52
- "qurt" viruslari (worm) - bunday viruslar kompyuter tarmoqlari orqali
tarqalib, komponion virusi kabi fayllarni o’zgartirmaydi. Ular kompyuter tarmog’i
orqali kompyuter hotirasiga kirib olib, boshqa kompyuterlarning tamoq adreslarini
hisoblab, ushbu adresga o’zining nushasini jo’natadi. Bunday viruslar ba’zan tizim
disklarida ishchi fayllarni yaratadi, lekin kompyuterning resurslariga umuman
murojat qilmaydi (kompyuterning tezkor hotirasidan tashqari).
Viruslarga qarshi kurashishning asosiy vositasi antivirus dasturlari bo’lgan
va shunday bo’lib qolmaqda, bunday antivirus dasturlarining viruslarni topish va
himoyalashning bir qancha asosiy usullari mavjud.
Skanerlash - ma’lum virus signaturalarini izlashda, tekshiriluvchi fayllarni
ko’rib chiqish ketma ketligi. Ma’lum bo’lgan va o’rganilgan viruslarni izlashda
ishlatiladi. Yangi dasturni yoki yuklanuvchi sektorni zararlagan vaqtda, o’zining
kodini to’liq o’zgartirish imkoniga ega bo’lgan, shifirlangan va polimorfli
viruslarni aniqlashda samarali hisoblanmaydi;
Evristik analiz - oldin ma’lum bo’lmagan viruslarni aniqlash;
Antivirus monitoringdan foydalanish - barcha ishga tushgan dasturlarni,
yaratilgan, ochilgan va saqlangan, internet orqali yoki disketa yoki kompak-
diskdan qattiq diskka ko’chirilgan hujjatlarni avtomatik tarzda tekshirish;
O’zgartirishlarni aniqlash - oldindan kiritilgan dasturiy-revizor orqali
diskning barcha sohasi xarakteristikalarini o’zgarishini aniqlash.
Kompyuterning BIOS da mavjud antiviruslardan foydalanish - qattiq
disklarga va yuklanuvchi disk sektorlariga murojatlarni boshqarish.
Korporativ intratarmoqlarni himoyalashda maxsus antivirus proksi-serverlar
va brandmauerlar, trafiklarni skaner qiluvchi va zararli dasturlarni o’chiruvchi
skanerlar ishlatiladi.
Fayl serverlarni himoyalashni, tarmoq orqali server fayllariga bo’ladigan
barcha murojatlarni avtomatik tarzda antivirus monitoringini o’tkazish orqali
tekshirishni amalga oshirish mumkin.
53
Pochta serverlarini himoyalashni, maxsus pochta trafiklarini tekshiruvchi
antiviruslardan foydalangan holda amalga oshirish mumkin.
Hujjut aylanig tizimi serverlarini himoyalashni, makroslardagi troyan
dasturlarini va viruslarni anqlash, zararli dasturlarni o’chirishni, fayl va pochtani
real vaqt rejimida skanerlash yo’li orqali amalga oshirish mumkin.
Antivirus dasturlarni samarali ishlashishi uchun, antivirusning dasturiy
komponentalarini va virusni aniqlovchi ma’lumotlar bazasini doimiy yangilab
turish talab etiladi.
Hozirgi kunda kompyuter viruslari g’arazli maqsadlarda ishlatiluvchi turli
xil dasturlarni olib kelib tatbiq etishda eng samarali vositalardan biri hisoblanadi.
Kompyuter viruslarini dasturli viruslar deb atash to’g’riroq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: