Nazorat savollari:
1. Mahalliy yig‗im deganda nimani tushunasiz?
2. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni
ko‗rsatish huquqi uchun yig‗im soliq kodeksining qaysi moddasiga tegishli?
3-asosiy savol bayoni:
Davlat byudjeti soliqsiz daromadlarining zarurligi va mohiyati.
Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga davlatga tegishli mulklarni sotishdan
va xususiylashtirishdan kelgan daromadlar, tashqi iqtisodiy faoliyatdan kelgan daromadlar,
xorijiy davlatlardan olingan moliyaviy yordamlar va davlatning maxsus maqsadli byudjet
jamg‗armalari kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining ―Byudjet tizimi to‗g‗risida‖gi qonuniga muvofiq davlat
byudjetining soliqsiz daromadlariga yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet
davlatlardan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident – yuridik shaxslarga va chet
davlatlarga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to‗lovlar va davlatning
moliyaviy va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan
olingan daromadlar kiritilgan.
25
Ushbu qonunda soliqsiz daromadlarning yoki soliqdan
tashqari to‗lovlarning uch asosiy turi e‘tirof etilgan.
Rossiya Federatsiyasida yuqorida qayd etilgan uchta asosiy daromad turidan tashqari,
Federal yo‗l jamg‗armasining mablag‗lari, markazlashgan ijtimoiy rivojlantirish
jamg‗armasining mablag‗lari ham byudjetning soliqsiz daromadlari tarkibiga kiritilgan.
Davlatning maxsus maqsadli jamg‗armalari pul mablag‗larini soliqsiz daromadlar
tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq bo‗lmaydi. Buning sababi shundaki, birinchidan, mazkur
jamg‗armalarga qilingan ajratmalar soliq xarakteriga ega bo‗lib, bunda soliq to‗lovchilar bilan
davlat o‗rtasida tovar-pul munosabatlari mavjud emas; ikkinchidan, maqsadli jamg‗armalarga
qilingan ajratmalar soliqlarga xos bo‗lgan muhim xususiyatga, ya‗ni to‗lovni amalga
oshirishda sub‗ektlar mulk shaklining o‗zgarishi xususiyatiga egadir.
Soliqqa kirmaydigan, ya‗ni soliqsiz daromadlarning ko‗pchiligi doimiy, qat‘iy
belgilangan stavkada undiriladigan xazina (byudjet) daromadlari ko‗rinishiga ega bo‗lmaydi.
Byudjetning soliqsiz daromadlari qat‘iy rejalashtirilmasligi kerak, lekin amaliyotda ko‗p
hollarda ular, odatda ilgarigi yildagi tushumlar darajasida rejalashtiriladi. Soliqsiz daromadlar
soliq daromadlari kabi O‘zbekiston Respublikasining vakillik organlari tomonidan jismoniy
va yuridik shaxslar uchun joriy qilinadi. Soliqsiz daromadlar ham majburiy, ham ixtiyoriy
shakllarda bo‗lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |