Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti


Turdosh otlarning ma`no turlari



Download 4,68 Mb.
bet269/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Turdosh otlarning ma`no turlari. Turdosh otlar ma`nosiga ko`ra aniq va mavhum, yakka va to`da, sanaladigan va sanalmaydigan, kishi va narsa otlariga ajratiladi.
Aniq va mavhum otlar. Turdosh otlar ifodalangan tushunchaning xarakteriga ko`ra aniq va mavhum otlarga bo`linadi. To`g`ridan-to`g`ri predmetni anglatadigan otlar aniq otlar deyiladi. Aniq otlar anglatgan predmetlarni bevosita sanash va ko`rish mumkin.Shu sababli bunday otlar sanoq sonlar bilan, masalan, beshta daftar, minglab odamlar kabi, sintaktik aloqaga kirisha oladi. Shuningdek, aniq otlar sub'ektiv baho formalari va ko`plik qo`shimchalarini olishi mumkin: uycha, tuynik, bolagina, kitoblar kabi.
Mavhum tushunchalarni ifodalovchi otlar mavhum otlar deyiladi. Bu otlar odatda mavhum belgi va xususiyatlarni ataydi: sevgi, oqim, tuyg`u, yaxshilik kabi. Mavhum otlar ko`plik ko`rsatgichi –lar qo`shimchasini ham oladi. Agar bu qo`shimcha bilan kelsa ko`plikni ifodalamay, boshqa ottenkalarni anglatadi.
Yakka va to`da otlar.Otlar birlik shaklda bir turdagi predmetning o`zini yoki ularning to`dasi (jami)ni bildirishiga ko`ra yakka va to`da otlariga ajratiladi.
Bir turdagi predmetning o`zini bildiruvchi kitob, uy, daraxt kabi so`zlar yakka ot, bir xil predmetlarning jamini ifodalovchi armiya, xalq, qo`shin kabi otlar to`da otlari deb yuritiladi.
Kishi va narsa otlari.Kim yoki nima so`zlariga bo`lgan munosabatiga ko`ra otlar kishi va narsaotlariga bo`linadi. Kishi otlari kim? so`rog`ini, narsa otlari nima? so`rog`ini qabul qilib, ular atoqli va turdosh otlardan bo`lishi mumkin.
Sanaladigan va sanalmaydigan otlar. Sanalish – sanalmasligiga ko`ra otlar ikkiga, sanaladigan va sanalmaydigan otlarga bo`linadi. Sanaladigan otlar asosan aniq otlarini: beshta daftar, unta qalam kabi, sanalmaydigan otlar asosan modda otlarini tashkil qiladi: havo, bulut, shamol kabi. Atoqli otlarning ham aksariyati sanalmaydigan otlardir: Tinch okean, Qora dengiz, Amudaryo, Dilbar G`ulomova, Oybek kabi.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish