Savollar:
Alishеr Navoiyning bolaligi, o’qishi to’g’risida tushuncha bеring?
«Xamsa» dostoni haqida nima bilasiz?
Navoiyning odob-axloq haqidagi asarlari?
Adabiyotlar
1.Jumaboev M. O`zbek bolalar adabiyoti. -T.: O`qituvchi, 2002.
2.Jumaboev M. Bolalar adabiyoti. -T.: O`qituvchi, 2011.
5-amaliy mashgulot. GULXANIY HAYOTI VA IJODI
Asosiy savollar:
1. Gulxaniy hayoti va ijodi.
2. “Zarbulmasal” asarida muhim ijtimoiy masalalarni majoziy obrazlarda yoritilishi.
3. “Maymun bilan Najjor”, “Toshbaqa bilan Chayon”, “Tuya bilan Bo’taloq”
masallarida real hayot haqiqatini ifodalanishi.
O’zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondalaridan biri Muhammad Sharif Gulxaniyning hayoti va ijodiy faoliyati haqida to’la ma‘lumotga ega emasmiz. 18 asrning oxiri, 19 asrning birinchi yarmida Qo’qon adabiy muhitida yashab ijod etgan Gulxaniy nomi tazkira va tarixiy asarlarda zikr etilgan. Fazliy Namangoniyning “Majmuat ush-shuaro” asarida aytilishicha asli tog’li Qorategindan Qo’qonga kelib oila qurgan ekan.U taxminan 1770-80 yillar atrofida tug’ilgan. Og’ir iqtisodiy qiyinchiliklarda kun kechirgan.
Vafoti noma‘lum bo’lgan shoirni taxminan 1830-40 yillarda dunyodan o’tganligini taxmin qiladilar. Gulxaniy ijodiga nazar talaydigan bo’lsak , u ikki tilda qalam tebratgan. Fors – tojik tilidagi g’azallariga J u r ‘ a t taxallusini qo’llagan.
Gulxaniydan qolgan adabiy meros hajmi uncha katta emas, lekin unga shon-shuhrat keltirgan asari “Zarbulmasal”dir. Gulxaniy bu asarni Qo’qon xoni Amir Umarxon (1811) tavsiyasiga ko’ra yozadi.
“Zarbulmasal” (maqollar keltirib so’zlash, o’xshashi va timsolini keltirib gapirish) – majoziy mazmun beruvchi asar – masal bo’lib unda turmush voqealari turlicha toifadagi, turlicha fe‘l-atvorli kishilarning munosabatlari qushlar misolida (Yapaloqqush bilan Boyo’g’li o’rtasidagi qudachilik mojorolarini bayon qilish orqali) hikoya qilinadi. Qushlar esa o’zaro zarbulmasal yo’li bilan so’zlashadilar, maqsadga erishish uchun xar xil maqol, matal, hikmat va chuqur mazmunli hikoyalarni keltiradilar.
“Zarbulmasal” o’zbek badiiy nasrining eng yetuk namunalari qatorida faxrli o’rin olgan.Rang-barang tasviriy vositalardan, murakkab sajdan keng foydalanib yozilgan bu asarning tili nihoyatda shirador, jozibali bo’lib, asarning chin ma‘noda xalqchil ruh egallashida juda katta xizmat qilgan.
“Maymun bilan Najjor”, “Toshbaqa bilan Chayon”, “Tuya bilan Bo’taloq”masallarida real hayot haqiqatini ifodalanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |