Guliston davlat universiteti fakulteti yo’nalishi guruh kurs ishi Mavzu


Yosh futbolchilarni tayyorlashda tehnik va taktik tayyorgarlik



Download 302,21 Kb.
bet5/6
Sana12.06.2022
Hajmi302,21 Kb.
#658301
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
fotbal

Yosh futbolchilarni tayyorlashda tehnik va taktik tayyorgarlik.
Ko’p yillik mashg’ulotning barcha bosqichlarida tehnik usullar va taktik harakatlarg o’rgatish jarayoni uzluksiz davom etadi. Maqsadga muvofiq tenikaning barcha tomonlarini biomehanika qonunlaridan foydalanish asosida va shug’ullanuvchilarning individual hususiyatlarini hisobga olgan holda puhta o’zlashtirish o’yin faoliytining murakkab sharoitlarda tehnikaning muvoffaqyatli qo’llanishini oldindan belgilab beradi. Mukammal o’yin ko’nikmalarining shakllanishi yosh futbolchilarning yuqori darajadagi jismoniy tayyorgaligiga asoslanadi. Yosh futbolchilarni o’qitish va ularning malakalarini takomillashtirish bosqichlarida jismoniy tarbiyaning odatdagi uslublari: mashqlar, o’yin. Musobaqa uslublari, ko’rsatmalilikni ta’minlash, og’izaki nutqdan foydalanish, hatolarni tuzatish uslublaridan foydalaniladi. Barcha uslublar bir – biri bilan yaqindan bog’liq holda qo’llanadi. Biroq ulardan foydalnishning foizli nisbati ko’pgina omillarga: o’qitish bosqichi hamda vazifalariga, shug’ullanuvchilarning yosh va individual hususiyatlariga, ularning tayyorgarlik darajasiga bog’liq bo’ladi. O’qitish jarayonining tuzulishi Alohida tehnik usul va taktik harakatni o’rganish quyidagi bosqichlarga bo’linadi: -dastlabki o’rganish; -chuqur o’rganish; -mustahkamlash va yanada takomillashtirish. Har bir bosqich bir qator hususiyatlarga ega bo’lib, shu hususiyatlarni hisobga olgan holda konkkret vazifalar qo’yiladi va o’qitish (o’gatish)ning ratsional uslubikasi tanlanadi. Dastlabki o’rgatish. Bu bosqichning asosiy maqsadi o’rgatilayotgan ususl yoki harakat asoslarini o’zlashtirib olish. Konkret bir harakatni uning asosiy variantida bajarish ko’nikmalarini shakillantirishdagi dastlabki urinishlar bosh miya dinamik stereotib hosil qilishga 35 qaratilgan va bosh miya qobig’idagi narv jarayonlarining irradiasiyasi bilan harakterlanadi. Bolalarda ichki tormozlanish yetarlcha rivojlanmagan bo’ladi. Bolalarning hammasi ko’pincha o’rganilayotgan harakatning kinematik va dinamik harakteristikalarining noaniq esga tushirilishiga, uning ritmining beqarorligiga.kerak bo’lmagan qo’shimcha harakatlarga sabab bo’ladi. Mazkur bosqichning asosiy vazifasi – shug’ullanuvchilargabajarilayotgan harakat va shu harakat asosiy elementlarining yahlit tasvvurini (ko’rish orqali) va harakat sezgisini paydo qilish, harakat ko’nikmalarini shakillantirish hususiyatlarini hisobga olgan holda hal etiladi. Harakatni dastlabki o’rganish u bilan tanishishdan boshlanadi. Bunga uslublar kompleksi yordamida erishiladi. Og’zaki tushuntirish, va mashq uslublaridan foydalanadi. Og’zaki tushuntirishda harakatning aniq terminalogik nomi bariladi, uning ahamiyati o’yin sharoitlarida qo’llaniladigan o’rni haqidagi ma’lumotlar aytiladi, bajarish prinssiplari tushuntiriladi. Bolalar diqqat etiborining beqarorligi, hajmi esa kichikligi sababli tushuntirish aniq, qisqa, va obrazli bo’lishi kerak. Ikkinchi signal sistemasi orqali hosil qilinadigan ko’ruv tasavvurlari ko’rsatmalilikni ta’ minlash uslublaridan foydalanish bilan to’ldiriladi. Bular birinchi signal tizimi orqali ta’sir etish, o’rganilayotgan harakatlarning konkret obrazlarini hosil qilishga yordam beradi. Bevosita namoyish qilish (ko’rsatish) ko’rsatmalilikni ta’minlashning asosiy uslubidir. Namoyish qilish faqat tashqi formasi bo’yicha namunali bo’lishi kerak emas. Harakatning muvaqqat,fazoviy va kuch harakteritikalarini optimal ravishda qayta esga olib boriladi. Bu esa harakatning tez va puhta idrok qilinishini ta’minlaydi. Harakat sezgilarini hosil qilish uchun mashq uslublaridan foydalaniladi. O’rganilayotgan harakat nisbatan doimiy va soddalashtirilgan sharoitda sharoitda esga tushuriladi. Futbol o’yini tehnikasini o’rgatishda ko’proq yahlit mashq uslubidan foydalaniladi, chunki harakatni bo’laklarga bo’lib yuborish ko’pincha ularning mohiyatini qo’pol ravishda buzishga olib keladi. 36 Takrorlash meyorini aniqlashda yangi, koordinasion jihatdan murakkab mashqlar yosh futbolchilarda tegishli narv markazlarining charchashiga sabab bo’lishini hisobga olish lozim. Shuning uchun mazkur bosqichda mashlarni sezilarli takrorlash juda samarali bo’ladi. O’rganuvchilar har birida 8-10ta takrorlashi bo’lgan 2-3 seriyali bajaradilar. Seriyalar oralig’idagi intervallar dam olish uchun yetarlibo’lishi kerak. Ulardan zarur fikirlarni aytish va mashni takroriy ko’rsatish uchun ham fiydalanish mumkin. Yangi materialni o’rganish keyingi 3-5 ta dars mobaynida davom ettiriladi. Chuqur o’rganish. Bu bosqich tehnik va taktik harakatlarning yanada mustahkamlanishi va yanada mustahkamlanishi va o’rganilayotgan harakat detallarining chuqurroq aniqlashtirilahi bilan harakterlanadi. Usul yoki harakatni o’zlashtirib olish jarayonida dastlabki ko’nikmalar takomillashadi, tehnik usullar ham, taktik harakatlar ham to’g’ri, aniq, bemalol bajarila boshlanadi. Chuqur o’rganish bosqichini shig’ullanuvchilarning harakat sezgilarini ongli ravishda baholay olishi va joyni idrok qila bilishi o’rgatish vazifalarini muvaffaqiyqyli hal qilishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu esa mufassal so’zlab berish va suhbat, harakatlarni tushuntirish va chuqurroq tahlil qilish, o’z-o’zini tekshirish va husobotberish va shu kabi og’izaki uslublarni qo’llash imkonini beradi. Bevosita ko’rsatish ko’rsatma qurollar: foto va kinomateriallar, plakatlar, rasimlar, shema va hokazolardan keng foydalanish bilan to’ldiriladi. Harakatning borishi va uning asosiy parametrlari haqida zudlik bilan ahborot berishning hilmahil vositalari keraklicha samara beradi. Mazkur bosqichda asosan yahlit mashqlardan foydalaniladi. Bu mashqlar qat’iy bir maqsadga qaratolgan bo’lishi kerak. Bir Hilda (bir hil sharoitda, bir maqsadni ko’zda tutuvchi, harakat parametrlari bir hil) bo’lgan takrorlashlarsoni kamayadi. O’zgaruvchan takrorlashlar soni ancha oshiriladi. Mashq o’rganilayotgan vaziyat sharoitlari almashtiriladi va murakkablashtiriladi. Mashqni bajarish vazifalari o’zgartiriladi. Bu hol harakat formulalari va harakterining ularning fazoviy vaqt va kuch haraktiristikalarini maksimal tezlik va kuch g’ayratga yaqin tezlik va kuch g’ayrat bilan bajarishga urunib ko’riladi. Bunda 37 tehnik va taktik harakatlar bajarilish vaqtida buzulmasligi mo’ljallangan aniqlik esa yo’l qo’yilgan chegarada bo’lishi muhimdir. Bir qolipdagi o’zgaruvchan takrorlashlar nisbati tahminan 30 va 70% ni tashkil etadi. Harakat amallarining ko’p variantlarda bajarilishi turli hil analizator tizimlarining faoliyatiga oshirilgan talablar qo’yadi va bajarilayotgan harakatlar to’g’risida aniq tasavvurlarni hosil bo’lishiga yordam beradi. Bir darsdagi takrorlashlar soni oshiriladi. O’rganilayotgan harakat 10-12 daqiqa davomida takrorlanadi, shundan so’ng 3.5-5 daqiqa boshqa mashqlar bajariladi. O’yin mashqlarini boshqa mashq tarzida qo’llash ancha samaralidir. So’ngra yana o’shancha vaqt davomida harakatni ko’p marta takrorlash lozim. Darslar tizimida chuqur o’rganish katta intervallar bilan olib borilishi mumkin. Bu darsga yangi material kiritish imkonini beradi. Mazkur bosqichda o’yin va musobaqa uslublaridan keng foydalaniladi, bular alohida emotsional fon yaratadi, mashqlarni ta’sirini kuchaytiradi va o’qitish jarayonini faollashtiradi.
Mustahkamlash va yanada takomillashtirish Bu bosqichning asosiy vazifasi – o’zlashtirib olingan harakatlarni yanada mustahkamlash va turli hil o’yin sharoitlarida ularni qo’llash ko’nikmalarini hosil qilish. Mazkur bosqichda jismoniy tarbiya uslublarining barcha komplekslaridan foydalaniladi. Takomillashtirish bosqichining hususiyatlari “Futbolchilarni tayyorlash uslubiyati” bobida ancha batafsil ko’rib chqiladi. Ko’p yillik mashg’ulot jarayonidagi tehnik tayyorgarlik Futbolchining tehnik mahorati u egallab olgan tehnik usullarning hajmi va hilma-hilligi, shuningdek, ularni o’yin sharoitlarida samarali qo’llash bilan harakterlanadi. Futbol o’yini tehnikasi juda ko’p turli usul va usullar yig’indisidan iboratdir. Shuning uchun kam vaqt va kuch sarflab o’rgatish vazifasini hal etish uchun o’rganilayotgan materialni tizimga solish va tehnikaga o’rgatishning izchilligini aniqlash katta ahamiyatga ega.
HULOSA
Mavzu bo’yicha qayt etilgan adabiyotlar taxlili shu narsani e`tirof etishga imkon beradiki, malakali futbolchilarni tayyorlashda o’yinni o’rgatish uslubiyati va ularni turli o’yin mashg’ulotlarni ixtisoslashgan turlari shu malakalarni samarali ijro etishda muxim axamiyatga ega ekan. Dastlabki o’rgatish bosqichida endigina shug’ulanayotgan yosh futbolchi bolalar mashg’ulotlarida sakrash va tezkorlik sifatlari hamda tana muozanati turg’unligini rivojlantiruvchi aylanma tezlanish mashqlari etarli darajada qo’llanilmasligi aniqlandi. Binobarin mazkur malakaviy bitiruv ishiga tanlab olingan mavzu haqiqatdan ham dolzarb ekanligi o’z ifodasini topdi. Yuqori malakali futbolchilarga o’yinni o’rganishning dastlabki o’rgatish bosqichida shug’ullanayotgan yosh sakrovchanligini qiyoslash bosqichida shug’ullanayotgan yosh bolalar tezkorligiga qiyoslash maqsadida o’tkazilgan tekshiruvlar natijalari shuni ko’rsatdiki katta yoshdagi mahoratli futbolchilarning rasmiy musobaqa o’yinlari davomida barcha o’yin malakalarini ijro etish uchun bajarilgan xarakatlar miqdorini tashkil etdi. O’yin malakalar samaradorligi esa aksariyati hollarda 50 % dan ham ortmoqda. Yosh futbolchilarni tanlab olishda mashg’ulotlarni tashkil etish o’rgatish boqichlaridanoq shakllantira borish o’ta dolzarb va muhim masala ekanligi ortiqcha isbot talab qilinmoqda. Futbol bilan shug’ulanishni endigina boshlagan 15-16 yoshli bolalarda tezkorlik sifatlari etarli darajada taraqqiy etmaganligi hamda yugurish ko’nikmalari deyarli shakllanmaganligi ko’zatildi. Joydan turib yugurib kelib balandlik sakrash natijalari orasidagi farq juda kam


Download 302,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish