42
XX asrning 70-yillarida qo‗shilgan qiymat solig‗i G‗arbiy Evropaning qator
mamlakatlarining soliq amaliyotida joriy qilindi. Buning asosiy sababi va huquqiy asosi
bo‗lib, Evropa iqtisodiy hamjamiyati tomonidan hamjamiyatga a‗zo mamlakatlarda
qo‗shilgan qiymat solig‗ini undirishni tartibga solishning huquqiy me‗yorlarini
umumlashtirish to‗g‗risidagi maxsus Direktivaning qabul qilinishi hisoblanadi. Mazkur
Direktiva 1977 yilda qabul qilindi va unda egri soliqlarning asosiy turi sifatida qo‗shilgan
qiymat solig‗i e‗tirof etildi.
Qo‗shilgan qiymat solig‗iga xos bo‗lgan muhim xususiyatlardan biri shundaki, soliqqa
tortishning ob‗ekti bo‗lib, nafaqat ichki bozordagi tovaroborot, balki mamlakat
korxonalarining tashqi bozorlaridagi tovaroboroti ham hisoblanadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda, ko‗pchilik hollarda, qo‗shilgan qiymat solig‗ini «Evropacha»
soliq deb ham atashadi. Buning asosiy sabablari shundaki,
birinchidan, qo‗shilgan qiymat
solig‗i dunyoda birinchi marta Evropa davlati bo‗lgan Frantsiyada joriy etildi;
ikkinchidan,
1977 yilda qabul qilingan Direktivaga asosan qo‗shilgan qiymat solig‗i bir vaqtning o‗zida
Evropaning bir necha davlatlarida joriy etildi;
uchinchidan, qo‗shilgan qiymat solig‗i G‗arbiy
Evropadagi integratsion jarayonlarni shakllantirish va rivojlantirishda muhim rol o‗ynadi.
Hozirgi vaqtda qo‗shilgan qiymat solig‗i Evropa Ittifoqiga a‗zo bo‗lgan
mamlakatlarning davlat byudjetlarining daromadlarini shakllantirishda muhim o‗rin egallaydi.
Evropa mamlakatlarida egri soliqlarning roli AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyaga
qaraganda yuqoridir. Evropa mamlakatlarida jami soliq tushumlarining hajmida egri
soliqlarning salmog‗i 40 foizdan yuqori bo‗lib, ayrim mamlakatlarda 50 foizni tashkil etadi.
Mazkur ko‗rsatkich 50 foizdan yuqori bo‗lgan mamlakatlar guruhiga Meksika, Turkiya va
Koreya kiradi. AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyada esa ushbu ko‗rsatkich 25-30 foizni
tashkil qiladi.
Evropa Ittifoqiga a‗zo bo‗lgan mamlakatlarda soliq tushumlarining tarkibida egri
soliqlarni yuqori salmoqqa ega ekanligining asosiy sabablaridan biri, bu mamlakatlarda soliq
stavkalarini umumlashtirilganligi va soliqqa tortish bazasini o‗zaro uyg‗unlashtirilganligi
hisoblanadi. Bu masalaning O‗zbekiston Respublikasi uchun amaliy ahamiyatga ega ekanligi
shundaki, mamlakatimiz tovaroborotining sezilarli qismi Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va
Qozog‗iston Respublikalariga to‗g‗ri keladi. Hozirga qadar mazkur mamlakatlar o‗rtasida
qo‗shilgan qiymat solig‗i stavkalarini umumlashtirish va soliqqa tortish bazasini
uyg‗unlashtirish masalasi hal qilinmagan. Bu esa, ushbu mamlakatlar o‗rtasidagi o‗zaro tashqi
savdo munosabatlarini rivojlantirishga to‗sqinlik qiladi.
O‗zbekiston soliq tizimida qo‗shilgan qiymat solig‗i 1992 yildan buyon amal qilmoqda.
Ushbu soliq oborotdan olinadigan soliq va sotuvdan olinadigan soliqlar o‗rniga aktsiz solig‗i
bilan birgalikda kiritilgan. Bu soliq oborot solig‗idan farqli ravishda faqat qo‗shilgan
qiymatdan undiriladi. Oborot solig‗i esa bir marotaba umumiy oborotdan olinar edi.
Qo‗shilgan qiymat solig‗i esa ishlab chiqarish va muomala jarayonining har bir bosqichidan
olinadi.
O‗zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromad manbai sifatida qo‗shilgan
qiymat solig‗i hozirga qadar o‗zining muhim o‗rnini va amaliy ahamiyatini saqlab kelayapdi.
Masalan, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 dekabrdagi PQ-1024-sonli
―O‗zbekiston Respublikasining 2009 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozi va
Davlat byudjeti parametrlari to‗g‗risida‖ gi qaroriga ko‗ra 2009 yilda qo‗shilgan qiymat
solig‗ining davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi salmog‗i 29 foizni, egri soliqlar tarkibida
esa 57 foizni tashkil etishi prognozlashtirilgan. Ushbu ko‗rsatkichlar qo‗shilgan qiymat
solig‗ini byudjet daromadlarining asosiy manbai ekanligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: