Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


     Yagona  soliq to„lovi, uning to„lovchilari  va to„lovchilar tarkibiga  kiritish mezoni



Download 9,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/241
Sana06.08.2021
Hajmi9,27 Mb.
#139553
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   241
Bog'liq
soliqlar va soliqqa tortish

91 
 
 Yagona  soliq to„lovi, uning to„lovchilari  va to„lovchilar tarkibiga  kiritish mezoni. 
Mikrofirmalar  va  kichik  korxonalarni  jadal  rivojlantirishni  yanada  rag‗batlantirish  hamda 
uning mamlakat iqtisodiyotida ahamiyati va ulushini tubdan oshirish maqsadida O‗zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  2005  yil  20  iyundagi  PF-3620-sonli  «Mikrofirmalar  va  kichik 
korxonalarni  rivojlantirishni  rag‗batlantirish  borasidagi  qo‗shimcha  chora-tadbirlar 
to‗g‗risida»gi Farmoniga muvofiq 2005 yilning 1 iyuldan boshlab O‗zbekiston soliq tizimida 
kichik biznes sub‗ektlarining ba‗zi toifalari uchun yagona soliq to‘lovi joriy qilindi.  
U birxillashtirilgan bo‗lib, quyidagi majburiy to‗lovlarni to‗lash o‗rniga joriy qilingan: 
- yagona soliq; 
- byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasi; 
- Respublika yo‗l jamg‗armasi;  
- Maktab ta‗limini rivojlantirish jamg‗armasiga majburiy ajratmalar. 
Yagona  soliq  to‗lovini  to‗lovchilar  uning  summasini  soliq  solinadigan  baza  va 
tasdiqlangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisob-kitob qiladilar. Bunda soliq organlariga 
davlat maqsadli jamg‗armalariga majburiy ajratmalar bo‗yicha hisob-kitoblar alohida taqdim 
etilmaydi,  shuningdek  pensiya,  yo‗l  va  maktab  ta‗limini  rivojlantirish  jamg‗armalariga 
majburiy ajratmalar summalari alohida to‗lanmaydi. 
Yagona  soliq  to‗lovi  faqat  kichik  biznes  sub‘ektlari  -  mikrofirmalar  va  kichik 
korxonalarga tatbiq etiladi.  
Yagona  soliq  to‗lovini  to‗lovchilar  ro‗yxati  2007  yil  1  yanvardan  boshlab  kengaydi. 
Jumladan, ular tarkibiga soliq solishning boshqa tizimini tanlash huquqisiz savdo va umumiy 
ovqatlanish  korxonalari  (Ulgurji  savdo  korxonalari  uyushmasi  tizimiga  kiruvchi  respublika 
ixtisoslashtirilgan  ulgurji  baza  –  kontoralari  va  ularning  xududiy  bazalari  bundan  mustasno. 
Ular uchun O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 8 iyundagi ―Ixtisoslashtirilgan 
ulgurji  baza  –  kontoralarni  soliqqa  tortish  tartibini  takomillashtirish  to‗g‗risida‖  gi  PQ-374-
son qarori bilan nazarda tutilgan soliq solish tartibi saqlab qolinadi); mikrofirmalar va kichik 
korxonalar  toifasiga  tegishli  bo‗lgan  tayyorlov  va  ta‗minot  –  sotish  tashkilotlari,  brokerlik 
firmalari, komissiya shartnomasi (topshirig‗i) bo‗yicha xizmatlar ko‗rsatuvchi korxonalar va 
tashkilotlar; soliq solishning boshqa tizimini tanlash huquqisiz lotereyalar va tavakkalchilikka 
asoslangan boshqa o‗yinlarni tashkil etish bo‗yicha faoliyatni amalga oshirish uchun yuridik 
shaxslar kiritildi. 
2007 yil 1 yanvardan yagona soliq to‗lovi to‗lovchilari hisoblangan alkogolli mahsulot 
ishlab  chiqaruvchi  mikrofirmalar  va  kichik  korxonalar  yagona  soliq  to‗lovini  to‗lash 
huquqisiz, soliqlar va majburiy to‗lovlarni umumbelgilangan tartibda to‗lashga o‗tkazildi. Yer 
qa‗ridan  foydalanganlik  uchun  soliq  solinadigan  foydali  qazilmalarni  qazib  olishni  amalga 
oshiruvchi mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to‗lovi tadbiq etilmaydi. Bundan 
tashqari  Soliq  kodeksining  350-moddasiga  ko‗ra  yagona  yer  solig‗ini  to‗lovchilarga,  qat‗iy 
belgilangan  soliqni  to‗lash  nazarda  tutilgan  mikrofirma  va  kichik  korxonalarga  hamda 
mahsulot  taqsimotiga  oid  bitimlar  ishtirokchisi  bo‗lgan  mikrofirma  va  kichik  korxonalarga 
ham yagona soliq to‗lovi tatbiq etilmaydi. 
Soliqlar  va  majburiy  to‗lovlarni  umumbelgilangan  tartibda  to‗lovchilar  hisoblangan 
xususiy  amaliyot  bilan  shug‗ullanadigan  notariuslar  esa  soliq  solishning  boshqa  tartibini 
tanlash huquqisiz yagona soliq to‗lovini to‗lashga o‗tkazildi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustdagi ―1998 yil 9 apreldagi 
―Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‗rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‗batlantirish chora – 
tadbirlari to‗g‗risida‖ gi farmoniga o‗zgartirish va qo‗shimchalar to‗g‗risida‖gi PF-3305 sonli 
farmoniga  ko‗ra  2004  yilning  1  yanvaridan  boshlab  kichik  biznes  sub‗ektlari  tarkibiga 
quyidagilar kiritilgan: 

 
yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanuvchilar; 

  xodimlarining o‗rtacha yillik soni:  
 
- ishlab chiqarish tarmoqlarida 20 kishidan; 


 
 
92 
 
 
-  xizmat  ko‗rsatish  sohasi  va  boshqa  ishlab  chiqarishga  bevosita  aloqasi    bo‗lmagan 
tarmoqlarda 10 kishidan; 
 
-  ulugurji,  chakana  savdo  va  umumiy  ovqatlanish  sohasida  5  kishidan  oshmagan 
mikrofirmalar; 

 
quyidagi tarmoqlarning o‗rtacha yillik xodimlari soni: 
  - engil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‗ochni qayta 
ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati 100 kishidan; 
  - mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‗i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlari  etishtirish  va  qayta  ishlash,  qurilish  hamda  boshqa  sanoat-ishlab  chiqarish 
sohalari 50 kishidan; 
  -  fan,  ilmiy  xizmat  ko‗rsatish,  transport,  aloqa,  xizmat  ko‗rsatish  sohasi  (sug‗urta 
kompaniyalaridan  tashqari),  savdo  va  umumiy  ovqatlanish  hamda  boshqa  ishlab  chiqarishga 
aloqador bo‗lmagan sohalar 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar.  
Kichik biznes sub‗ektlariga amaldagi soliq qonunchiligiga ko‗ra tadbiq etiladigan soliq 
imtiyozlari va preferentsiyalar faqat yuqoridagi sanab o‗tilgan sub‗ektlarga taalluqli bo‗ladi. 
U  yoki  bu  korxonaning  yuqorida  aytilgan  sub‗ektlar  toifalarining  birortasiga  kiritilish 
mezoni bo‗lib xodimlarning yillik o‗rtacha soni, shu jumladan unitar (sho‗‘ba) korxonalarda, 
filiallarda va vakolatxonalarda ishlaydiganlar soni hisoblanadi. 

Download 9,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish