- Bob. AL va KHK larda “ Molekular fizika” kursini mazmuni va metodikasini takomillashtirish.
2.1. Umumta’lim maktablarda “ Molekular fizika” ni o’qitishni takomillashtirish. Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 6-9 sinflarida fizika fani maxsus o`qitiladi. Bu ta`lim turlarining har birida fizikaning bo`limlaridan biri bo`lmish “Molekulyar fizika” va “Termodinamika asoslari”ni o`qitishning o`ziga xos jihatlarini qarab chiqamiz.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida fizika fani 6-sinfdan boshlab
o`rganiladi. 6-sinfga kelgan o`quvchini ta`biiy yo`nalishdagi bir qator fanlarni hamda matematika fanini quyi sinflarda o`qigan va bu fanlar bo`yicha ma`lum bilimga, amaliy ko`nikma va malakalarga ega bo`lganligini inobatga olgan holda, fizika fanini o`qitish tashkil etiladi. Dasturga asosan 6-sinfda fizika kursi mazmuni o`zgartirilmagan holda‚ fizik hodisalar va kattaliklar o`rganish ketma-ketligi ulardan birini tanlab olish imkoniyatiga ega. Ulardan birinchisida fizika an’anaviy bo`lgan usulda avval jismlarning harakati, bosib o`tgan yo`li, unga ketgan vaqti, tekis va notekis harakatda tezlik, massa, zichlik kabi fizik kattaliklar o`rganiladi. So`ngra modda tuzilishi haqidagi dastlabki ma’lumotlar 6-sinf fizikasining 1-bobida berilgan, 6-sinfda modda tuzilishi haqidagi ma’lumotlarga 6 soat ajratilgan bo`lib, bu bobda modda tuzilishi haqida antik davr olimlari va yurtdoshlarimiz bo`lgan Roziy, Beruniy, Ibn Sino ta`limotlari‚ molekulalarning tartibsiz harakati‚ qattiq jism‚ suyuqlik va gazlarning molekulyar tuzilishi‚ diffuziya hodisasi haqidagi boshlang`ich bilimlarni o`quvchilarga berib boriladi. Mavzuga tegishli elementar mavzularning o`qitilishi nazarda tutilgan. Shuningdek 4ta demonstratsion, tajriba 1ta laboratoriya ishi ya`ni suyuqliklarda diffuziya hodisasini o`rganish bo`yicha o`quvchilarga o`qituvchi ishni qanday bajarilishini tushuntirib‚ kuzatishlar to`g`risida xulosalar yozishlarini aytadi. Modda tuzilishi haqidagi dastlabki ma`lumotlarni qay darajada o`zlashtirganini bilish maqsadida 1-bobni yakunlash bo`yicha nazorat savollari ham berilgan. Molekulyar fizika —fizikani turli agregat holatlardagi jismlarni xossalarini‚ ularning molekulyar tuzilishlari asosida qarab chiqadigan bo`limdir. Molekulyar fizikani o`rganish‚ tabiatshunoslik fanlari nuqtai nazaridan olamni bugungi tasviriga bo`lgan ilmiy qarashlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Mexanikani o`rgangandan keyin molekulyar fizikani o`rganishga o`tish‚ o`quvchilarni ilmiy dunyoqarashini shakllanishida butunlay yangi bosqichdir. Mexanik
hususiyatlardan farqli o`laroq‚ issiqlik hodisalaridagi yangi hususiyatlari 2 omil‚ ya`ni moddani uzlukli tuzilishi hamda‚ o`zaro tasirlashuvchi‚ zarralar atom‚ molekula‚ ionlar sonining kattaligi bilan izohlanadi.
Shu sababli‚ issiqlik hodisalarini tushuntirish uchun mexanikada ko`rilmagan yangi temperatura ‚ molekulalarning o`rtacha kvadratik tezligi‚ ideal gaz‚ gazning hajmi va bosimi‚ ichki energiyasi‚ issiqliqlik muvozanati‚ issiqlik jarayonlarini yo`nalganligi hamda termodinamikaning qonunlari o`rganiladi. Molekulyar fizikani o`rganishdagi yangi bosqich 3 asosiy hususiyati bilan xarakterlanadi:
—qat`iy mantiqiy bog`liqlikda berilgan yanada kengroq ilmiy tushuncha va hodisalar qamrab olinganligi;
―ularning molekulyar hususiyatlarini miqdoriy tavsiflanishi;
―termodinamik hamda statistik metodlar kabi ilmiy bilish metodlarining izohlanishi va qo`llanilishi.
Maktab fizika kursini bo`limi sifatida molekulyar fizika va issiqlik hodisalari jismlarni mexanik va issiqlik hususiyatlarini ‚ shuningdek moddalarning tuzilishi hamda zarralarni o`zaro ta’sirlashuvlariga bog`liq ravishda ularni agregat o`tishlarini o`rganadi. Bunda makroskopik moddiy sestema parametrlari P,V,T‚ sirt tarangligi va boshqalar bilan zarrachalar parametrlari: harakat tezligi‚ konsentratsiyasi‚ energiyasi, o`zaro ta`sir qiluvchi kuchlar va boshqalar aniqlanadi. Bunday o`rganishdan so`ng makrohodisalar va jarayonlar molekulyar kinetik nuqtai nazardan izohlanadi. Natijada‚ fizik metodlarni mikroolamni o`rganishdagi qudrati namoyon bo`ladi‚ mikroolamni o`rganish‚ moddalarni ichiga kirib borish imkoniyatlarini aniqlaydi. Bilimlarni uzatishda qotib qolgan tasavvurlardan ogohlantiradi. Molekulyar fizika va issiqlik hodisalarini o`rganish katta tarbiyaviy ahamiyatga ega‚ hamda issiqlik texnikasini va ma`lum texnik xususiyatlarga ega bo`lgan materiallarni yaratish sohasidagi fan va texnikaning quyidagi ulkan yutuqlarini namoyon qiladi:
—issiqlik hodisalarini bilish mumkinligi va ularga xos hususiyatlari haqidagi ilmiy tasavvurlarni solishtirish;
—makro va mikrokattaliklar orasidagi sabab va oqibatli bog`liqliklarni ehtimoliy-statistik harakterini ochib berish;
—o`rganilayotgan nazariya qonun va tushunchalarini tadbiq etish chegaralarini aniqlash;
—olamni hozirgi zamon tabiiy ilmiy manbalarini vujudga kelishi va rivojlanishida molekulyar kinetik nazariyani ulkan rolini ko`rsatib berishni o`z ichiga oladi.
Molekulyar fizika maktab fizika kursini bo`limi sifatida‚ quyidagilarni o`z ichiga oladi: 9-sinfda molekulyar fizika va termodinamika asoslarini o`qitsh uchun 32 soat ajratilgan bo`lib‚ bundan nazariy ma’lumotlar berish uchun 18 soat, masala yechish darslari uchun 6 soat, nazorat ishlari uchun 4 soat va laboratoriya ishlari uchun 4 soat vaqt ajratilgan. Modda tuzilishining molekulyar kinetik nazariyasi asoslari 1-bobda‚ 2-bobda esa termodinamika elementlari; 3- bobda suyuqliklarni sirt hodisalari; 4-bobda qattiq jismlarning xossalari; 5-bobda modda agregat holatining o`zgarishi kabi mavzular o`rganiladi.
Har bir bob yuzasidan muhim xulosalarini‚ takrorlash uchun savol va masalalar keltirilgan. Bunday quyidagi 4-laboratoriya ishlari bajarilishi rejalashtirilgan: qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig`imini aniqlash; turli temperaturali suvlarni aralashtirganda issiqlik miqdorlarini taqqoslash; suyuqliklarni sirt taranglik koeffitsiyentini aniqlash;
Molekulyar fizika bo`limini o`quv materialida molekulyar kinetik nazariya asoslari va ularni tajribada tasdiqlanishi asos qilib olingan. Ularga‚ molekulalarni o`lchamlarning yuqori chegaralarini aniqlash bo`yicha Reley tajribalari‚ Broun harakati va og`irlik kuchi maydonida zarralar tezligi taqsimotini aniqlash bo`yicha Shtern tajribalari kiradi.
Issiqlik hodisalarini o`rganishda statistik va termodinamik metodlardan foydalaniladi. Ma`lumki modda molekulalardan tashkil topgan. Agar har bir molekulalarning tezligi‚ kinetik energiyasi ma`lum bo`lsa‚ moddani tashkil qilgan molekulalar sonini bilgan holda‚ moddani ichki energiyasini topish mumkin. Ikkinchi tomondan moddani temperaturasini termometr yordamida o`lchab‚ ichki energiyasini aniqlash mumkin. 1-holda statistik metod‚ 2-holda esa termadinamik metodlardan foydalanishni qayd qilish lozim.
Mavzu: Molekulyar kinetik nazariya haqida tushuncha.