Valyuta hisobvaraqlari - respublikat hududida va chet el valyutalarining holati va ularning harakati uchun mo’ljallangan. Valyuta hisobi bo’yicha jarayonlarni amalga oshirish va hujjatlashtirish tartibi O’zR Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo’mitasi va O’zR Markaziy bankining nizomlari asosida olib boriladi.
5200 - “Chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”ining debetida pul mablag’larining kelib tushishi, kreditida esa, pul mablag’larining chiqishi aks ettiriladi.
Valyuta hisobi bo’yicha buxgalteriya yozuvlari bankning korxona 5200 - “Chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”dan ko’chirma va unga biriktirilgan pul hisob-kitob hujjatlari asosida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |