51
korxonalar yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay,
yil yakunlari bo‗yicha esa yillik moliyaviy hiobot topshirilgan muddatda taqdim etadi.
Soliq to‗lovchilar qo‗shilgan qiymat solig‗ining hisob-kitoblari bilan bir vaqtda
hisobot davri mobaynida olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‗yicha hisobvaraq-fakturalar
reestrini ham taqdim etadilar. Hisobvaraq-fakturalar reestrining shakli davlat soliq qo‗mitasi
tomonidan belgilanadi.
Hisobotlarni o‗z vaqtida topshirmaslik korxona va korxonaning mansabdor
shaxslariga nisbatan Davlat soliq idoralari tomonidan moliyaviy va ma‗muriy jazo –
choralarini qo‗llanishiga olib keladi.
Korxonalar qo‗shilgan qiymat solig‗ini soliq hisobini topshirgan kundan kechiktirmay
tegishli davrdagi haqiqiy sotish oborotidan kelib chiqib to‗laydi. Agar korxona hisoblangan
soliq summasini byudjetga o‗z vaqtida o‗tkazib bermasa, bunday holatda Davlat soliq
idoralari mas‘ul xodimlari tomonidan hisoblangan soliq sumasiga nisbatan kechiktirilgan har
bir kun uchun 0,05 foiz miqdorida penya (moliyaviy jazo) qo‗llanilishiga olib keladi. Bunda
korxona rahbariyatiga nisbatan ma‗muriy chora qo‗llanilmaydi.
1998 yil 1 yanvardan O‗zbekistondagi barcha korxonalar va tashkilotlar uchun, shu
jumladan soliqqa tortishning alohida tartibi o‗rnatilgan kichik korxonalar, savdo va umumiy
ovqatlanish korxonalari hamda qo‗shilgan qiymat solig‗idan ozod bo‗lgan korxonalar ham
tovarlarni sotganda, ish va xizmatlar ko‗rsatganda hisobvaraq fakturani to‗ldirishi qonun
asosida shart qilib belgilandi.
Hisobvaraq-faktura mahsulot etkazib beruvchi tomonidan tovarlarni yuklab jo‗natilishi,
ish va xizmatlar ko‗rsatilishi sanasi (kuni)dan kechiktirmasdan yoziladi.
Hisobvaraq-fakturada - uning tartib raqami va yozilgan sanasi, jo‗natiladigan tovarlar
bo‗yicha shartnomalar raqami va sanasi hamda soliq to‗lovchi va xaridorning nomi, manzili
STIRi va shu kabi rekvizitlari ko‗rsatiladi.
Agarda korxona aktsiz osti tovarlar ishlab chiqarsa unda hisobvaraq-fakturaga
qo‗shimcha ustunlar kiritiladi va ushbu ustunlarda aktsiz stavkasi va summasi aks ettiriladi
(chunki aktsiz summasi ham qo‗shilgan qiymat solig‗iga tortiladi).
Hisobvaraq-faktura korxona rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi hamda
muhr bilan tasdiqlanadi.
Hisobvaraq-faktura etkazib beruvchi korxona tomonidan 2 nusxada to‗ldiriladi, 1-
nusxasi xaridorga beriladi va u xaridorga qo‗shilgan qiymat solig‗i summasini belgilangan
tartibda hisobga kiritish
uchun huquq beradi, 2-nusxasi esa korxonaning o‗zida qoladi.
Ta‗kidlash joizki, bevosita aholiga pullik xizmatlar (ishlar)ni ko‗rsatadigan korxonalar
uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishda kassa cheki yoki xizmatlar ko‗rsatilishi (ishlar
bajarilishi)ni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar hisobvaraq-faktura hisoblanadi. Bunda bu
hujjatlarda qo‗shilgan qiymat solig‗i ajralib turishi lozim.
O‗z mahsulotlarini (tovarlarini, ishlarini, xizmatlarini) uzluksiz etkazib beradigan
korxonalar bo‗yicha hisobvaraq-fakturalar iste‗molchilarga hisobvaraqni rasmiylashtirish
bilan bir vaqtda, lekin bir oyda bir martadan kam bo‗lmagan tarzda yoziladi. Bunda
hisobvaraq-fakturalarning yozilishi mahsulot sotilgan hisobot davrida amalga oshiriladi.
Banklar uchun, qo‗shilgan qiymat solig‗idan ozod qilingan operatsiyalar bajarilganda,
hisobvaraq-faktura bo‗lib mijoz shaxsiy hisobvarag‗idan ko‗chirma hisoblanadi.
Lizing operatsiyalari bo‗yicha lizing beruvchilar uchun hisobvaraq-faktura bo‗lib lizing
ob‗ektini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi hisoblanadi. Bunda tegishli hujjatlar
(lizingning tarkibiy qismi hisoblanadigan lizing to‗lovlari jadvali; hisobvaraq; lizing
to‗lovlarini to‗lash bo‗yicha lizing oluvchiga taqdim etiladigan bildiruvnoma va hokazo) bilan
rasmiylashtiriladigan har bir lizing to‗loviga qo‗shimcha hisobvaraq-faktura yozilmaydi.
Agar lizing shartnomasi lizing beruvchiga qo‗shilgan qiymat solig‗i solinadigan
qo‗shimcha xizmatlar ko‗rsatishni nazarda tutsa, bunda mazkur xizmatlarga belgilangan
tartibda hisobvaraq-faktura yoziladi.
52
Qo‗shilgan qiymat solig‗idan ozod qilingan sug‗urta xizmatlarini ko‗rsatishda,
hisobvaraq-faktura o‗rniga birlamchi hujjat bo‗lib quyidagi hujjatlar:
- sug‗urta korxonalari uchun - sug‗urta polisi;
- sug‗urta agentlari uchun - sug‗urta polisi va shartnoma topshirig‗i (agentlik bitimi);
- sug‗urta brokerlari uchun - sug‗urta polisi va shartnoma topshirig‗i hisoblanadi.
Qo‗shilgan qiymat solig‗i solinadigan elektr energiyasi, suv, gaz, aloqa xizmatlari,
kommunal xizmatlar, temir yo‗lda tashishlar, bank operatsiyalari, shuningdek tovarlarni
(ishlarni, xizmatlarni) uzluksiz etkazib berishni amalga oshirayotgan soliq to‗lovchilar hisobot
davrining oxirgi kunida bir marta hisobvaraq-faktura yozadi.
Agar ishlar bajaradigan korxonalarda buyurtmachiga imzo chekish uchun taqdim
etiladigan, bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‗g‗risidagi ma‗lumotnoma -
hisobvaraq-fakturada yoki hujjatda hisobvaraq-fakturaning belgilangan shaklida aks ettirilgan
barcha majburiy rekvizitlar ushbu hujjatda qo‗shilgan qiymat solig‗i to‗lovchilari uchun
qo‗shilgan qiymat solig‗i summasi ko‗rsatilgan yoki qo‗shilgan qiymat solig‗i to‗lovchisi
bo‗lmaganlar uchun "Qo‗shilgan qiymat solig‗isiz" yozuvi (shtampi) qo‗yilgan holda mavjud
bo‗lsa, bunda mazkur hujjatlar hisobvaraq-fakturaga tenglashtiriladi va bunday korxonalar
qo‗shimcha ravishda hisobvaraq-faktura yozmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: