Kompozitsion usul bilan ot yasash:
I. Qo’shma otlar: ikki yoki undan ortiq leksemalar birikishidan yasaladi:
«ot - ot»: qo’lqop, belbog’ va b.
«sifat - ot»: oqsoqol, ko’kqarg’a, qizilishton kabi.
«ot - fe’l»: beshiktervatar, o’rinbosar kabi.
«son - ot»: qirqquloq, uchburchak kabi.
II. Juft otlar: idish-tovoq, gap-so’z, asbob-uskuna kabi.
Transpozitsiya usuli bilan ot yasash
(Substantivatsiya)
Boshqa turkum (ko’proq sifat)ga oid so’zlar o’rni bilan nutqda (matnda) ot turkumiga o’tib, otlik vazifasini bajarib keladi. Lekin bu so’zlar batamom turkumini o’zgartirib yubormaydi, faqat shu sintaktik qurshovdagina yasalish jarayoni ta’sirida bo’lib, yangi sema hosil qiladi.
Tilimizda quyidagi turkumlarga oid so’zlar otlashadi:
Sifat otlashadi: Mol olasi tashida, odam olasi ichida. qizili qirda qoldi, sarig’i soyda. Kar eshitganini, ko’r tutganini qo’ymas; Go’zal, Dono, qoraboy, Nozik, Malla; Cho’loq, ko’r, kal, naynov, qiyshiq, semiz, tajang.
Son so’zlar otlashadi: Birniki mingga, mingniki tumanga. To’rt ikkiga kasrsiz bo’linadi. Oltovlan ola bo’lsa, og’zidagini oldirar.
Ravish otlashadi: Ko’pi ketib, ozi qoldi.
Ko’p so’zning ozi, oz so’zning o’zi yaxshi.
Sifatdosh otlashadi: Suymaganga suykalma. Uqmasga o’rgatma.
Modal so’zlar otlashadi: Bor so’zlaydi, yo’q o’ylaydi.
Taqlid so’zlar otlashadi: Qars ikki qo’ldan chiqadi. Onaning g’idi - bidisi jonga tegdi.
Shuningdek, fe’l, yordamchi so’zlar ham otlashishi mumkin. Lekin otlashgan har qanday holatda ham yangi sema - demak yangi ma’no tug’ilaveradi deb tushunilmasligi kerak.
2-asosiy savol: Sifat yasalishi.
Ot so’zlar yasalishidagi singari sifatlar ham affiksatsiya usuli bilan ko’plab yasaladi. Bunda sifat yasovchi vazifasida quyidagi affikslar keladi:
-li: eng sermahsul sifat yasovchi bo’lib, u otlardan ko’plab turli-tuman ma’nolardagi sifatlar yasaydi: diyonatli, do’ppili, maslahatli, uyli, joyli va b.
dor: yarador, qarzdor, unumdor.
mand: kasalmand, davlatmand, orzumand.
kor: ehtiyotkor, fidokor.
siz: aqlsiz, rangsiz.
chan: ishchan, o’ychan.
choq(-chik, - chak): o’yinchoq, erinchak, maqtanchoq.
qoq(-g’oq): qochqoq, yopishqoq, urishqoq, toyg’oq.
gir(-kir,-qir,-g’ir): sezgir, keskir, olg’ir, topqir.
ag’on: bilag’on, topag’on, chopag’on kabi.
mon: bilarmon, o’larmon kabi.
ki(-qi): sayroqi, yig’loqi, o’ynoqi,chillaki.
k(-q,-g’): chirik, o’lik, yumshoq kabi.
kin, -qin, -g’in: keskin, toshqin, qizg’in kabi.
ma: qo’shma, ko’chma, sayratma.
ildoq: shaqildoq, liqildoq.
Bulardan tashqari -bon, xush-, ba-, be-, no- kabi affikslar ko’plab sifat so’zlar yasashda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |