Arbitraj (fr. arbitrage) - tomonlarning arbitrga murojaati bilan kelishmovchilikni hal qilish yo’li. Arbitraj xo’jalik hisobidagi shartnoma va reja, intizom va qoidalarni mustahkamlash imkonini beradi. Arbitraj davlat, xususiy, jamoa va aktsiyador, qo’shma korxonalar, tashkilot va muassasalar o’rtasidagi kelishmovchiliklarni hal etib beradi.
Manfaatdor tomonlar arizasi bilan arbitraj sudiga murojaat etadi, arbitrajda kelishmovchiliklar arbitr va manfaatdor tomonlar bilan hal etiladi.
Asosiy jamg’armalar balansi - mavjud, qabul qilingan asosiy jamg’armalar (asosiy vositalar) bilan hisobdan chiqarilgan asosiy jamg’armalarning ma’lum bir davrga bo’lgan munosabati. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy jamg’armalari hajmi va tarkibidagi o’zgarishlar haqida to’liq ma’lumot olish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |