Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet133/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Nazorat savol(topshiriq)lari:
1-topshiriq.Keltirilgan misollardan so’z yasovchi affiksal morfemalar polisemiyasini(ma’no guruhlarini)tavsiflang.Suvchi, traktorchi, ashulachi, o’yinchi, yolg’onchi, g’iybatchi, kamonchi, futbolchi, hasharchi, jangchi, vagonchi, dalachi, sayohatchi va boshqalar.
2-topshiriq.O’zingiz -chilik, -ma affiksal morfemalarining polisemantik holatiga misollar keltiring.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil. -300 bet.
2. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to’plami. TDPU, Toshkent, 2009-yil. -240 bet.
3.H.Jamolxonov. Hozirgi o`zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
4. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o`zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti.
5.R.Yunusov. O`zbek tilidan praktikum. 1-qism, 2006, TDPU.
6.U . Tursunov, J. Muxtorov. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. «O‘zbekiston», Toshkent. 1992-yil.
7. Z. Masharipova. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. T., 2008.


Mavzu: So’zning grammatik strukturasi
Affiksial morfemalarning turlari: so'z yasovchi, lug'aviy shakl yasovchi, sintaktik shakl yasovchi affikslar
Reja:
1. So’zning forma yasalish (morfologik) strukturasi.
2. So’zning yasalish va morfem strukturasi.
Mavzuga oid tayanch atama (birikma)lar:
1. So’zning umumiy strukturasi (SUS).
2. So’zning grammatik strukturasi (SGS).
3. So’zning yasalish strukturasi (SYaS).
4. So’zning morfem strukturasi (SMS).
5. So’zning forma yasalish strukturasi (SFYaS).
6. So’z yasalish asosi (SYaA).
7. So’z yasovchi vosita (SYaV).
8. O’zak va affiksal morfema.
So’zning forma yasalish (morfologik)strukturasi. 1-savol bayoni:
So’zning grammatik strukturasi bayoniga o’tishdan oldin umumiy tasavvur hosil qilish uchun so’zning umumiy stukturasi (fonetik, semantik, grammatik strukturalar) aks etgan jadval bilan qisqacha tanishish maqsadga muvofiqdir (qarang: 32-sahifa).
So’zning morfologik strukturasi so’z formasining yasalishida qatnashadigan komponentlardan iborat. Masalan, ishlarimizni so’zining morfologik strukturasi ish-lar-imiz-ni dan iborat. Bunda ish - forma yasalish asosi, -lar - ko’plik formasini yasovchi, - imiz - egalik formasini yasovchi, -ni - kelishik formasini yasovchi; keldik fe’lida kel - forma yasalish asosi , - di - zamon formasini yasovchi, -k - shaxs-son formasini yasovchi. Ishchilarimizni va ishladik so’zlarida esa ishchi va ishla forma yasalish asosi, undan so’nggi qismlari esa forma yasovchi affikslar hisoblanadi. Demak, so’zning morfologik (forma yasalish) strukturasi forma yasalishida asos bo’ladigan qism bilan forma yasovchi qism (affiks yoki yordamchi so’z)dan iborat bo’ladi.
Forma yasalishiga asos bo’ladigan qism qo’shma so’z yoki sodda yasama so’z bo’lishi mumkin. Lekin so’z yasovchi qismlar (so’z yasashda ishtirok etadigan qismlar) so’zning morfologik strukturasiga kirmaydi. Shunga ko’ra terimchilarni so’zi morfologik strukturasi nuqtai nazardan, terimchi-lar-ni kabi qismlarga ajraladi.
So’z formasining asosi so’z birikmasiga teng bo’lishi ham mumkin: O’zbekiston Respublikasi-da kabi.
So’zning morfologik strukturasi murakkab ko’rinishli bo’lishi mumkin, ya’ni bir so’z tarkibida birdan ortiq forma yasovchi qismlar (affiks yoki yordamchi so’zlar) ishtirok etishi mumkin. Lekin so’zning har bir (konkret bir) formasi ikki qismdan iborat bo’ladi:
1) shu formaning yasalishiga asos bo’layotgan qism, 2) shu formani yasovchi qism (affiks yoki yordamchi so’z). Masalan, terimchilarni so’zida tushum kelishigi formasining yasalishi uchun asos bo’layotgan qism «terimchilar» , - ni tushum kelishigi formasini yasovchi vosita (affiks). Demak, terimchilarimizni otining tushum kelishigi formasi ana shu ikki qismdan iborat: 1) kelishik formasining yasalish asosi - terimchilarimiz, 2) kelishik formasini yasovchi affiks -ni. Bu so’zda ko’plik formasi uchun asos bo’layotgan qism «terimchi», -lar esa ko’plik formasini yasovchi vosita (affiks). Demak, bu otning son formasining yasalishida ham ikki komponent ishtirok etmoqda: 1) son formasining yasalishida ishtirok etadigan asos («terimchi»),2) son formasini yasovchi vosita (-lar affiksi). Shuningdek, ishlatdik so’zida shaxs-son formasining yasalish asosi ishlatdi, shaxs-son formasini yasovchi vosita esa -k affiksi; zamon formasining yasalish asosi ishlat, -di zamon formasini yasovchi vosita (affiks); daraja formasining yasalish asosi ishla, -t daraja formasini yasovchi vosita (affiks).

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish