Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet140/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Kompozitsion usul bilan ot yasash:
I. Qo’shma otlar: ikki yoki undan ortiq leksemalar birikishidan yasaladi:

  1. «ot - ot»: qo’lqop, belbog’ va b.

  2. «sifat - ot»: oqsoqol, ko’kqarg’a, qizilishton kabi.

  3. «ot - fe’l»: beshiktervatar, o’rinbosar kabi.

  4. «son - ot»: qirqquloq, uchburchak kabi.

II. Juft otlar: idish-tovoq, gap-so’z, asbob-uskuna kabi.


Transpozitsiya usuli bilan ot yasash
(Substantivatsiya)
Boshqa turkum (ko’proq sifat)ga oid so’zlar o’rni bilan nutqda (matnda) ot turkumiga o’tib, otlik vazifasini bajarib keladi. Lekin bu so’zlar batamom turkumini o’zgartirib yubormaydi, faqat shu sintaktik qurshovdagina yasalish jarayoni ta’sirida bo’lib, yangi sema hosil qiladi.
Tilimizda quyidagi turkumlarga oid so’zlar otlashadi:

  1. Sifat otlashadi: Mol olasi tashida, odam olasi ichida. qizili qirda qoldi, sarig’i soyda. Kar eshitganini, ko’r tutganini qo’ymas; Go’zal, Dono, qoraboy, Nozik, Malla; Cho’loq, ko’r, kal, naynov, qiyshiq, semiz, tajang.

  2. Son so’zlar otlashadi: Birniki mingga, mingniki tumanga. To’rt ikkiga kasrsiz bo’linadi. Oltovlan ola bo’lsa, og’zidagini oldirar.

  3. Ravish otlashadi: Ko’pi ketib, ozi qoldi.

Ko’p so’zning ozi, oz so’zning o’zi yaxshi.

  1. Sifatdosh otlashadi: Suymaganga suykalma. Uqmasga o’rgatma.

  2. Modal so’zlar otlashadi: Bor so’zlaydi, yo’q o’ylaydi.

  3. Taqlid so’zlar otlashadi: Qars ikki qo’ldan chiqadi. Onaning g’idi - bidisi jonga tegdi.

Shuningdek, fe’l, yordamchi so’zlar ham otlashishi mumkin. Lekin otlashgan har qanday holatda ham yangi sema - demak yangi ma’no tug’ilaveradi deb tushunilmasligi kerak.
2-asosiy savol: Sifat yasalishi.

Ot so’zlar yasalishidagi singari sifatlar ham affiksatsiya usuli bilan ko’plab yasaladi. Bunda sifat yasovchi vazifasida quyidagi affikslar keladi:


-li: eng sermahsul sifat yasovchi bo’lib, u otlardan ko’plab turli-tuman ma’nolardagi sifatlar yasaydi: diyonatli, do’ppili, maslahatli, uyli, joyli va b.

  • dor: yarador, qarzdor, unumdor.

  • mand: kasalmand, davlatmand, orzumand.

  • kor: ehtiyotkor, fidokor.

  • siz: aqlsiz, rangsiz.

  • chan: ishchan, o’ychan.

  • choq(-chik, - chak): o’yinchoq, erinchak, maqtanchoq.

  • qoq(-g’oq): qochqoq, yopishqoq, urishqoq, toyg’oq.

  • gir(-kir,-qir,-g’ir): sezgir, keskir, olg’ir, topqir.

  • ag’on: bilag’on, topag’on, chopag’on kabi.

  • mon: bilarmon, o’larmon kabi.

  • ki(-qi): sayroqi, yig’loqi, o’ynoqi,chillaki.

  • k(-q,-g’): chirik, o’lik, yumshoq kabi.

  • kin, -qin, -g’in: keskin, toshqin, qizg’in kabi.

  • ma: qo’shma, ko’chma, sayratma.

  • ildoq: shaqildoq, liqildoq.

Bulardan tashqari -bon, xush-, ba-, be-, no- kabi affikslar ko’plab sifat so’zlar yasashda ishtirok etadi.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish