Guliston davlat universiteti jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat kafedrasi jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari



Download 1,92 Mb.
bet56/117
Sana26.01.2023
Hajmi1,92 Mb.
#903382
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   117
Bog'liq
portal.guldu.uz-JISMONIY TARBIYA GIGIYENASI VA SPORTNING TIBBIY FIZIOLOGIK ASOSLARI

1-savolning bayoni: Sog`lik holati deganda organizmning tashqi va ichki muhit omillariga nisbatan muvozanati tushuniladi. Bunda organizmning ish bajarish qobiliyati yurkori darajada bo`ladi. Kasallik holati esa shu muvozanatning buzulishi tushuniladi va organizmning ish bajarish qobiliyati keskin pasayib ketadi.
Turli kasalliklar insoniyatga qadim zamonlardan ma`lum bo`lgan. Ular bizning davrimizgacha etib kelgan qadimiy yodgorliklarda yozib qoldirilganligi ma`lum. Qadimgi kitoblarda faqat kasalliklarni davolashgina emas, balki ularni kelib chiqishini o`rganish haqidagi ma`lumotlarni ham topsa bo`ladi. Kasalliklarni umumiy mohiyati va ularning rivojlanish qonuniyatlarini o`rganishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan fan "Patologiya" (grekcha «Patos» kasallik "logos" fan demakdir) nomini olgan.
Patologiya tirik tabiatdagi normadan chiqqan barcha xodisalarni o`z ichiga oladi. Bunday o`zgarishlar xaddan tashqari turli-tu­man formada bo`lganligi sababli patologiyaning mazmuni ham juda keng va xilma-xildir. Shu sababli patologiya bir qancha qismlarga. bo`linadi: Umumiy potologiya, xususiy patologiya, patologik fiziologiya, patologik gistologiya va patologik anatomiya.
Xususiy patologiya – ayrim kasalliklar va ularning hamma belgilarini tekshirish bilan shug`ullanadi. Kasal organizmning funktsiyasini o`rganish petologik fiziologiyaning vazifasiga kiradi. Funktsiyaning buzilishi odatda paydo bo`lgan kasallikning dastlabki belgisi bo`ladi va sog`ayishga qadar saqlanib qoladi.
Umumiy patologiya - turli patologik protsesslarning umumiy xususiyatlarini o`rganish va barcha patologik protsesslar rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini aniqlash bilan shug`ullanadi.
Patologik gistologiya - anatomiyaning muhim qismi bo`lib, to`qimalardagi o`zgarishlarni mikroskop orqali aniqlaydi.
Patologik anatomiya - patologiyaning kasallik tufayli organlar, to`qimalar va hujayralar tuzilishidagi o`zgarishlarni tekshiradigan fandir.
Kasalliklarni kelib chiqish sabablarini etiologiya deyiladi. Patalogiya esa kasalliklar to`g`risidagi ta`limotdir. "Potos" grekcha-lotincha jabrlanish. kasallik. "logos" esa fan degan ma`noni bildiradi. Patogenez-patologik jarayonlarni xosil bo`lishi va rivojlaninishi mexanizmi to`g`risidagi ta’limotdir. Demak, patoge­nez qanday yo`l bilan kasallik vujudga kelishini bildirsa. etio­logiya esa qanday sabablar tufaydi kasallik vujudga keladi degan savollarga javob beradi.
Salomatlik va kasallik. Butunlay sog’lomlikda biz tirik organizmning turli organ va sistemalari funktsiyalariiing anchagina o’zgarib turishini ko’ramiz, ma’lum sharoitlarga qarab bu funktsiyalar goh kuchayib, goh susayib, juda ham o’zgarib turishi mumkin.
Har bir organning talaygina o’z rezerv imqoniyatlari bor. Shunga muvofiq sog’lom organizm va uning ayrim organ hamda sistemalari regulyatsiya qilish yo’li bilan o’z funktsiyasini keng darajada o’zgartirishi mumkin. Protsesslarni fiziolognk tartibga solib turish juda ham takomillashgan bo’lib, soglom organizmning turli organ va sistemalariga fiziologik chegarada o’zgarib turadigan va o’zgaruvchi tashqi sharoitga qarab o’z funktsiyasini tezda moslash imqoniyatini beradi.
Bu masalada yurak va qon tomir sistemasi eng yaqqol misol bo’la oladi. Tinch holatda yurak o’rtacha tezlikda minutiga 70—75 marta, qisqarganda uning har bir qorinchasi o’rta hisobda minutiga 3,5 dan 6,5 l gacha qonni haydaydi. Muskul ishlaganda yurak qisqarishi minutiga 180—200 martagacha, yurakning sistolik hajmi 160—220 ml gacha, yurakning bir minutlik hajmi esa jismonan chiniqqan kishilarda 25—30 l gacha, ba’zi vaqtlarda — 40 l gacha yetadi.
Bir butun organizmda yoki uning ayrim organ va sistemalarida moslashish qobiliyati (adaptatsiyasi) biror sababga ko’ra yo’qolsa yoki sustlashsa kasallik vujudga keladi.
Patologik holat to’trisida I. P. Pavlov bunday degan edi: «Bu — organizmning qanday bo’lmasin favqulodda sharoit bilan yoki aniqroq qilib aytganda, har kundagi sharoitning ortiqcha miqdori bilan uchrashishidir. Siz mexanik zarbaga, issiq yoki sovuqqa, patogen mikroorganizmlar tarafidan bo’ladigan hujumlarga va shunga o’xshash sharoitlarning normadan oshib ketadigan darajadagisiga duchor bo’lasiz». I. P. Pavlovning fikricha, bunga javoban «organizmning bir butun sifatida birlashtiruvchi kuchi holdan toygunga qadar paydo bo’lgan buzilishlarni ma’lum bir darajada kompensatsiyalash qobiliyatiga ega bo’lgan fiziologik moslashish mexanizmlari ishga tushadi. Shunday qilib, kasallikning rnvojlanishiga organizm bilan uni o’ragan muhit orasidagi o’zaro munosabatlarning buzilishi sabab bo’ladi.
Odamning moslashish qobiliyati uni o’rab turgan o’zgaruvchan sharoitlarning talablariga, mos kelganda odam sog’lom hisoblanadi. Bu talablar odamning moslashish imqoniyatlaridan oshib ketsa kasallik ro’y beradi. Mana shu sharoit kasallikning asosiy xususiyatlarini va uning mohiyatini eng mukammal ravishda ta’riflab beradi.
Kasallikning rivojlanishida quyidagi davrlarni ko`rsatib o`tish mumkin:
a) yashirin yoki latent (inkubatsion) davr;
b) prodromal davr:
v) oxirgi bosqich-kasallikning tamom bo`lish davri;
g) sog`ayish davri (reqonvalestsentsiya).
1. Kasallikni keltirib chiqaradigan birorta ta`sirga javoban organizmning boshlanishi deb xisoblash kerak. Bu reaktsiya kasallikni simptomlarsiz ma`lum bir vaqtgacha yashirin ravishda o`tishi mumkin. Kasallikni keltirib chiqaradigan agentlar ta`sirining boshlanishi bilan kasallik holatining yuzaga kelishi orasidagi davr yashirin davr yoki kasallikning latent davri deb ataladi. Bu davr bir necha sekunddan bir necha oylar mobaynida. xatto bir qancha yillar davom etishi mumkin. Xar bir kasallik tarqalishining oldini olish va davolash tadbirlari uchun ham katta ahamiyatga ega.
2. Yashirin davrdan keyin ba`zan kasallik ro`y rost va tez rivojlanadigan simptomlar bilan yuzaga keladi. Ba`zi bir xollarda kasallik asta – sekin boshlanib. dastlab zimdan va tobora ro`y–rost ifodalangan simptomlar bilan kechadi. Boshlanayotgan kasalliklarning birinchi belgilari paydo bo`lish vaqtidan tortib to kasallik simptomlarining butunlay rivojlanishiga qadar bo`lgan davr prodromal davr deb ataladi. Ba`zan prodromal davrning belgilari muayyan xarakterga ega bo`lmaydi: umuman odam bo`shashadi, xarorati biroz ko`tariladi. Boshqa xollarda esa bu belgilar shu kasallik uchun xos bo`lgan xarakterga. ya`ni kasallik turini belgilash oson bo`ladi.
3. Prodromal davrdan keyin kasallik barcha belgilarining avj olish davri boshlanadi, bu kasallikning kechish davri deb ataladi. Kasallikning kechish davrida uning eng xarakterli xususiyati aniqlanadi.
4. Kasallikni kechish davridan keyingi bosqich-uning sog`ayish davri deyiladi. Sog`ayish davriga tezlik bilan o`tish krizis deyiladi, sekinlik bilan o`tsa lizis deyiladi. Kasallik o`tkir yoki surunkali (xronik) kechishi mumkin. O`tkir kasallik bilan surunkali kasallikning eng muxim farqi o`tkir kasalliklarning hamma belgilari muayyan vaqt ichida ro`y rost ifodalanadi va pirovardida yo`qoladi. Kasallikning surunkali kechish odatda organizmda kasallik kuzg`atuvchisining uzoq vaqt saqlanishiga bog`liq. Surunkali kasallik uchun faqat uzoq vaqt kechish xarakterli bo`lmasdan. balki kasallikka xos bo`lgan pasaygan, ba`zan xatto sog`aygandek bo`lgan davrlar bilan kasallikning birdaniga avj olib og`irlanish davrlarining navbatlanib turishi juda ham xarakterlidir. Kasallik xar – xil tugallanadi: odam butunlay sog`ayib ketadi, odam sog`aysa ham asoratlar qoladi, organlarda turli turg`un potologik o`zgarishlar paydo bo`ladi, odam o`lib qolishi ham mumkin. Kasallik hech qanday iz koldirmasdan yo`qolib ketganda tamoman sog`ayish deyiladi. Bunda organizm go`yo kasallikdan avvalgi holatga qaytgandek bo`ladi. Kasallik tamomila yo`qolishi mumkin. Lekin shunda ham biror organda asorat qolishi mumkin. Bu asoratlar ko`pincha o`tib ketishi mumkin. Ba`zan esa kasalliklardan keyin qolgan asorat og`irlashishi mumkin.

Odamda uchraydigan kasalliklar tashqi va ichki sabablar orqali vujudga keladi.





Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish