O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI
YOG`-MOY MAHSULOTLARINI SAQLASH VA QADOQLASH
TEXNOLOGIYASI
fanidan
MA’RUZALAR MATNI
Bilim sohasi 300000 -Ishlab chiqarish - texnik soha
Ta’lim sohasi 320000 -Ishlab chiqarish texnologiyalari
Ta’lim yo`nalishi 5321000 – Oziq-ovqat texnologiyasi(yog`-moy mahsulotlari bo`yicha)
GULISTON - 2021
O`quv-uslubiy majmua Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 18 avgustda tasdiqlangan 4-sonli buyrug`i asosida "Yog`-moy mahsulotlarini saqlash va qadoqlash texnologiyasi" fani namunaviy dasturi talablari asosida tayyorlangan.
Tuzuvchilar:
Tashmuratov A.N.- «Oziq-ovqat texnologiyalari» kafedrasi o`qituvchisi (Guldu)
Xamdamov M.B.- «Oziq-ovqat texnologiyalari» kafedrasi o`qituvchisi (Guldu)
Janko`rozov A.- «Oziq-ovqat texnologiyalari» kafedrasi o`qituvchisi (Guldu)
Taqrizchi:
Sattorov K.Q. - «Oziq-ovqat texnologiyalari» kafedrasi mudiri dots. (Guldu)
Ushbu o`quv-uslubiy majmua Oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasining yig`ilishida ko’rib chiqilgan va fakultet ilmiy-uslubiy kengashida ko`rib chiqish uchun tavsiya etilgan.
(___-yig`ilish bayoni, ________________2021 yil)
O`quv-uslubiy majmua universitetning ilmiy-uslubiy kengashida ko`rib chiqilgan va o`quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan.
(___-yig`ilish bayoni, ________________2021yil)
Guldu
1-mavzu: Fanga kirish. Yog`-moy sanoatining rivojlanish istiqbollari
Yog`-moy mahsulotlarini saqlash va qadoqlash fani to`g`risidagi etakchi fanlardan hisoblanadi. Chunki, tayyor mahsulotnituriga qarab va uzoq muddatga saqlashga qo`yiladigan shartlar; yog`-moy mahsulotlarini qadoqlash materiallari va jihozlari turlari, ularni qadoqlashda qo`llaniladigan materiallar va jihozlashda bajariladigan hisoblar va qabul me’yoriy hujjatlar; qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qadoqlash materiallarining turlari va xususiyatlari; mahsulotlarni qadoqlashda qo`llaniladigan jihozlarni tuzilishi va ishlash prinstiplarini o`rganish shartdir. Fanning maqsaditalabalarga qishloq xo`jaligi mahsulot-larini qadoqlash materiallari va jihozlari bilan tanishtirish va ularni ishlash jarayonlari yangi usullari to`g`risidagi bilimlarni berish.
Fanning asosiy vazifasi yog`-moy mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni qadoqlash materiallarining turlarni ularni mahsulotlarga ta’siri, texnologik liniyalar va jihozlari, mashina va apparatlar xaqida ma’lumot berish, ularni hisob-kitoblarini o`rganish.
. Bularni talabalar o`z ustlarida ishlab barchasini mustaqil o`qib o`rganishlari zarurdir.
O`quv-uslubiy majmua quyidagilarni o`z ichiga oladi:
Nazariy materiallar (ma’ruzalar kursi)
Amaliy ishlarini bajarish buyicha uslubiy ko`rsatmalar
Talaba mustaqil ishlari bo`yicha materiallar (mustaqil ish topshiriqlari)
Glossariy.
Ilovalar:
Namunaviy va ishchi o`quv dasturlar.
Tarqatma materiallar.
Nazorat savollari va testlar.
4. Ingliz va rus tilidagi xorijiy o`quv materiallari (elektron shaklda).
5 Taqdimotlar va multimedia vositalari (elektron shaklda)
6. Qo`shimcha didaktik materiallar.
Mazkur o`quv-uslubiy majmua Vazirlikning 2017 yil 1 mart 107-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim o`quv rejalari fanlarining yangi o`quv-uslubiy majmualarini tayyorlash bo`yicha uslubiy ko`rsatma» asosida yaratilgan dastlabki o`quv-uslubiy majmualardan biri bo`lganligi sababli, unda ba’zi juz’iy kamchiliklar, munozarali qarashlar va atamalar uchrashi mumkin. Shunga ko`ra, majmua haqidagi fikr-mulohazalarini bildirgan hamkasblariga mualliflar oldindan o`z minnatdorchiligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |