Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet141/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Kompozitsiya usuli bilan yasalgan sifatlar
Bu usul bilan: qimmatbaho, shalpangquloq, xomxayol, sheryurak, qo’yko’z, umumxalq, tinchliksevar, soddadil, kamgap kabi qo’shma sifatlar yasaladi kabi.
Adektivatsiya
Boshqa so’z turkumlarida bo’lgani kabi sifatlarda ham o’zga turkumlarga oid leksemalarning sifatlashishi mavjud: olov qiz (ot so’z sifat kabi anglashilyapti).
3-asosiy savol: Fe’l yasalishi.
3-savol bayoni:
Fe’l so’zlarning yasalishi haqida, boshqa turkumlardagi yasalishlar haqida bo’lgani kabi tilshunos olimlar qarashlarida qarama-qarshi nuqtai nazarlar bayon etilgan.
Jumladan, ulardan bir gruppasi etakchi va ko’makchi fe’llarning birikuvidan tarkib topgan "o’qib chiqmoq" , "kela boshlamoq" kabi analitik formalarni qo’shma fe’llar deb hisoblasa, ikkinchi gruppa olimlar bu kabi birikuvdan tarkib topgan formalarni qo’shma fe’llarga kiritmaydi.
Darhaqiqat, prof. A.Hojiev aytmoqchi, ravishdosh va ko’makchi fe’l birikuvlaridan "o’z xususiyatlariga ko’ra qo’shma fe’llardan ham, so’z birikmalaridan ham farq qiladigan " o’ziga xos leksik formalar maydonga keladi - so’zning analitik formalari maydonga keladi. Bu tip birikuvlardan yangi leksik birlik maydonga kelmaydi. Qo’shma fe’lda esa fe’l bo’lmagan so’zlarning fe’l bilan yoki birdan ortiq fe’lning o’zaro birikuvidan hosil bo’luvchi yangi ma’noli yangi leksik birlik nazarda tutiladi.
Shuningdek, fe’llar yasalishining semantik va transpozitsion usullari haqida adabiyotlarda deyarli ma’lumotlar uchramaydi. Vaholanki, semantik usul bilan yangi ma’nolar tug’ilishi o’zbek tilida affikslar vositasida fe’llar yasashdan keyin(mahsuldorligiga ko’ra)gi o’rinda, kompozitsion usul bilan fe’l yasashdan oldingi o’rinda turadi. M: o’zbek tilidagi istagan mustaqil fe’lni olib uni ikkinchi ko’chma ma’noda qo’llash mumkin. M: "ber" va "ket" fe’llarini olib ko’raylik. Ma’lumki, bu ikkala so’z ham fe’lning harakat ma’nosini ifodalovchi semantik to’dasiga mansubdir. Biz bu fe’llarni fe’lning boshqa semantik to’dalari maydoniga kiritib qo’llab ko’ramiz: qarzini bermoq (uzmoq, to’lamoq ma’nosida), ko’ngil bermoq ( ko’ngil qo’ymoq, sevmoq - holat fe’li funktsiyasida), suv berdi (suv uzatdi ma’nosida) va boshqalar. Yoki ket fe’li ham ko’makchi fe’l sifatidagi funktsiyasidan tashqari ko’plab ko’chgan ma’nolarda kela oladi: uyiga ketdi (o’z ma’nosida, harakat fe’li) , ichi ketdi (ko’chma ma’noda - "o’tdi" holat fe’li) kabi.
Xullas, shu keltirilgan ikkitagina mustaqil fe’lning bir necha birikuvlaridagi ko’chgan ma’nolari ham fe’l turkumida semantik usul eng mahsuldor ko’rinishlardan biri ekanligidan dalolat berib turibdi.
Transpozitsion usul bilan, ya’ni verbalizatsiya usuli bilan deyarli yangi fe’llar o’zbek tilida yasalmaydi. Bu xususiyat esa o’zbek tili fe’l yasash usulining o’ziga xos tomonlaridan biridir.
O’zbek tilidagi fe’llar tub yoki yasama bo’ladi. Harakatni protsess holida ifodalovchi, so’z yasovchi qo’shimchalarsiz fe’llar tub fe’llar sanaladi. M: yoz, o’qi, kel, ol kabi.
Turli fe’l yasovchi affikslar qo’shilishi bilan yoki birdan ortiq mustaqil ma’noli morfemalarning birikishidan hosil bo’lgan fe’llar yasama fe’l deyiladi. M: so’zla, ishla, oqla, ko’kar, qabul et kabilar. Misollardan ko’rinadiki, yasama fe’llar o’z navbatida sodda va qo’shma fe’llarga bo’linadi.
Sodda yasama fe’llar fe’l yasovchi affikslar (morfologik usul) bilan, qo’shma fe’llar esa kompozitsion usul bilan yasaladi.
Affiksatsiya usuli bilan o’zbek tilida fe’l bo’lmagan so’zlardangina fe’l yasaladi. Bunda fe’l yasovchi sifatida -la, -lan, -lash, -illa,-a,-(a)y, -(a)r, -sira,-(i)k, -i, -t kabi qo’shimchalar ishtirok etadi. Keltirilgan affikslarning yangi ma’noli fe’llar yasash darajasi bir xil emas, ulardan -la affiksi va boshqa ayrimlarining fe’l yasash darajasi juda kengdir. M: -la. Bu affiks vositasida otdan fe’l yasalganda harakatni o’zakda ifodalagan predmet orqali bajarish, unga ega qilish, shu predmetni hosil qilish, yuzaga keltirish kabi ma’nolarni ifodalaydi: so’zla, ishla, gulla, qo’lla, quvvatla, varaqla va b. Umuman, biror qo’shimcha bilan otlardan fe’l yasalayotganda har bir holatda "yasalish asosi" va "yasovchi vosita"ning individual semantik xususiyatidan kelib chiqib izohlash lozim bo’ladi. M: o’t-la, ko’z-la, bog’-la, joy-la kabilar. -La affiksi vositasida sifat va ravishlardan yasalgan fe’llarda asosdan anglashilgan holatga ega qilish, shu holatga kiritish ma’nolari anglatiladi: tekis-la, silliq-la, tez-la, toza-la va b. - La affiksi undov asosdan fe’l yasaganda shu undovga xos his-hayajon yoki buyruq-istak, murojaat kabi ma’nolar bajarilishi ifodalanadi: M: dod-la, chuh-la, kisht-la va b. -La affiksi vositasida taqlid so’zlardan fe’llar yasalganda, taqlid so’z anglatgan tovush yoki holatning yuz berishi ma’nosi anglashiladi: lapanglamoq, shitirlamoq, gumburlamoq.-Lan va -lash affikslari ot, sifat va ravishlardan fe’l yasaydi: jonlanmoq, achchiqlanmoq, afsuslanmoq, suhbatlashmoq, fikrlashmoq va b. -a affiksi ot, sifat va taqlid so’zlardan fe’l yasaydi: qonamoq, bo’shamoq, gulduramoq. -(a)y sifat va ravishlardan sanoqli fe’l yasaydi: pasaymoq, qoraymoq, toraymoq, kengaymoq kabilar. -(a)r affiksi ayrim sifatlardangina fe’l yasaydi: oqarmoq, eskirmoq kabi. -sira affiksi otlar va sen, siz olmoshlaridan fe’l yasaydi: suvsira, tuzsira, sensira, sizsira kabilar.
Hozirgi o’zbek tilida kelib chiqishi yasama fe’l (etimologik yasalmalar N. Mamatov) bo’lgan, lekin sinxronik planda morfemalarga ajratib bo’lmaydigan (motivi topilmaydigan) leksemalar ham borki, ularni yasama fe’llar qatoriga kiritib bo’lmaydi. M: baqirmoq, qichqirmoq, yumshamoq, qaynamoq, izg’imoq kabilar.
Hozirgi o’zbek tilidagi harakatning takroriyligini, kuchli yoki kuchsiz darajasini ko’rsatuvchi -kila, -gila, -qila, -g’ila, -inqira kabi affikslar yangi ma’noli fe’llar yasamay, balki fe’lning modal ma’noli formalarini yasashga xizmat qiladi.



Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish