Funktsional boshqarish – korxona faoliyatini moliya, ta’minot, sotish, kadrlar, loyiha-konstruktorlik va texnologik ishlovlar, tashqi iqtisodiy aloqalar kabi alohida funktsiyalar bo’yicha boshqarish.
Funktsional-qiymat tahlili (FQT) usuli – ob’ekt (mahsulot, jarayon, tuzilma)ni tizimli tadqiq qilishning sifat va foydaliligini oshirgan holda uni loyihalash, ishlab chiqish va foydalanish sohalarida xarajatlarning eng kichik miqdorini ta’minlovchi usu l.
Fyucher kelishuvi - fond yoki tovar birjalaridagi kelishuv turi, bo’lib shartnomada ko’rsatilgandek, kelishuv tuzilganidan keyin belgilangan muddatda aktsiyalarni berish yoki tovar uchun pul to’lov summalarining berilishini nazarda tutadigan kelishuv turi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |