Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet26/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

2) gap urg‘usi (yoki mantiqiy urg‘u, ma’no urg‘usi) gap bo‘laklaridan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq ohang bilan aytilishidir. Bu urg‘u, odatda, individual xarakterga ega bo‘lib, so‘zlovchi o‘zicha muhim sanagan so‘zni mantiqiy urg‘u bilan talaffuz qiladi va bu bilan tinglovchining e’tiborini shu bo‘lak bilan ifodalangan ma’noga tortadi, yoki o‘sha bo‘lakning ma’nosini bo‘rttirib, kuchaytirib ko‘rsatadi. Masalan: Ilmda ko‘p narsani bilish – olimlik fazilati. (S.Karomatov) gapida mantiqiy urg‘u quyidagicha tus olishi mumkin: 1) Ilmda (boshqa narsada emas) ko‘p narsani bilish – olimlik fazilati. 2) Ilmda ko‘p narsani (oz narsani emas) bilish – olimlik fazilati. 3) Ilmda ko‘p narsani bilish (bilmaslik emas) – olimlik fazilati. 4) Ilmda ko‘p narsani bilish – olimlik fazilati (boshqalarning fazilati emas). Yozuvda mantiqiy urg‘u olgan bo‘lak kesim oldida keladi.
Urg‘u sifatiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 1) dinamik urg‘u so‘z bo‘g‘inlaridan birining kuchli aytilishi: o‘zbek va rus tili urg‘usi kiradi; 2) musiqail urg‘u so‘z bo‘g‘inlaridan birining balandroq aytilishidir. yapon, xitoy tillari urg‘usi shunday xususiyatga ega.
Takrorlash va mavzuni o`zlashtirilganini tekshirish uchun savollar:
1. Urg‘u nima? Uning qanday turlari bor?
2. Leksik urg‘u nima? Uning qanday turlari bor? Ular o‘zaro qanday farq qiladi?
3. Leksik urg‘uning qanday amaliy ahamiyati bor?
4. Mantiqiy urg‘u nima? U leksik urg‘udan qandy farq qiladi?


5-MAVZU: FONETIK HODISALAR. NUTQ TOVUSHLARINING O‘ZGARISHI
Mavzu rejasi
1.Nutq tovushlarining o`zgarishi va ularning tasnifi haqida ma`lumot.
2. Kombinator o‘zgarishlar.
3.Pozitsion o`zgarishlar.
1-masala bayoni
Har qanday tilda ham tovushlar yozuvda yozilganidek talaffuz qilinavermaydi. Tovushlar kompleksini (tizimini) birga talaffuz qilish natijasida ayrim tovushlar o‘zaro bir-biriga ta’sir qiladi va bu ta’sir tovush o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, yurt so‘ziga o‘rin-payt kelishigi affiksi -da, chiqish kelishigi affiksi –dan qo‘shilganda, so‘z oxiridagi t tovushi affiksdagi d undoshiga ta’sir qilib, uni t tovushiga aylantiradi: yurtQdaqyurtta, yurtQdanqyurttan kabi (yozilishi: yurtda, yurtdan). Bir sanoq soniga dona son affiksi –ta qo‘shilganda, affiksdagi t undoshning ta’siri bilan so‘zning oxiridagi r tovushi t ga o‘tadi: birQtaqbitta kabi.
So‘z tarkibidagi tovushlar nutq jarayonida bir-biriga ta’sir qilmagan holda ham o‘zgarishga uchrashi mumkin. Bunda tovushning so‘z tarkibidagi o‘rni (qanday tartibda joylashganligi); so‘zning boshida yoki oxirida, urg‘uli yo urg‘usiz bo‘g‘inda kelishi muhim rol o‘ynaydi. Masalan, odob, javob, niqob, maktab so‘zlari oxirida kelgan b jarangli undosh talaffuzda jarangsiz p tarzida talaffuz qilinadi; negativ, normativ pozitiv, operativ kabi ruscha-internatsional so‘zlarning oxirida kelgan v jarangli undosh jarangsiz f tarzida; voleybol, olimpiada kabi ruscha-internatsional so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inida kelgan o unlisi esa a tarzida talaffuz qilinadi: valeybol, alimpiada. Bunday hodisalarning sodir bo‘lishiga nutqda ixchamlikka intilish, bo‘g‘inda urg‘uning tushishi yoki tushmay qolishi, shoshilib talaffuz qilish, boshqa tillardan o‘tgan so‘zlarni talaffuz qilishdagi qiyinchiliklar sabab bo‘lishi mumkin.
Demak, nutq tovushlarining o‘zgarishi ikki turga bo‘linadi.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish