Guliston davlat universiteti fakulteti yo’nalishi guruh kurs ishi Mavzu



Download 208,42 Kb.
bet1/3
Sana23.06.2022
Hajmi208,42 Kb.
#695344
  1   2   3
Bog'liq
kurs ishi (2)



GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI ________________ FAKULTETI
____________ YO’NALISHI
___ GURUH




Kurs ishi

Mavzu: ________________________________________
______________________________________________
Bajardi: ______________
Qabul qildi: ___________

Gulistan – 2022

Reja:


I-bob. Yangi davr arafasida Bolqon mamlakatlari. Davlatchilik
1 &. Bolqon mamlakatlari siyosiy tuzumining o’ziga xosligi
2&.Bolqon xalqlarining tashqi ahvoli
II-bob.Bolqon xalqlarining tarqaqqiyotidagi qarshiliklari
1 &.Bolqon xalqlarining ijtimoiy iqtisodiy xayoti
2&.Bolqon xalqlarining mustaqillik kurash yo’lida.
Xulosa

Kirish

Bolqon yarim oroli xalqlarining XIX asr so‘nggi choragidagi taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari milliy-ozodlik kurashlarining keskin va murosasiz tarda o‘tganligi 60-70 yillarda uzoq davom etgan “SHarqiy inqiroz”, milliy mustaqil davlatlarning vujudga kelishi va kapitalistik taraqqiyot shaklarining turlicha ekanligi, Evropaning rivojlangan davlatlarining xom ashyo va sanoat mollari sotiladigan bozori bo‘lib qolganligi kabi omillar bilan xarakterlanadi. 70-yillarda Bolgarlar, Makedoniyaliklar, Bosniya va gersogovinaliklar, usmoniylar imperiyasi qo‘l ostida bo‘lsa, xorvatlar, slovelar va voevodinaliklar Gabsburglar imperiyasi qo‘l ostida edi. Serbiya, Rumiyaniya ichki avtonomiyaga CHernogoriya rasman turk sultoniga qarm bo‘lsada amalda Turkiyaga bo‘ynsunmasdi. Faqatgina Gretsiya davlati rasman mustaqil edi. SHu sababli XIX asrning so‘nggida Bolqon xalqlarining milliy ozodlikka erishuvi tarixiy vazifa bo‘lib turardi.



Krit orolida antiturk qo‘zg‘oloni (1866-1869 yy) Bolgariyada qo‘zg‘olon ko‘tarilishiga turtki bo‘ldi. 70-yillarda bolgarlarning qattiq kurashlari ularni o‘z cherkovlarini mustaqilligini ta’minlab berdi. Turkiya bolgarlarning alohida ekzarxiya iuziga ruxsat bersada, u Konstantinopoldagi patriarxga bo‘ynsunishi lozim edi. 60-yillarda chetniklar harakatining yakson etilishi (1868 yili Hoji Dmitr va Stefan Karaji) partizan kurashlarining yakunlanganligini anglatar va kurashning yangi usullariga o‘tish lozimligini ko‘rsatgandi. 70-yillarda milliy ozodlik haakatlariga Bolgariya markaziy inqilobiy komiteti (BMIK) rahbarlik qiladi. Uning dasturida turk zulmini tugatish va Dunay federatsiyasini tuzish kiritilgandi. Komitetning 1872 yili Buxarestda bo‘lib o‘tgan se’zdida rahbar sifatida Lyuben Karavelov va ichki inqilobiy tashkilot rahbari qilib Vasil Levskiy saylanadilar. Bolagriyada inqilobiy komitetlarning o‘rtasidagi kelishmovchiliklar 1872 yilda V.Levskiyning fojiali o‘ldirilishi bilan yakunlanadi. BMIK a’zolarini ommaviy ravishda qamoqqa olish ishlari boshlanib ketadi. L.Karavelov esa, BMIK dan ketib, ma’rifatparvarlik faoliyati bilan shug‘ullanishni boshlaydi. 1874 yilda Bolgariya vaqtli inqilobiy komiteti tuziladi. Unga demokrat va utopik sotsialist Xristo Botev alohida ajralib turardi.
Serbiya knyazligini 1860-68 yillarda Mixail Obrenovich boshqardi. Bu davrda knyazlik tashqi siyosatda bir qator muvoffaqiyatlarga erishdi. Obrenovich Bolqon yarim oroli markazida Serbiya boshchiligida kuchli davlat tuzishga va boshqa Bolqon xalqlari bilan hamkorlikda milliy ozodlik kurashi boshlashga tayyorgarlik ko‘radi. 1867 yilda Obrenovich Avstriyaning Prusiyadan mag‘lubiyatga uchragani va Krit qo‘zg‘oloni, Rossiya diplomatiyasi yordami bilan 4 ta turk qal’asi (Belgrad bilan birgalikda) va unga tutash erlarni Serbiyaga qo‘shib olishga muvoffaq bo‘ladi.SHu bilan bir qatorda Bolqon ittifoqini shakllantirishga ham urinish sodir bo‘ldi. 1866 yilda CHernogoriya bilan harbiy ittifoq tuzilgan bo‘lsa, bir yil o‘tib Gretsiya bilan ham kelishuvga erishiladi. Bolgarlarning “YAxshi kishilar drujinasi” deb ataluvchi jamiyati bilan ham kelishuv imzolanadi. 1868 yilda Ruminiya bilan kelishuv imzolanib, Rossiyadan Serbiyaga erkin qurol olib kelishga ruxsat olinadi. Ammo, harbiy xarajatlarning oshirilishi, soliq siyosatidan norozilik, Turkiya tomonidan norozilik Serbiyada fitna tashkil etilishiga va knyaz Mixail Obrenovichni o‘ldirilishi bilan yakunlanadi. 1868 1889 yillarda taxtga avvalgi knyazning jiyani Milan Obrenovich o‘tqaziladi. 1869 yili Serb xalqi skupshinasi chaqiriladi va konstitutsiya ishlab chiqariladi. YAngi konstitutsiya Serbiyani monarxiya deb e’lon qiladi. Qonun chiqaruvchi organ knyaz va skupshina o‘rtasida taqsimlanadi. Unga ko‘ra, knyaz deputatlarning chorak qismini tayinlasa, qolganlari saylanishi lozim edi. Skupshina tez oradi knyaz siyosatiga qarshi chiqa boshlaydi. Buning natijasida knyaz liberallar hokimiyatdan tushirib, skupshinani tarqatib yuboradi. Hokimiyatga konservatorlar keladi. SHu vaqtda Bolqon ittifoqi ham tarqalib ketadi.
Ruminiya knyazligi. 1866 yilda Ruminiyada qabul qilingan konstitutsiyaga ko‘ra, qirol (Karl Gogensollern) katta vakolatlarga ega bo‘ldi. U ikki palatali parlamentni tarqatib yuborish, qonunlar chiqarish, vazirlarni tayinlash va vazifasidan ozod qilish, armiya bosh qo‘mondoni vakolatlariga ega edi. Agrar reformaga qaramasdan yirik magnatlar o‘zlariga qarashli erlarning 80% ni saqlab qolishga muvofaq bo‘ldilar. Er egaligida feodal sarqitlar kuchli saqlanib qolmoqda edi. 70-yillarda yirik er egalalri mamlakat siyosiy hayotidagi muhim masalalarni hal etishda faol ishtirok etardilar. Ruminiyada Germaniya va Avstro-Vengriyaning kuchli ta’siri mavjud bo‘lib, 1875 yilgi SHarqiy inqiroz davrida ularning talabi bilan ruminiya betaraf turdi. Davlat qarzi ham oshib brib 1875 yilda davlat byudjetidan 5 barobar ortiq qarzdorlik mavjud edi.
CHernogoriya 1852 yilda dunyoviy davlatga aylanishi bilan qabilalarning konsolidatsiyasi tezlashdi. Knyaz Nikolay (1860-1918 yy) janubiy slavyanlarning milliy ozodlik harakatlarini qo‘llab-quvvatladi. Ayniqsa, qo‘shni Gersogovinani qo‘lladi. Bu erda voevoda Luka Vukalovich uzoq vaqt turklarga qarshi kurash olib borgandi. 1866 yilda Serbiya bilan ittifoq tuziladi. Unga ko‘ra, knyaz Nikolay agar ozodlik kurashi muvoffaqiyatli chiqsa, obrenovichlar foydasiga taxtdan voz kechishga ham rozi ekanligini bildiradi.

Xorvatlar, slovenlar Va voevodalik serblar. Avstriyaning prusiyadan 1866 yili mag‘lubiyatga uchrashi Avstriya hukumatining Vengriya hukmron doiralari bilan kelishuvini tezlashtirdi. Bu esa imperiyaning bo‘linib ketishini oldini olardi. 1867 yildan davlat Avstriya-vengriya deb atala boshlandi. Ushbu davlat tarkibiga kiruvchi slavyan erlari ham ikkiga bo‘lindi. Xorvatiya va Voevodina Vengriya tarkibidagi hudud, sloveniya, Istriya va Dalmatsiyaning katta qismi Avstriya tarkibida deb e’lon qilindi.


Vengriya hukmron doiralari katta qiyinchiliklar bilan Xorvatiyani o‘z qo‘llarida ushlab qolishga muvoffaq bo‘ladilar. 1868 yilda Xorvatiya ilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, iqtisodiy va siyosiy jihatdan Vengriyaga bo‘ynsunuvchi Xorvatiya cheklangan avtonomiya huquqini qo‘lga kiritadi. Ta’lim va sud ishlari xorvat tilida olib borilishiga kelishiladi. Ammo, bu qaror ayrim guruhlarning noroziligiga sabab bo‘ladi. Jumladan, “Pravashi” (adolat partiyasi) qattiq noroziligini bildiradi 1971 yilda ushbu partiya etakchilaridan bir E.Kvaternik qo‘zg‘olon ham ko‘taradi.
Sloveniyada avstriya zulmiga qarshi kurash taborlarda (xalq yig‘inlari) ko‘tarilib, sloven tilida so‘zlashuvchilarni yagona davlat atrofida birlashtirish, soliqlarni kamaytirish masalalari ko‘rib chiqila boshlaydi. Voevodinada vengrlar zulmiga qarshi harakatga liberal partiyasi 60-70 yillarda S.Miletich boshchiligida kurash olib bordi. U muharrirlik qilgan “Zastava” (Bayroq) gazetasi slavyanlarning milliy ozodligi uchun kurashni har tomonlama qo‘llab-quvvatlardi. Bosniya va Gersogovina. Usmoniylar imperiyasining Evropa qit’sidagi mulklari ichida eng qoloq o‘lka hisoblangan Bosniya va Gersogovinada feodal tartiblar bir qadar kuchli saqlanib qolingandi. Bu erda kmetchina deb ataluvchi pomeshchikdan ijaraga er olish tartibi krepostnoylikning asosiy ko‘rinishlaridan biri edi. SHarqiy inqiroz. Bolqon yarim oroli xalqlarining milliy ozodlik kurashlari
XIX asrning 70-yillarida sodir bo‘lgan SHarqiy inqirozi Evropa davlatlarining shu davrdagi eng yirik siyosiy krizislaridan biri edi. Siyosiy kurash Bosniya va Gersogovinada 1875 yili boshlanadi. 1874 yilda ushbu o‘lkalarda qurg‘oqchilik va hosilsizlik bo‘ladi. SHunga qaramay Turkiya hukumati soliqni 25% ga oshiradi. Nevesinda boshlagan qo‘zg‘olon butun o‘lka bo‘ylab tarqaladi. Serbiya va CHernogoriya bu qo‘zg‘olonga butun Bolqon ahamiyatini berishga urinadi. 1876 yilda Bolgariyada qo‘zg‘olon ko‘tariladi va mag‘lubiyatga uchraydi. Aprel qo‘zg‘oloni Xristo Botev boshchiligidagi 200 kishidan iborat qurollangan kishilarning SHimoliy Bolgariyaga tushishi qo‘zg‘olonni yangidan avj olishiga sabab bo‘ldi. Bu harakat ham bostirilib, X.Botev o‘ldiriladi. Qo‘zg‘olonni bostirish jarayonida 30 ming bolgarlar qirg‘in qilinadi.

1876 yil iyunida Serbiya va CHernogoriya o‘zaro harbiy ittifoq tuzadilarva turkiyaga urush e’lon qiladilar. Serblar engiladilar. Ularning armiyasida 5 ming kishidan iborat rus ko‘ngillilar ham bor edi. 1877 yil boshlarida Rossiya vositachiligida urushdan avvalgi chegaralar saqlanib qolingan holda sulh tuziladi. 1876 yil dekabrda Konstantinopolda buyuk davlatlarning konferensiyasi bo‘lib o‘tib, Bosniya va Gersogovina, Bolgariyaga avtonomiya berishni Turkiya bajarishdan bosh tortadi. Bu esa Rossiyaning urushga kirishga sabab bo‘ldi. Avstro-Vengriyaning betarafligini Bosniya va Gersogovina evaziga qo‘lga kiritgan Rossiya 1877 yil 12 aprelda Turkiyaga urush e’lon qiladi.


Ruminiyada 1876 yilda hokimiyat tepasiga kelgan Liberallar partiyasi asta-sekin neytralit va undan Rossiya bilan yaqinlashish yo‘lidan bordi. 1877 yilda Ruminiya bilan Rossiya o‘rtasida kelishuvga ko‘ra, Rus armiyasi Ruminiya hududidan o‘tishi ta’minlandi. May oyida Ruminiya Turkiyadan to‘liq mustaqil ekanligini e’lon qilgan bo‘lsa, iyun oyida Turkiyaga urush e’lon qiladi. 1 dekbrda esa, serbiya ham urushga qo‘shiladi. 1878 yil 19 fevralda Konstantinopol yaqinidagi San-Stefano qishlog‘ida sulh tuziladi. Unga ko‘ra, Bolgariya Bolqon yarim orolidagi yirik davlatga aylandi. Makedoniya ham uning tarkibiga kirib, Egey dengiziga ham chiqish imkoniga ega bo‘ldi. Serbiya va chernogoriya ham to‘liq mustaqil deb e’lon qilinib ularning hududlari birmuncha kengaydi. Bosniya va Gersogovina esa, Xristian gubernatorga ega avtonom hudud deb tan olinadi.
Angliya, Avstro-Vengriya davlatlari Rossiyaning Bolqondagi ta’siri o‘sishidan qo‘rqib, San-Stefano shartnomasini qayta ko‘rib chiqishni ialab qiladilar. Bismarkning tashabbusi bilan 1878 yilning 1 iyulida Berlinda xalqaro konferensiya chaqiriladi. bolgariya davlatining janubiy qismlari tortib olinib, Turkiyaga SHarqiy Rumeliya nomi ostida avtonomiya huquqi bilan qaytariladi. Makedoniya to‘liq Turkiya hukmronligiga qaytariladi. Avstro-Vengriya esa, Bosniya va Gersogovinani no’ma’lum muddatga okkupatsiya qilishga, u erda islohotlar o‘tkazish huquqini oladi. CHernogoriya, Ruminiya, Serbiyaning milliy mustaqilligini Berlin konferensiyasi e’tirof etadi. Berlin konferensiyasi qarorlari, Bolqon yarim oroli xalqlarining milliy ozodlik kurashlariga qarshi kuchli zarba bo‘ldi. Bolgariya hududlarining bir qismini Turkiyaga qaytarilishi, Bosniya va Gersogovinaning okkupatsiya qilinishi, Makedoniya va Novi-Pazar sanjoqligining Turkiyaga to‘liq qaytarilishi Bolqon xalqlarining tarixiy vazifasini amalga oshira olmaganligini, milliy mustaqillikni qo‘lga kirita olmaganligini ko‘rsatadi. XIX asrning so‘nggi o‘n yilliklarida bolqon yarim oroli davlatlari taraqqiyoti masalalari.
Bolgariya. Berlin konferensiyasi qarorlariga ko‘ra, Bolgariya davlatining mahalliy boshqaruvi shakllanganga qadar 10 oy muddatda Rossiyaning vaqtincha boshqaruvi saqlab qolinishi ko‘zda tutilgandi. Bu vaqt davomida rossiya boshqaruvi, mahalliy fuqaroviy boshqaruvni, Bolgar milliy armiyasini shakllantirishi, Bolgariya knyazligi konstitutsiyasini ishlashga ko‘maklashishi lozim edi. 1879 yil fevralda Tirnovo shahrida ta’sis majlisi ish boshlaydi. 16 fevralda majlis Tironovo konstitutsiyasi deb nomlangan Bolgariya konstitutsiyasini qabul qiladi. Bolgariya knyazligi sulolaviy monarxiya deb e’lon qilinadi. Ammo, buyuk xalq yig‘ilishi (parlament) qonun chiqarish huquqini saqlab qoladi. Konstitutsiyaga ko‘ra, xususiy mulk daxlsizligi, liberal burjuaziya erkinliklari, 21 yoshga to‘lgan erkaklarga umumiy saylov huquqini berardi. Konstitutsiya qabul qilingandan bir kun o‘tib, buyuk xalq yig‘ilishi nemis shahzodasi Aleksandr Battenbergni Bolgariya knyazi etib saylaydi. Turkiya qo‘l ostidagi sharqiy Rumeliyada general-gubernator boshqaruvi joriy qilinib, turk sultoni tayinlagan xristian diniga mansub shaxs bu mansabga o‘tirishi kelishilgandi.
Tirnovo yig‘ilishlarida Bolgariya siyosiy hayotida bundan keyin muhim rol o‘ynaydigan ikki partiya liberal (mayda burjuaziya manfaatlarini himoya qiladi) va konservatorlar (oliy ruhoniylar, yirik savdogarlar va boy er egalari manfaatlarini ifodalaydi) partiyalari ham shakllanadi. Parlamentda liberallarning ko‘pligiga qaramasdan Knyaz A.Battenberg konservaorlarga tayanib ish ko‘ra boshlaydi. bundan uning ko‘zlagan maqsadi knyaz hokimiyatini cheklovchi konstitutsiyani bekor qilishga erishish edi. 1881 yil 27 oktyabrda davlat to‘ntarishi bo‘lib, konstitutsiya bekor qilinadi, liberallar ta’qib ostiga olinadi. Bolgariyaning Rossiya bilan munosabatlari yomonlashadi. 1885 yilda esa, SHarqiy Rumeliyada qo‘zg‘olon bo‘lib, Rumeliya Bolgariya bilan qo‘shilganini e’lon qiladi. knyaz Battenberg qo‘shinlarni janubga yo‘naltiradi. Rossiya to‘ntarishni tan olmaydi va Bolgariyadagi o‘z ofitserlarini chaqirib oladi. SHu vaqtda Serbiya knyazi Milan Obrenovich Bolgariyaning mavqei pasayib ketganidan foydalanishga urinib ko‘radi. Slivnitsa degan joydagi to‘qnashuvda serblar mag‘lub etiladi. 1886 yil Buxarestda avvalgi chegaralarni tiklash to‘g‘risida sulh imzolanadi.
Bolgariyada 1886 yil avgust kuni davlat to‘ntarishi bo‘lib, harbiylar A.Battenbergni asirga oladilar va mamlakatdan chiqarib yuboradilar. Ammo, rusofillarga qarshi Avstro-Vengriya tarafdorlari Stefan Stambolov boshchiligida kontrto‘ntarish o‘tkazib, mamlakatda diktatura o‘rnatadilar. 1887 yilda Vena hukdor doiralari ko‘rsatmasiga binoat Bolgariya knyazi sifatida taxtga nemis shahzodasi Ferdinand Koburgskiy o‘tqaziladi. Koburgskiy sekin-astalik ilan stefan Stambolov hokimiyatini cheklab boradi. 1894 yilda uni istefosini olishga erishadi. 1886 yilda Rossiya bilan uzilib qolgan diplomatik aloqalarni tiklaydi.
Iqtisodiy jihatdan Bolgar knyazligi qoloq, agrar davlat edi. milliy mustaqillikni qo‘lga kiritish jarayonida feodal tartiblar ham bekor qilinadi. 1897 yilgi ma’lumotlarda 5 ga erga ega aholi mamlakatni 50% ni tashkil etgan. Bu esa, umumiy ekiladigan erlarning 25% ga ular egalik qilganligini ko‘rsatadi. 10 ga va undan ortiq erga ega bo‘lgan aholi umumiy aholining 1/5 ni tashkil etib, ekiladigan umumiy er maydonining yarmidan ortiqrog‘ini qo‘lida tutib turgan. XIX asrning so‘nggida ham Bolgariyada hunarmandchilik ustun mavqega ega edi.

Serbiya. 1878 yilda to‘liq mustaqillikni qo‘lga kiritgan Serbiya iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotda Avstro-Vengriyaga qaramligi ortib boraverdi. 1881 yilda milan Obrenoviya maxfiy ravishda Avstro-Vengriya bilan konvensiya imzolaydi. Unga ko‘ra, Serbiya Avstro-Vengriya roziligisiz biror davlat bilan diplomatik aloqalar olib bormasligi lozim edi. Bu esa, Rossiya bilan munosabatlarni yomonlashuvini anglatardi. 1882 yilda Obrenovich Serbiyani qirollik, o‘zini esa, qirol deb e’lon qiladi. mamlakatda ikki partiya Liberallar (Avstriyaparastlar) va prednyaskiy (taraqqiyot) (Rossiyaparast) pariyalar 1881 yilda shakllanib bo‘lgandi. 60-70 yillarda tuzilgan radikal partiya mamlakatda eng katta ta’sirga ega edi. etakchisi Nikola Pashich bo‘lgan va mayda burjuaziya manfaatlarini ifodalovchi bu partiya Bolqon xalqlarini Rosiya homiyligi ostida yagona ittifoqqa irlashishni targ‘ib qilardi. 1883 yilda Serbiya sharqidagi Timok okrugida qo‘zg‘olon bo‘lib, unga sabab qirolning aholi qo‘lidan qurollarni olish haqidagi buyrug‘i bahona bo‘ladi. Urushdan vayron bo‘lgan, aholini ocharchilik xavfi tark etmagan bir vaqtda bu qaror qo‘zg‘olona bahona bo‘lib xizmat qildi. 1885 yilda bolgariya bilan muvoffaqiyatsiz urush Obrenovichlar sulolasini obro‘sini butunlay tushirib yuboradi. sulolani saqlab qolish maqsadida Milan o‘zining voyaga etmagan o‘g‘li Aleksandr foydasiga taxtdan voz kechadi. Sulolani saqlab qolish uchun Obrenoviya mamlakatdagi eng ta’sirli bo‘lgan Radikalar partiyasi bilan kelishadi. ular boshchiligida hukumat tuzish va liberal islohotlarga yo‘l ochish evaziga sulolani saqlab qolishga kelishiladi.


1888 yilda qabul qilingan konstitutsiya, Serbiyani parlamentar monarxiya deb e’lon qiladi. Mamlakatda birinchi bor hukumatni Parlament oldida hisobot berishiga erishiladi. 1893 yilda korol Aleksandr voyaga etganini e’lon qilib, hokimiyat boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi. bir yil o‘tib, 1888 yilgi konstitutsiya 1869 yilgi konstitutsiya bilan almashtiriladi. 1899 yilda korolning otasi Milan hayotiga suiqasd qilinishi bilan mamlakatda repressiya avj oldiriladi. saroy fitnalari 1903 yilga qadar davom etadi.

Serbiya iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi asosiy o‘rinda turardi. Hatto, 1900 yili ham mamlakatning 50% aholi band edi. shu bilan bir qatorda XIX asrning so‘nggi choragida shahar aholisi uch martadan ko‘proq o‘sdi. Sinfiy diferensiatsiya kuchaydi. masalan, asrning so‘nggi sakiz yilida, 10 ga va undan ortiq er maydoni mavjud shaxslar 4 barobar ko‘paygani holda 5 ga erga egalik qiluvchilar 20% ga kamayib ketadi. 11% dehqonlar ersiz bo‘lib, yana shunchasi 1 ga erga egalik qilardi. Serb qishloqlari qashshoqlashib bordi. 1900 yilgi ma’lmotlarda 14 ming dehqon xususiy shaxslar, davlatdan olingan qarz evaziga erlaridan mahrum bo‘lganligi qayd etilgan. XIX asr so‘nggida mamlakatda 28 ta ishlab chiqaruvchi korxona mavjud bo‘lib, ularda 3 ming ishchi ishlagan. 1900 yilda mamlakatda 135 turdagi hunarmandchilik bo‘lib, unda 33 minghunarmand va 20 ming shchi ishlagan. 1878 yilda yagona pul birligi dinor qabul qilinadi. SHu yili emission ban va Belgrad savdo birjasi tashkil etiladi. 1884 yilda bergrad-Nish temir yo‘li quriladi. Bular savdo va ichki bozorni rivojlanishiga turtki bo‘ladi. 1900 yilgi statistikaga ko‘ra, serbiyada 7 ming savdogar va ularning 8 mingdan ortiqroq yordamchilari va xizmatchilari bor edi.


Ruminiya. Ruminiya davlati mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng Avstro-Vengriya bilan yaqinlashish yo‘lidan bordi. 1881 yilda maxfiy kelishuv imzolanadi va Ruminiya uchlar ittifoqi ta’siriga tushib qoladi. Mamlakatda Avstro-Vengriya, germaniya imperialistlarining moliyaviy, iqtisodiy mavqei o‘sdi. 1888 yilda mamlakatda qo‘zg‘olonlar bo‘lib, dehqonlar, erlarni teng taqsimlash, nohaq to‘lov va majburiyatlarni, qarzlarni bekor qilishni talab qiladilar.
1893 yilda Buxarestda Ruminiya sotsial-demokratik partiya tashkil etiladi. ammo, partiya ichida inqilobchilar va islohotchilar o‘rtasidagi nifoq, XX asr boshida partiyani deyarli tarqalib ketishiga sabab bo‘ladi Liberallar partiyasi 12 yil mobaynida hukumatni boshqarishi natijasida (I.Bratianu) sanoatni rivojlantirishga qaratilgan qator qonunlar qabul qiladi. Neft ishlab chiqarish Rumin sanoatining muhim tarmog‘iga aylanadi. XIXasrning so‘nggi 20 yilida neft qazib chiqarish 15 martaga ko‘payadi. CHet el kapitali XIX asr oxirida Ruminiyadagi 4/5 qism oksionerlik jamiyatining kapitaliga egalik qilardi. Dehqonlarning xonavayron bo‘lishi davom etib borib, XX asr boshlaridagi statistikaga ko‘ra, mamlakatdagi dehqonlarning chorak qismi ersiz edi. 25% dehqonlar esa 2 ga va undan kam erga egalik qilardi. 1500 yirik pomeshchiklar esa, 600 ming mayda dehqon xo‘jaliklari bilan solishtirganda 1,5 barobar ko‘p erga egalik qilardilar.
CHernogoriya. CHernogoriya hududi mustaqillikni qo‘lga kiriish arafasida 2 barobar ko‘paydi. Podgoritsa, Nikshich, Kolashin shaharlari, Adriatika dengizi bo‘yidagi Bar, Ulsinlarni ham o‘ziga qo‘shib olad. Berlin konferensiyasi qarorlariga ko‘ra qirg‘oqbo‘yida Avvstro-Vengriyaning politsiya va sanitar xizmati nazorati o‘rnatiladi. CHernogoriya va Serbiyani birlashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Avstro-Vengriya ikki mamlakat o‘rtasidagi turkiya qo‘l ostida qoldirilgan Novi-Pazar sanjoqligini okupqsiya qilib oladi. CHernogoriyada uzumchilik, tamaki etishtirish, tut daraxti etishtirish rivojlana boshlaydi. ammo, er etishmasligi sababli, har yili CHernogoriyani minglab qishilar tashlab ketardi. Bir qator shaharlarning qo‘shib olinishi CHernogoriyada shahar hayoti va ishlab chiqarishning vujudga kelishiga turtki bo‘ldi. daraxt kesish va uni qayta ishlash korxonalari, piva ishlab chiqarish rivojlandi. Burjuaziyaning shakllanishi bir qadar kech bo‘lib, savdogarlar, amaldorlar va boy er egalari burzuaziya sinfini shakllantira boshladilar. Ayrim qabila oqsoqollarining o‘z mablag‘larini ishlab chiqarishga tikishi, ularning ham burjuaziyalashuviga olib kela boshladi. 1878 yildan boshlab mamlakatda uzoq vaqt tinchlik o‘rnatilishi qator islohotlarni amalga oshirish imkonini berdi. knyaz Nikolay (1860-1918 yy) cheklanmagan hokimiyatga ega edi. qonun chiqaruvchi organ davlat kengashi bo‘lib, ular knyaz tayinlagan 8 kishidan iborat bo‘lardi. 1879 yilda knyaz tayinlagan hukumat mamlakatni o‘zgarishsiz 28 yil boshqardi. ma’muriy jihatdan mamlakat 10 ta okrugga bo‘linadi. okruglar esa kapitaneylarga bo‘linib, ularning har birida knyaz tayinlagan amaldor turgan. ular fuqaro va sud ishlarini boshqarardi. Armiya rus armiyasi tartibida tashkil etilib, umumiy harbiy majburiyat joriy etiladi.
YUnoniston. sharqiy inqiroz davrida Fesaliya, Krit, Epirdagi yunonlar orasida ham milliy ozodlik harakati kuchayadi. Angliyaning talabi bilan Gretsiya hukumati Fessaliyadagi yunonlar qo‘zg‘olonini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortadi. Berlin kongressida esa, Kiprni no’ma’lum muddatga Turkiya Angliya ixtiyoriga beradi. SHunday bo‘lsada, Turkiya Berlin konferensiyasi qarorlariga ko‘ra, 1881 yilda Gretsiyaga Fessaliyaning bir qismi va Epirdagi Art hududini berishga majbur bo‘ladi.
1896 yilda krit orolida qo‘zg‘olon bo‘lib, kritliklar Gretsiya bilan birashganliklarini e’lon qiladilar. 1897 yilda boshlangan urushda gretsiya armiyasi Turkiya tomonidan mag‘lub etiladi. Krit avtonomiya olishga va turk sultoni qo‘l ostida qolshga majbur bo‘ladi. XIX asr oxirida ham Gretsiya qoloq davlat edi. uning iqtisodiyoti to‘liq chet el kapitaliga qaram bo‘lib, 1893 yilda fransuz kapitali yordamida Korinf bo‘ynida kanal qazilib ishga tushiriladi. Ammo, shu yili Korol Georg I (1863-1913 yy) o‘zining bankrotligini e’lon qiladi.


Download 208,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish