Guliston davlat universiteti fakulteti yo’nalishi guruh kurs ishi Mavzu



Download 208,42 Kb.
bet3/3
Sana23.06.2022
Hajmi208,42 Kb.
#695344
1   2   3
Bog'liq
kurs ishi (2)

Bolqon urushlari — Bolqon yarim orolda 1912—13 yillarda boʻlib oʻtgan ikki urush. Birinchi Bolqon urushi (1912-yil 9-oktabr — 1913-yil 30-may) Bolqon ittifoqi (Bolgariya, Serbiya, Gresiya, Chernogoriya) bilan Turkiya oʻrtasidagi urush. London sulh shartnomasi (1913-yil 13-may) ga koʻra, magʻlub Turkiya Istanbul va Sharqiy Frakiyaning bir qismidan boshqa Bolqondagi barcha mulklaridan mahrum boʻlgan.
Ikkinchi Bolqon urushi (1913-yil 29-iyun — 10-avgust) — Bolgariyani Serbiya, Chernogoriya, Gresiya va ularga qoʻshilgan Ruminiya va Turkiyaga qarshi urushi. Urush Bolgariyaning magʻlubiyati bilan tugadi. Buharest sulh shartnomasiga (1913-yil avgust) koʻra, Bolgariya Ruminiyaga Jan. Dobruja, Gresiyaga Makedoniyaning janubiy qismini va Gʻarbiy Frakiyaning bir qismini, Serbiyaga Makedoniya shim. kismining deyarli hammasini berishga, Turkiyaga Adrianopol (Adirna) ni qaytarishga majbur boʻldi. Bolqon urushlari xalqaro ziddiyatlarning keskinlashuviga, 1914—18 yillardagi Birinchi jahon urushining tezlashuviga yoʻl ochib berdi.
Bu Bolqon davlatlarining ozod qilinishi progressiv ahamiyatga ega edi, chunki usmoniylar Turkiyasi feodal despotik davlatligicha qolib kelayotgan, iqtisodiy va siyosiy jihatdan Bolqon teritoriyasiga qaraganda qoloq mamlakatligicha qola bergan, Bolqondagi teritoriyalarda kapitalistik mnosabatlar rivojlanayotgan edi.
Bolqondagi kichik xalqaro turklar asoratidan o‘z kuchlari bilan qutula olmas edilar. Ularning hammasi Rossiyaning hal qiluvchi yordami soyasida mustaqillikka erishdilar. Yaqin sharqda rus siyosatining asosiy maqsadi Bolqonda, shu bilan Turkiya poytaxti Konstantinopolda (Istanbulda) o‘z ta’sirini mustahkamlash edi. Chor Rossiyasi Rossiyaning ta’siri ustun turadigan mustaqil Bolqon davlatlari tuzish yo‘li bilan o‘zining ana shu maqsadini amalga oshirish uchun kurashdi.
G‘arb davlatlari, birinchi navbatda, Angliya Bolqonda bunga tamomila qarama-qarshi siyosat yurgazdilar. Usmoniylar imperiyasida hukmron ta’sirga ega bo‘lish da’vosini qilgan Angliya Bolqon xalqlarini Turkiyaga bo‘ysundirib ushlab turishga harakat qildi va Rossiyaning Bolqondagi ta’sirini kuchaytirishga imkon bermaslikka harakat qildi.
Rossiya bilan g‘arb davlatlari o‘rtasidagi siyosatning bir-biriga qarama-qarshiligini 1877 – 1878 yillardagi Rossiya Turkiya urushida Turkiyaning mag‘lubiyatga uchrab, Bolgariya davlati tuzilishi ayniqsa yaqqol qilib ko‘rsatdi. Rossiyaning Turkiya bilan 1878 yil 3 martda San-Stefanoda tuzgan dastlabki sulh shartnomasiga muvofiq, Bolgariya o‘zini o‘zi idora qiluvchi xristian hukumati va zemsk qo‘shini bo‘lgan knyazlik tashkil qildi. San-Stefano shartnomasiga muvofiq tuzilgan Bolgariya chegaralari Janubiy Dobruja, Shimoliy va Janubiy Bolgariya, Makedoniyani o‘z ichiga oldi, g‘arbda Bolgariya sostaviga Pirot va Vranskiy okruglari kiritildi. San-Stefano Bolgariyasining umumiy maydoni 160 ming kvadrat kilometrni tashkil qildi. Bolgariyaning janubiy chegaralari Struma va Mesta daryolari kelib quyiladigan rayonda Egey dengiziga borib tutashgan edi.
Angliya San-Stefano sulh shartnomasini o‘z manfaatlariga tahdid deb bildi va shu munosabat bilan qat’iy norozilik bildirdi. Angliya Bolgariyaning Egey dengiziga chiqishiga yo‘l berilganligiga ayniqsa qarshi chiqdi. Angliya ozod qilingan Bolgariyada ta’siri juda kuchayib ketgan Rossiyaning dengiz bazalari qurish uchun Bolgariyaning Egey dengizi sohilidan foydalanishi va Angliyaning O‘rta dengizdagi kommunikatsiyalarini xavf ostida qoldirishi mumkinligidan qo‘rqdi.
Turkiya bilan urushda zaiflashib qolgan Rossiya Angliyaning siquviga bardosh berolmasdan, 1878 yil 30 mayda Angliya taklif qilgan shartlar asosida u bilan bitim tuzishga majbur bo‘ldi. Bu bitimning ikkinchi moddasida “Bolgariyaning janubdagi chegarasi uni Egey dengizidan uzoqlashtirishga qaratib o‘zgartiriladi....” deyilgan edi. Uchinni modda Bolgariyaning g‘arbdagi hududini qirqib tashlashga qaratilgan edi. To‘rtinchi modda esa Bolgariyaning o‘z hududini ikki qismga bo‘lib tashlash ko‘zda tutilgan edi, bundan bir qismi, Bolqon tizma tog‘laridan shimoldagi qismi “knyaz hukumati qo‘l ostidagi siyosiy avtonomiya” olardi, ikkinyai, Bolqondan janubdagi qismi esa “Yevropaning roziligi bilan” sulton tomonidan tayinlanadigan “xristian gubernatori bo‘lgan ... ma’muriy avtonomiya” olardi. Olqon yarim orolining siyosiy tuzumi to‘g‘risidagi masala Yevropadagi buyuk davlatlarning xalqaro kongressida uzul – kesil hal qilinadigan bo‘lgan edi.
Shu bilan bir vaqtda ingliz agenturasi janubiy Bolgariyada Rodon rayonidagi turk aholisining qurolli qo‘zg‘olonini uyushtirishga harakat qildi, bundan maqsad xalqaro kongressga ta’sir ko‘rsatish edi. Bu isyon shu bilan birga go‘yo bu yerdagi aholining ko‘pchiligi bolgarlar emas, balki turklar ekanini va shunga binoan bu yerlarning Turkiya imperiyasi tarkibida qoldirilishi lozim ekanligini ko‘rsatishi lozim edi.
Rodop tog‘laridagi odam o‘tishi qiyin bo‘lgan yerlarda urush vaqtida hech qanday jang harakatlari bo‘lmadi. Vaqtincha yarashdan so‘ng rus qo‘shinlari Rodop tog‘ etaklaridan Adrianopol, Plovdin va Xaskov rayoniga qaytdilar. Rodop tog‘lari turk feodallarining boshpanasi bo‘lib qoldi. Ularning ko‘plari 1876 yil aprelida bolgarlarning qurolli qo‘zg‘olonini bostirish davrida juda og‘ir jinoyatlar qilib, o‘zlariga isnod keltirgan edilar. Kallakesarlarning boshliqlari ham, tor – mor bo‘lgan Sulaymon podsho armiyasidagi ofetserlar va soldatlarning ba’zi bir qismi va hokazolar ham shu yerga qochib kelib joylashib olgan edilar. Varna rayonidan bo‘lgan yirik zamindor ingliz Senkler ham shular orasiga kirib olgan ekan. Muvaqqat rus idorasi va yangi tuzulgan bolgar hokimiyatiga qarshi bu hukmron to‘daning qurolli kurashiga ana shu ingliz boshchilik qildi. Bu yerga ingliz ofitserlari, ingliz qurollari yuborildi, “Rodop milliy armiyasi” degan armiya tuzuldi, bu armiyaga o‘ziga Iyedet podsho degan turkcha nom qo‘yib olgan Senkler boshchilik qildi.
Lekin inglizlar bilan turk feodallarining bu kirdikoridan hech qanda y foyda chiqmadi. Bosqinchi otryadlarning Rodopdagi harakatlari bolgarlarning qurolli qarshiligiga duch keldi. Urush davrida bolgar dehqonlari vaqtni g‘animat bilab, o‘lja qurol – yarog‘larni yashirib qo‘ygan edilar. Bundan tashqari rus hukmdorlari faqat Janubiy Bolgariyadagi bolgarlar o‘rtasidagina 60 minga yaqin miltiq tarqatgan edilar. Rodop tog‘ etaklarida 8 mingga yaqin qurolli bolgar dehqonlari turardi, ular turklar asoratini tiklash yo‘lidagi har qanday urinishlarga qarshi kurash olib bordilar.Sharqiy Rodop tog‘lari rayonida kapitan (lashkar boshi) Petro Kiryakov boshliq qurolli otryad doimo harakat qilib turdi. Senk bandalarining tog‘lardan Janubiy Bolgariyaga tushish yo‘lida harakatlari rus qo‘shinlari va bolgar qurolli dehqonlarining qaqshatqich zarbalariga duch kelib turdi.
Shundan keyin Angliya va uni qo‘llab – qo‘ltiqlab turgan davlatlar, ayniqsa Avstriya – Vengriya boshqa taktika yurguzmoqchi bo‘ldilar. Inglizlar tashubbusi bilan Rodop tog‘lari yonida to‘planib qolgan turk qochoqlarini joylashtirish xalqaro komissiyasi tuzildi. Bu komissiyaning maqsadi Janubiy Bolgariyada turklarni ko‘paytirishdan, G‘arbiy davlatlar tomonidan Rossiyaning Bolgariyadagi ta’siriga qarshi olib borilgan kurashda ularni o‘z tayanchiga aylantirishdan. Janubiy Bolgariyani Turkiya tarkibida mustahkamlab qolishdan iborat edi.
Bolgariyadagi rus okkupatsiyachi ma’murlari Angliya va boshqa g‘arbiy davlatlarning bu ig‘vogarlik maqsadlarini fahmlab olib, unga yo‘l qo‘ymaslik uchun chora – tadbirlar ko‘rdilar. Ular inglizlarning turk jinoyatchilarga amnistiya berish to‘g‘risidagi taklifini rad qildilar va Bolgariya hududida yuz bergan yovuzliklarga aralashgan shaxslar sudga beriladi, deb bayon qildilar va bu chorani amalga oshira boshladilar. Plovdivga turk feodallaridan ikki kishi - Hoji Orif va Hoji Shabon qaytib kelganda, o‘lim jazosiga hukm qilindilar (g‘arbiy diplomatiya bu ishga aralashganligidan o‘lim jazosi bekor qilinib, ular Bolgariyadan surgun qilindi). Bolgariyadagi rus ma’murlarining bu chorasi turk feodallarini o‘ylatib qo‘ydi, chunki bolgar xalqiga nisbatan jinoyat qilmagan turk feodali juda oz edi.
Bundan tashqari, rus ma’murlari turk qochoqlarining mol – mulkini qaytarib berishni qiyinlashtirib qo‘ydilar. Turk zamindori shu mulk egasi ekanligini sud yo‘li bilan isbot qilishi lozim edi. Rus ma’murlarining Bolgariyada olib borgan bu choralari oqibatlari juda katta bo‘ldi. Juda ko‘p turk feodallari Bolgariyaga qaytishga jur’at qilmadilar va ularning yer - suvlari bolgar davlatining mulki bo‘lib qoldi. Ba’zi birlari esa o‘z mulklarini bolgar grajdanlarga sotish maqsadidagina Bolgariyaga qaytib borishga jur’at qildilar.
Shu tariqa Bolgariyada turk feodal yer egaligi tugatildi, inglizlarning janubiy Bolgariyada turk elementini kuchaytirish yo‘lidagi harakatlari ham barbod bo‘ldi.
Lekin Angliya va Avstriya-Vengriya boshchilik qilgan g‘arbiy davlatlar asosiy va hal qiluvchi masalada g‘alaba qildilar. Ularning tashabbusi bilan San-Stefano sulh shartnomasini qayta ko‘rib chiqish maqsadida Berlinda (1878 yil 13 iyun-13iyulda) xalqaro kongress chaqirilgan edi. Angliya bilan Avstriya-Vengriya Bolgariyaning janubiy chegarasi Bolqon tizma tog‘laridan nariga o‘tmasin deb oldindan kelishib olgan edilar. Avstriya-Vengriya Bosniya bilan Gersegovinani, Angliya esa Kipr orolini o‘z qo‘liga olishni istardi. Kongressda Bismark Angliya bilan Avstriya -Vengriya pozitsiyasini qo‘llab quvvatladi. Natijada San-Stefano shartnomasi Berlin kongressida tamomila o‘zgartirib yuborildi.
Berlin kongressining qarori bilan bolgariya knyazligi hududi shimolda Dunay daryosi va janubda Eski Planino bilan, g‘arbda Timok daryosi va sharqda Qora dengiz bilan chegaralanadi. Kongressda bolgarlarning manfaatini himoya qilib chiqqan rus delegatsiyasining harakati soyasida Sofiya va Kyustendil okruglari Bolgariya knyazligi sostaviga kiritilgan edi. Ular juda muhim iqtisodiy va strategiya rayonlari bo‘lib, Venadan Istanbulga va Dunaydan Egey dengiziga boradigan yo‘llar shu rayondan o‘tardi; San-Stefano shartnomasiga muvofiq, Bolgariya hududi 160 ming kvadrat kilometr bo‘lgan bo‘lsa, Berlin kongressining qarori bilan uning hududi 62 776 kvadrat kilometrga keltirildi, aholisi 2 million qoldirildi. Bolgariya knyazligi sulton suvereniteti ostida bo‘lib, unga boj-xiroj to‘lab turishi lozim edi.
Yevropa davlatlarining Turkiya bilan tuzgan hamma teng huquqli bo‘lmagan (taslim) shartnomalari Bolgariya knyazligiga ham tatbiq qilindi. Bolgariya o‘z teritoriyasidan o‘tgan chet el mollari uchun boj olish huquqidan mahrum qilindi. Bundan tashqari, Turkiyaning Avstriya-Vengriya oldidagi va Turkiyaning Yevropa qismidagi temir yo‘llarni ekspluatatsiya qilish jamiyati oldidagi qarz majburiyatlarining bir qismi, shuningdek, Ruse-Varna temir yo‘l kompaniyasidan qarzlari Bolgariya zimmasiga yuklandi.
Rus okkupatsiyachi qo‘shinlarining Bolgariyada turish muhlati San-Stefano shartnomasida ko‘zda tutilgan ikki yildan to‘qqiz oyga keltirildi. Shu muhlat ichida rus okkupatsiyachi ma’murlari bolgar knyazligining davlat tuzimini tamomiga yetkazishlari lozim edi.
Shimolda eski Planino bilan janubda Rodop tog‘lari o‘rtasidagi g‘arbda Ixtimandan sharqda Qora dengizgacha bo‘lgan oblast (Janubiy Bolgariya) avtonom oblast huquqi bilan Turkiya sostavida qoldirildi. Berlin Kongressi bu oblastning bolgar xarakterini xaspo‘shlash uchun ingliz delegatsiyasining taklifiga muvofiq, bu oblastga Sharqiy Rumeliya degan nom berdi. Bu oblastga sulton xristianlardan tayinlaydigan gubernator boshliq qilib qo‘yildi. Sharqiy Rumeliya statutini ishlab chiqish uchunxalqaro Yevropa komissiyasi tuzilgan edi.
San – Stefano shartnomasiga muvofiq Bolgariya sostaviga kiritilgan Makedoniya bilan Frakiya ilgarigidek Turkiya sostavida qolaverdi. Berlin shartnomasining 23 – moddasida bu yerlarda reforma o‘tkazish nazarda tutilgan edi, lekin Turkiya hukumati bu reformalarni amalga oshirishga harakat qilgani ham yo‘q.
Berlin kongressi qarorlari bolgar xalqini juda darg‘azab qildi, bu qarorlar bolgar millatining jonli tanasini ikki bo‘lakka bo‘lib tashlagan edi, bu bilan birga bolgar xalqining turklar zulmiga qarshi eng aktiv kurash olib borgan qismi(Janubiy Bolgariya) turklar hukmronligi ostida qoldirilgan edi. Berlin kongressi to‘g‘risida “Bolgariya” gazetasi. Bu kongress “kushxona bo‘ldi, bu kushxonada turklar majaqlab tashlagan va qop- qora qoniga belangan bolgar tanasiga ingliz pichog‘i urildi...” deb yozgan edi.


Xulosa
Lekin Angliya va Avstriya-Vengriya boshchilik qilgan g‘arbiy davlatlar asosiy va hal qiluvchi masalada g‘alaba qildilar. Ularning tashabbusi bilan San-Stefano sulh shartnomasini qayta ko‘rib chiqish maqsadida Berlinda (1878 yil 13 iyun-13iyulda) xalqaro kongress chaqirilgan edi. Angliya bilan Avstriya-Vengriya Bolgariyaning janubiy chegarasi Bolqon tizma tog‘laridan nariga o‘tmasin deb oldindan kelishib olgan edilar. Avstriya-Vengriya Bosniya bilan Gersegovinani, Angliya esa Kipr orolini o‘z qo‘liga olishni istardi. Kongressda Bismark Angliya bilan Avstriya -Vengriya pozitsiyasini qo‘llab quvvatladi. Natijada San-Stefano shartnomasi Berlin kongressida tamomila o‘zgartirib yuborildi.
Berlin kongressining qarori bilan bolgariya knyazligi hududi shimolda Dunay daryosi va janubda Eski Planino bilan, g‘arbda Timok daryosi va sharqda Qora dengiz bilan chegaralanadi. Kongressda bolgarlarning manfaatini himoya qilib chiqqan rus delegatsiyasining harakati soyasida Sofiya va Kyustendil okruglari Bolgariya knyazligi sostaviga kiritilgan edi. Ular juda muhim iqtisodiy va strategiya rayonlari bo‘lib, Venadan Istanbulga va Dunaydan Egey dengiziga boradigan yo‘llar shu rayondan o‘tardi; San-Stefano shartnomasiga muvofiq, Bolgariya hududi 160 ming kvadrat kilometr bo‘lgan bo‘lsa, Berlin kongressining qarori bilan uning hududi 62 776 kvadrat kilometrga keltirildi, aholisi 2 million qoldirildi. Bolgariya knyazligi sulton suvereniteti ostida bo‘lib, unga boj-xiroj to‘lab turishi lozim edi.


1787-1791 yillardagi urush va Bolqonda Rossiyani tasdiqlash (V. N. Vinogradov)



Download 208,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish