Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti


Ommabop-publitsistik uslub-



Download 4,68 Mb.
bet516/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   512   513   514   515   516   517   518   519   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Ommabop-publitsistik uslub-eng dolzarb masalalarni ma’lum darajada ko’tarinki ruxda tahlil etish bilan bog’liq bo’ladi.Publitsistik uslubning muhim xususiyatlari:
1.Tasvirning mukammalligi,kengligi.
2.Mavzuni dalillar asosida izchil ravishda yoritib berish .
3.Axborot berish va ta’sir etish,targ’ibot yuritish.
4.Asosan yozma nutq shaklida yuzaga keladi.
5.Nutqning ommabopligi va hammabopligi.
6.Ro’znoma tiliga xos so’z va iboralarning qo’llanilishi.
Badiiy uslub-so’z san’atiga,timsoliy fikrlash sohasiga oid.Mazmun doirasi nihoyatda keng.Asosiy belgilari:
1.Badiiy nutq-so’z san’ati bo’lib,timsollar tizimi bilan ish ko’radi.
2.Badiiy to’qima va yozuvchi fantaziyasi ishtirok etadi.
3.Nazm va nasrning rang-barang janrlaridan iborat.
4.Tasviriy-ta’sirchan vositalar silsilasi va uslubiy san’atlar majmuiga ega ekanligi.
Bo’lajak muallim yoki adibning nutq madaniyati va mahoratini, kasbiy malakasini oshirishda zarur bo’lgan asosiy fanlardan biri uslubiyatdir. Chunki muallim ma’rifatchi, tashviqotchi va targ’ibotchi sifatidagi ijtimoiy vazifasini til vositasida amalga oshiradi. Uslubiyat ularning umumiy va kasbiy nutq madaniyatini oshirishga, tilga ongli munosabatda bo’lish hissini tarbiyalashga,ijodiy mahoratini oshirishga, tasavvurlarini boyitishga, amalda sodda va ta’sirchan, jonli va tushunarli qilib yozishga odatlantirishga xizmat qiladi. Turli nutq uslublariga oid matnlarni badiiy nuqtai nazardan to’g’ri baholashga o’rgatadi. Uslubiyat fanini o’qitishning asosiy maqsadi bo’lajak o’qituvchilarni nazariy bilim bilan qurollantirishdan, o’quvchilarning tildan foydalanish malakasini egallashlariga nutq madaniyatini yuqori ko’tarishga yordam berishdan til unsurlarini ma’no va uslub jihatidan to’g’ri baholashga, ularni maromliligi, nutq mazmuni, sharoiti, aloqa sohasi talablaridan kelib chiqib tanlash va maqsadga muvofiq qo’llashga o’rgatishdan iborat.
Kishilar har qanday sharoitda va faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, fraziologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda bir-birlaridan ma’lum darajada farq qiladi. Umumxalq tili doirasida til vositalarining bunday tanlab olinishi nutqning xilma-xil ko’rinishlarining paydo bo’lishiga olib keladi. Nutqning bu xilma-xil ko’rinishlari nutq uslublari deb ataladi.
Nutq uslublari-ifoda vositalari sistemasining muayyan aloqa doirasida maqsadga muvofiq tanlash natijasida tarixan tashkil topgan nutq ko’rinishlaridir.
Nutq uslublarining har biri alohida yagona bir sistemani tashkil qiladi. Nutq- uslubining har biriga bog’liq elementlar sistemasini tashkil qilishi aloqa-aralashuv quroli bo’lgan tilning ijtimoiy tabiatidan kelib chiqadi. To’g’ri, tilningfonetik tuzilishi, grammatik qurilishi va lug’at sostavining har biri ham alohida bir sistemani, tilning o’zi esa yaxlit holda butun bir sistemani tashkil etadi. Tilning funktsional uslublari mana shu leksik, grammatik va fonetik sistemalarga xos barcha vositalarning ma’lum kommunektiv maqsadga ko’ra uyushishi tufayli bunyodga keladi. U faqat muayyan hodisalar sostavi bilangina emas, balki ularning bog’lanishi, aloqasi va munosabatlari bilan ham xarakterlanadi. Demak, nutq uslublari tilning vazifasi- funktsiyasi bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham ular funktsional uslublar deb yuritiladi.
Funktsional uslubning umumxalq tili xazinasidan tanlab olgan vrsitalari ayni shu uslub sistemasini tashkil qiladi. Tildagi bu uslubiy hodisalar tarqoq xarakterda bo’lmay, balki kommunektiv vazifasi va umumiy uslubiy bo’yog’i bilan o’zaro aloqador elementlar sistemasini tashkil etadi.
Adabiy tilning uslubiylik sistemasi jargon, mahalliy, dealekt va shu kabi tildagi boshqa hodisalar bilan ham ma’lum munosabatda bo’ladi. Masalan: umumxalq tiliga jargonlar, ko’pincha oddiy so’zlashuv tili orqali kirib keladi. Badiiy nutq uslubida esa ba’zi personajlarning tilini individuallashtirish uchun ulardan qisman foydalaniladi.
Dialektal so’zlar ham adabiy til uslubliri sistemasi bilan ham oddiy so’zlashuv va ba’zan badiiy nutq uslubi orqali munosabatda bo’ladi. Dialektal so’zlar o’z sistemasi doirasida, odatda, maxsus uslubiy bo’yoqqa ega bo’lmaydi.
Nutq uslubi tushunchasi – og’zaki va yozma nutq formalari bilan uzviy bog’liq. Bir nutq uslubi aloqa formalarining har ikkalasida ham ishlatilishi mumkin. Nutq uslublari o’zlariga xos belgi va farqlardan qat’iy nazar, adabiy til normalari asosida umumiylikka ega . Adabiy norma tilning tovush sistemasini, grammatik qurilishi hamda uning lug’at sostavidagi eng tipik hayotiy va zaruriy elementlarni tanlab olish asosida tashkil topadi. U tilning eng yuksak ishlangan, silliqlashgan formasidir. Adabiy normalar faqat yozma adabiy til uchungina taalluqli bo’lmay, u og’zaki adabiy til uchun ham zaruriy holatdir. Shuning uchun adabiy tilning og’zaki formasida ham adabiy normaga bo’ysuniladi, uning qonun-qoidalariga rioya qiladi.
Funktsional uslub nutq ko’rinishlarining asosiy funktsiyalarga muvofiq qismlarga bo’linishidir. Shunga ko’ra adabiy tilning quyidagi funktsional uslublari ajratiladi. 1) so’zlashuv uslub; 2) rasmiy uslub; 3) ilmiy uslub; 4) publitsistik uslub; 5) badiiy uslub.
Tilning bu funktsional uslublari inson faoliyatining u yoki bu sohasiga mos keluvchi umumxalq adabiy tilining turli xil ko’rinishlaridir. Funktsional uslublarni nomlash va atash ham ularning qanday aloqa doirasida ishlatilganligiga qarab belgilanadi. Chunki bir xil narsa va hodisalar haqlidagi fikrlar turli xil uslublarda birdek bayon qilinmaydi.
Bu fanni o’rganishni asosan o’quvchi egallashi lozim bo’lgan bilim va ko’nikmalar asosan tubandagilardan iborat.
1. Madaniy til va maromli nutq oldiga qo’yilgan asosiy talabni yaxshi bilish.
2. Adabiy tilning uslublarga xos uslubiy belgilar va ijtimoiy vaziyatlar, stsilistik maromlar va tildan ijobiy foydalanishning imkoniyatlari haqidagi nazariy masalalar bilan tanish bo’lish.
3. Matndagi turli xil nuqsonlarni belgilay olish, ularning turini, tabiatini va yuzaga kelish sababini to’g’ri izohlab berishga o’rgatish.
4. Uslubiy tahlil yo’riq va talqinlaridan habardor bo’lish hamda ilmiy ish yuritishga oid malaka hosil qilish.
Uslubiyat belgi-sifatlar til birliklarining barchasida mavjuddir. Fonetik, morfologik, sintaktik va leksik birliklar uslubiyatning ham predmeti hisoblanadi.
Fonetika va uslubiyat: Fonetika nutq organlarining tovush hosil qilish paytidagi harakati va holati- artikulyatsiyani, tovush o’zgarishi qonuniyatlarini, uning intonatsiyasi kabi masalalarni tekshiradi. Fonetik uslub esa tovushlarning bir-biriga bog’lanishinng ekspressiv uslub imkoniyatlarini, xullas nutq tovushlarining tilning ta’sirchan vositasi bo’lib xizmat qila olish usuldlari va qonuniyatlarini o’rganadi.
Fonetik uslub nutqning ta’sirchanligini oshirish vositasi sifatida nutq tovushlarining uslub imkoniyatlaridan foydalanish usullari bilan qiziqadi. Nutq tovush va ohangdan foydalanish, ta’sirchanglikni kuchaytirish turlari xilma-xildir.
Leksikologiya va uslub:leksikologiya tilning Lug’at sostavini, uning tarixiy qatlamlari, boyib borishi va taraqqiyot yo’llarini, so’zning, uning ma’nosini, qo’llanishi va shu kabi masalalarni o’rganadi. Leksik uslub ham lug’at sostavini o’rganadi, lekin uni so’z ishlatish, so’zdan foydalanish qonuniyatlari tomonidan tekshiriladi. Leksik uslub so’z yoki so’z birikmalarining ekspressiv tomonini o’rganadi. Demak, bir xil til xodisasi leksikologiya va uslub tahlilda turlicha yoritiladi. Bu narsa leksikologiya bilan uslubning leksik xodisalarga yondashishdagi pirintsipial farqini ko’rsatadi.
Leksikologiya so’z ma’nosi ko’chishining turli tiplarini ham tekshiradi. Lekin leksikologiya bu xodisalarni til sistemasida mustahkamlanib, qat’iylashib qolganligi jihatidan tekshiradi.
Grammatika va uslub: grammatikaning gapda so’zlarning o’zgarishi va birikishi, so’z shakllari va gap qurilishi kabi xodisalar haqida umumiy qoidalarni belgilab berishi nazarda tutilsa, uning uslub bilan ham aloqador ekani aniq tasavvur qilinadi. ;uslub birinchi galda fikrni ravshan va aniq qilib bera olish uchun grammatika belgilab bergan umumiy qoidalardan qaysi birini qanday holatda qo’llash maqsadga muvofiq bo’lishini belgilab beradi. Gapda fikrni tushunarli ifodalash uchun faqat grammatika qoidalariga rioya qilishning o’zigina kifoya qilmaydi, gapni uslubiy ham to’g’ri tuza olish kerak.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   512   513   514   515   516   517   518   519   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish