Kichik mutaxassis
- bu ta’lim dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilariga beriladigan malaka darajasidir.
Kichik mutaxassis:
- tegishli ijtimoiy ishlab chiqarish sohasida uning unumli faoliyat ko‘rsata olishini
ta’minlaydigan nazariy va amaliy bilimlar majmuasiga, kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarga
ega;
- mazkur jamiyatda o‘zining muvaffaqiyatli hayot darajasini ta’minlaydigan umumiy va
kasbiy madaniyatga, ijtimoiy ahamiyatli xususiyatlarga va shaxsiy sifatlarga ega.
Malaka
— xodimning kasbiy tayyorgarligi darajasi, undagi ma’lum ishni bajarish uchun
zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarning mavjudligi.
Xodimning malakasini belgilovchi ko‘rsatgich bo‘lib, kategoriya yoki diplom, ilmiy daraja
yoki unvonning mavjudligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |