishda ham namoyon bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, fan umumta’lim va maxsus ixtisoslik
turkumidagi o‘quv predmetlari doirasida umumiy va kasbiy ta’lim mazmunining shakllanish
manbalaridan biri hisoblanadi va asosiy ilmiy bilimlar majmuida o‘z aksini topadi. Zamonaviy
ilmiy bilimlarga oid g‘oyalardan biri ularni integrsiyalash g‘oyasi hisoblanadi. Ilmiy bilimlarni
integrasiyalash g‘oyasi o‘rta-maxsus, kasb-xunar ta’limi tizimida ham o‘z aksini topishi zarur.
Kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integrasiyasi mazmun miyatini to‘laroq
onglash uchun avvalom-bor “integrasiya” tushunchasining o‘zini ko‘rib chiqamiz.
" Integrsiya" tushunchasiga integrasiyalanadigan obyektlarning mohiyatiga ko‘ra
turlicha ta’rif berish mumkin. Masalan:
- "mamlakatlar integrasiyasi" tushunchasi ostida dunyodagi bir qancha
mamlakatlarning iqtisodiy, ilmiy - texnik hamkorligi;
- "ishlab chiqarish integrasiyasi" tushunchasi orqali sanoat, agrosanoat yoki ilmiy - ishlab
chiqarish majmualari tushuniladi. " Fanlar integrasiyasi" deyilganda esa bilimlar sintezining turli
shakllari, tushuniladi.
Umuman, ilmiy adabiyotlarda "integrasiya" tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan
"integrasiya - bu ayrim tarkibiy qismlarning yangi xossa hosil qilib bir butun birlashish
jarayonidir". Pedagog olim V.P.Kuzminning xulosasiga ko‘ra, integrasiya - tizimli
yondoshuvdan iboratdir. Chunki " tizim" - bir butunning obyektiv shakli, " integrasiya" esa ayrim
qismlarning birlashish mexanizmi va natijasidir.
Biz, " integrasiya" tushunchasiga berilgan turli xil izohlarni umumlashtirgan holda, bu
jarayonni u yoki bu fanning ularni unifikasiyalar va majmualashtirishga olib keladigan tarkibiy
qismlarning yagona dunyoqarash mantiqiy - metodologik o‘zaro ta’siri jarayoni deb bilamiz.
O‘rganib chiqqan ilmiy tadqiqotlarimizda "integrasiyalash, integrasiyalash jarayoni"
tushunchasi bilan bir qatorda" differensiyalash, differensiyalash jarayoni" tushunchasi ham
uchraydi. Integrasiyalash va differensiyalash jarayoni inson tafakkurining ikki jihati bo‘lib, bir
tomondan, olam - yagona butunlik sifatida, ikkinchi tomondan chuqur aniq qonuniyatlar va sifatiy
o‘ziga xos turli xil tarkiblar sistemalar sifatida namoyon bo‘ladi. Bu ikkita jarayon bir-birini
dialektik taqozo qiladi, to‘ldiradi va biri ikkinchisi orqali namoyon bo‘ladi.
Ko‘pchilik falsafa sohasidagi tadqiqot ishlarida integrasiya va differensiasiya
jarayonlarining o‘zaro munosabati o‘zgarmas va qo‘zg‘almas emasligi ta’kidlanadi.
Ilmiy bilimlar taraqqiyotining turli bosqichlarida bu jarayonlardan bittasi ikkinchisidan
ma’lum vaqt mobaynida ustunlik qilishi mumkin. Fan - texnika taraqqiyotining hozirgi
bosqichida, integrasiya jarayoni differensasiya jarayoniga nisbatan ustunlik qilmoqda.
Shubhasiz, ilmiy bilimlar differensasiyasi fan, texnika taraqqiyotida ma’lum ahamiyatga ega,
ammo u hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi. Bu vazifani ilmiy bilimlar integrasiyasi jarayoni
bajaradi.
I.T.Frolov fikricha - " integrasiyalash g‘oyasi fan va texnika taraqqiyotidagi asosiy
yo‘nalishdir".
Hozirgi kunda fanlar ta’limining, jumladan kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan
integrasiyasi muammosiga e’tibor ortib bormoqda. Bu holat o‘z navbatida tabiat va jamiyat
taraqqiyoti muammolarining majmuaviy xarakterda ekanligini isbotlamoqda, ya’ni ularning
yechimi bir qancha fanlarning yutuqlarini amalda ta’lim jarayonida qo‘llash bilan bog‘liqdir.
137
Hozirgi davrda ta’limining, jumladan kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan
integrasiyasining yangi zamonaviy turi bilishning umumiy ilmiy shakllari va vositalari paydo
bo‘lishi bilan bog‘liq. Fan - texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida ularning shakllanish
manbalari kasb ta’limida o‘rganiluvchi tabiiy, texnik, pedagogik, metodik, gumanitar va boshqa
fanlar orqali o‘zlashtirib olinuvchi umumiy ilmiylik tusini beruvchi tushunchalar hisoblanadi. Zero
ta’limining, jumladan kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integrasiyasi ko‘p
tushunchalarga umumiy ilmiy tus berish va uni shakllantirish asosida namoyon bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |