Organizm fiziologik funktsiyalariga ta`siri
Massaj muolajalari ta`siri ostida terida biologik faol moddalar paydo bo‘ladi va qonga tushadi, ular to‘qima gormonlari hisoblanadi va tomir reaktsiyalarida, nerv impulslari uzatilishida va boshqa reaktsiyalarda ishtirok etadi. Masalan, hujayralarda bog‘langan holda faolsiz joylashgan atsetilxolin massaj ta`siri natijasida eruvchan, faol holaga o‘tadi. Atsetilxolin nerv impulslarini bir hujayradan boshqa hujayraga o‘tkazishda muhim rol o‘ynaydi.
Massaj usullari xususiyatlari va qo‘llanilishi
To‘qimalarga mexanik ta`sir qilish – cho‘zish, surish, bosish, ishqalash, burash. Bu limfa, qon, to‘qimalararo suyuqlik tsirkulyatsiyasiga yordam beradi, epidermisning kuchgan hujayralari chiqarilishiga sharoit yaratadi. Mexanik omil dimlanish hodisalariga jiddiy taxsir ko‘rsatadi, modda almashinuv va teri nafas olishiga ta`sir ko‘rsatadi. Massaj ta`siri organizmga turlichadir. U deyarli barcha kasalliklarda qo‘llaniladi, kapillyar qon aylanishiga, qon tomirlar tonusiga juda yaxshi ta`sir ko‘rsatadi.
Mustaqil ta`limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talaba mustaqil ta`limni tayyorlashda muayyan fanning hususiyatlari hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi.
- darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
- tarqatma materiallar ma`ruzalar qismini o‘zlashtirish;
- maxsus adabiyotlar bo‘yicha mavzular ustida ishlash;
- mashg‘ulotlarda ishlatiladigan sport anjomlarini o‘rganish;
- talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish;
- faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;
- masofaviy ta`lim.
Tavsiya etiladigan mustaqil ta`limlarning mavzulari:
Jismoniy tarbiya gigienasi fanining maqsadi hamda vazifalari.
Jismoniy tarbiya gigienasi va jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari o‘quv fan sifatida tutgan o‘rni.
Havo gigienasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari.
Ob-havo, iqlim va unga moslashuv.
Suv va tuproq gigienasi.
Sport inshootlari gigienasi va jismoniy tarbiya hamda sport bilan shug‘ullanuvchilarning shaxsiy gigienasi
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari davrida ovqatlanish gigienasi
Ayrim sport turlari bilan shug‘ullanish gigienasi.
Jismoniy tarbiya va bolalar sportining gigienik mohiyati.
Chiniqishni gigienik asoslari.
Jismoniy tarbiya darslarida yuklamalarni me`yorlashtirishning gigienik asoslari.
Jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslarining paydo bo‘lishi va rivojlanishining qisqacha tarixi.
O‘zbekistonda jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslarini tashkil etish asoslari.
Umumiy sport patologiyasi asoslari.
Sportchilarni kasallanishi va jarohatlanishi.
Sport pedagogik nazorat mazmuni va metodlari.
Yoshlar va o‘quvchilarni jismoniy tarbiyasida shifokor nazorati.
Sportda ish qobiliyatini tiklash vositalari.
Davolash jismoniy tarbiyasi asoslari.
O‘quvchilarning jarohatlanishi.
Yurak qon tomir tizimi kasalligi.
Nafas olish organlari modda almashuvining buzilishi va tomir kasalliklari.
Jarohatlar va asab tizimi kasalligi, tayanch-harakat apparati kasalliklarini davolash jismoniy tarbiyasi.
Yoshlar va o‘quvchilar salomatligini tibbiy nazorati.
Yoshlar va o‘quvchilarning tibbiy guruhlarga taqsimlanishi.
Bir tibbiy guruhdan ikkinchi boshqa guruhga o‘tish isboti va kuzatish usullari.
O‘zini nazorat qilish qoidalari.
Sportchilarni sport anamnezi va jismoniy rivojlanish.
Sportchilarni nerv tizimi xususiyatlari va uning rivojlanishi.
Mushak yuklamasining bolalar nerv tizimi va tayanch-harakat apparatining funktsional holatlariga ta`siri.
Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tekshirish shakllari va uslublari.
Bolalar va o‘spirinlar organizmiga mushak yuklamasi va doimiy tarzda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishning ta`siri.
Massaj – fiziologik va gigienik asoslari, sport shikastlanishlarida qo‘llanish xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |