Darsni mustahkamlash uchun savollar
1. A. Avloniyning qanday darsliklarini bilasiz va ularning mazmuni nimalardan iborat?
2. Abdulla Avloniy o’zining qaysi kitob va asarlari bilan hozirgi o’zbek bolalar adabiyotining rivojlanishiga hissa qo’shgan?
3. Abdulla Avloniyning dramatik asarlari haqida nima bilasiz?
Adabiyotlar
1.Jumaboev M. O`zbek bolalar adabiyoti. -T.: O`qituvchi, 2002.
2.Jumaboev M. Bolalar adabiyoti. -T.: O`qituvchi, 2011.
7-amaliy mashgulot. Hamza Hakimzoda Niyoziy hayoti va ijodi
Asosiy savollar
1. Hamza Hakimzoda Niyoziy hayoti
2. Hamza Hakimzoda Niyoziy ijodi
3. Hamza Hakimzoda Niyoziyning pedagogikaga qo`shgan hissasi
Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889- yilda Qo’qon shahrida tabib oilasida tavallud topdi. Uning pedagogik faoliyati 1911-yildan boshlandi. U dastlab Qo’qon shahrining Hojibek guzarida kambag’allarning farzandlari va yetim-esir bolalar uchun maktab ochdi.
Hamza mehnatkash xalq ommasi va uning bolalarini o’qitish va tarbiyalash maqsadida, ularni moddiy jihatdan ta’minlashni nazarda tutib «Yordam jamiyati» tashkil qildi. SHu jamiyat orqali u o’quvchilarni o’quv qurollari, kiyim-kechak va oziq-ovqat bilan ta’minlab turdi.
Hamzaning tarbiyachilik faoliyatini uning shu mavzuda yozgan asarlari yanada to’ldiradi. Uning ilm va tarbiyaviy mavzuda yaratgan «Ilm ista», «Maktab», «Kitob», ,,O’qi», «Qalam», «Hikoya», «To’g’ri so’z bola», «Hikoyat», «Toshbaqa va CHayon», «Bolaning yomon bo’lmog’iga sabab bo’lgan onaning jazosi» kabi she’rlari xarakterlidir. Bu asarlar shoirning 1914- yilgacha bo’lgan ijodidan namuna sifatida tahsinga loyiqdir.
Hamza xalqni o’qitish, savodxon qilish uchun tinimsiz intiladi va kurashadi, maktablar uchun darslik va qo’llanmalar yozishni o’ziga maqsad qilib oladi. Hamza yozgan darsliklar uning o’sha davrdagi dunyoqarashi, badiiy ijodi, bolalar adabiyotini tushunishi ibratlidir. Bu g’oya “Engil adabiyot”da o’z aksini topgan.
«O’qish kitobi» Hamzaning ikkinchi darsligidir. Unda to’qqizta dars bo’lib, ularning har biri axloqiy masalaga bag’ishlangan. Barcha hikoyalarning qahramoni ijobiy fazilatlarni o’zida mujassam-lantirgan maktab o’quvchisidir.
«O’qish kitobi»dagi asarlarning ko’pchiligida o’z zamonasi uchun g’oyat ilg’or fikrlar olg’a suriladi. Ayniqsa, undagi maktab, kitob, qalam, ilm, o’qituvchi, bola tarbiyasida ota-onaning roli haqidagi she’rlar, «Toshbaqa bilan CHayon» kabi ibratli asarlar hozirgi vaqtda ham kitobxonlarga manzur bo’lgan asarlar sirasidandir. Ana shu g’oyaviy va badiiy yuksak, o’quvchilarga manzur bo’lgan asarlar «O’qish kitobi»ni o’zbek bolalar adabiyotining noyob namunalaridan deb hisoblash uchun asos bo’ladi.
SHoir «Milliy ashulalar», «Oq gul», «Qizil gul», «Yashil gul» va boshqa to’plamlarida qo’shiqlar bilan xalq ommasini madaniyatli bo’lishga undaydi, zulmdan shikoyat qiladi, ijtimoiy faollikka chaqiradi.
Mashhur tarbiyachi, atoqli shoir, dramaturg va bastakor Hamza Hakimzoda Niyoziy mehnatkash xalqni, shuningdek, yosh avlodni o’qitish, ma’rifatli qilish, tarbiyalash ishiga o’zining butun iqtidorini, umrini bag’ishladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |