Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Chet el valyutasidagi operatsiyalar



Download 2,01 Mb.
bet87/724
Sana06.02.2022
Hajmi2,01 Mb.
#432594
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   724
Bog'liq
BUXGALTERIYA HISOBI

Chet el valyutasidagi operatsiyalar

Chet el valyutasida amalga oshirilgan
operatsiyalarning sanasi bo’lib hisoblanadi

Chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalar

Chet el valyutasidagi pul mablag’larining bankdagi hisobvaraqlarga kelib tushish yoki ularni bankdagi hisobvaraqlardan hisobdan chiqarish sanasi

Chet el valyutasidagi kassa operatsiyalari

Chet el valyutasini kassaga kirim qilish yoki ularni kassadan berish sanasi

Chet el valyutasidagi daromadlar

Chet el valyutasidagi daromadlarni tan olish sanasi

Chet el valyutasidagi xarajatlar

Chet el valyutasidagi xarajatlarni tan olish sanasi

Tovar-moddiy zahiralari va boshqa aktivlarni baholash

Tovar-moddiy zahiralari va boshqa aktivlarning xarid qilinganligini tasdiqlovchi boshlang’ich hisob hujjatlari (tovarning kuzatuv hujjatlari yoki bojxona yuk deklaratsiyasi) mavjud bo’lganda, ularni buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasi

Xodimlarning hisobdor summalari bo’yicha chet el valyutasidagi qarzlarini aks ettirish

Bo’nak hisobotini tasdiqlash sanasi

Chet el valyutasidagi qarzlarning to’lanishi

Chet el valyutasidagi qarzlarni to’lash sanasi

Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlar bo’yicha qarzdorligining yuzaga kelishi

Yuridik shaxs maqomini olish sanasi

Ustav kapitalining shakllanishi (ko’payishi)

Ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlarini kiritish sanasi

Xo’jalik yurituvchi sub’ektning O’zRning tashqarida faoliyat yuritish uchun ishlatiladigan asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, o’rnatiladigan uskunalari, kapital qo’yilmalari, tovar-moddiy zahiralarining chet el valyutasida ifodalangan qiymatini so’mlarda qayta hisoblash ushbu aktivlarni buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasida Markaziy bank kursi bo’yicha amalga oshiriladi.


Xo’jalik yurituvchi sub’ekt asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, o’rnatiladigan uskunalari, kapital qo’yilmalari, tovar-moddiy zahiralarining qiymatini O’zRdan tashqarida faoliyat yuritish joyi - xorijiy davlatning qonun hujjatlari yoki qoidalariga muvofiq qayta baholangan qiymatini qayta hisoblash ko’rsatilgan qayta baholash sanasida Markaziy bank kursi bo’yicha amalga oshiriladi.
O’zRdan tashqarida faoliyat yuritishdan moliyaviy natijalarni shakllantiradigan, chet el valyutasida ifodalangan daromadlar va xarajatlarni so’mlarda qayta hisoblash Markaziy bank kurslari va hisobot davrida ular amal qilish kunlari miqdorlarining hosilalari summasini hisobot davridagi kunlar miqdoriga bo’lish natijasida hisoblab chiqarilgan kurslar o’rta miqdoridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning O’zRdan tashqarida faoliyat yuritish uchun ishlatiladigan aktivlari va majburiyatlarining chet el valyutasida ifodalangan qiymatini so’mlarda qayta hisoblash natijasida yuzaga kelgan kurs farqi buxgalteriya hisobida 22-son BHMSning 17-bandida ko’rsatilgan usullardan birini qo’llagan holda aks ettiriladi.
O’zbekiston Respublikasi va chet mamlakatlar hududidagi banklar hisobvaraqlaridagi chet el valyutasidagi pul mablag’larining naqdligi va harakati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi (BHMS 21-son):
5210 “Mamlakat ichida valyuta hisobvaraqlari”;
5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
5210 “Mamlakat ichida valyuta hisobvaraqlari” va 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”ning debetida valyuta hisobvaraqlariga pul mablag’larining kelib tushishi, kreditida esa pul mablag’larining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank ko’chirmasini tekshirish natijasida aniqlangan korxonaning valyuta hisobvarag’ining debeti yoki kreditiga xatolik bilan o’tkazilgan summalar 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar” yoki 6960 “Da’volar bo’yicha to’lanadigan hisobvaraqlar”i bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida valyuta hisobvarag’i bo’yicha operatsiyalar bank ko’chirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi.
Valyuta mablag’larining analitik hisobi chet el valyutasidagi pul mablag’larini saqlash uchun banklarda ochilgan har bir hisobvaraq bo’yicha yuritiladi.
Quyida chet el valyutasidagi pul mablag’larini harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:
1) Ijaraga berilgan asosiy vositalar bo’yicha ijarachidan ijara to’lovlarining kelib tushishi:
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”
K 4810 “Moliyaviy ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar - joriy qism” yoki
K 4820 “Operativ ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar”.
2) Mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar, asosiy vositalar va boshqa aktivlarning sotilishidan valyutaning kelib tushishi:
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”
K 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”.
3) Kassadan valyuta mablag’larining valyuta hisobvarag’iga topshirilishi:
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”
K 5020 “Chet el valyutasidagi pul mablag’lari”.
4) Ishlatilmagan chek va akkreditiv summasining valyuta hisobvarag’iga o’tkazilishi:
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”
K 5510 “Akkreditivlar” yoki
K 5520 “Chek daftarchalari”.
5) Ilgari qisqa muddatli investitsiyalar tartibida berilgan qarzning qaytarilishi:
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”
K 5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar”.
6) Ilgari berilgan bo’naklarning qaytarilishi:
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”
K 4310 “TMQlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar” yoki
K 4320 “Uzoq muddatli aktivlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar” yoki
K 4390 “Boshqa berilgan bo’naklar”.
7) Qondirilgan da’volar summasining kelib tushishi:
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”
K 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar”.
8) Olingan bo’naklar summasi:
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”
K 6300 “Olingan bo’naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
K 7310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar”.
9) Ilgari aktsiyalarga obuna bo’lgan ta’sischilardan ulush summasining kelib tushishi:
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”
K 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi”.
10) Nominal qiymatdan yuqori bahoda sotilgan aktsiyalardan emission daromadning kelib tushishi:
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”
K 8410 “Emissiya daromadi”.
11) Investitsiyaga mablag’larning qo’yilishi:
D 0600 “Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 5800 “Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
12) Bankdan kassaga valyuta mablag’larining kelib tushishi:
D 5020 “Chet el valyutasidagi pul mablag’lari”
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
13) Xususiy aktsiyalarning sotib olinishi:
D 8610 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar – oddiy” yoki
D 8620 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar – imtiyozli”
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
14) Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi qarzlarning to’lanishi:
D 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
15) Berilgan bo’naklarning summasi:
D 4310 “TMQlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar” yoki
D 4320 “Uzoq muddatli aktivlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar” yoki
D 4390 “Boshqa berilgan bo’naklar”
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
16) Ilgari olingan bo’naklarning qaytarilishi:
D 6300 “Olingan bo’naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 7310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar”
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
17) Ta’sischilarga hisoblangan dividendning to’lanishi:
D 6610 “To’lanadigan dividendlar”
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
18) Hisoblangan foizlar bo’yicha qarzlar qoplandi:
D 6920 “Hisoblangan foizlar”
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
19) Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar qoplandi:
D 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” yoki
D 6820 “Qisqa muddatli qarzlar” yoki
D 6830 “To’lanadigan obligatsiyalar” yoki
D 6840 “To’lanadigan veksellar”
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
20) Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarning joriy qismi qoplandi:
D 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi”
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
21) Ijaraga beruvchiga tegishli bo’lgan to’lovlar to’landi:
D 6910 “To’lanadigan operativ ijara” yoki
D 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi”
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   724




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish