Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi - iqtisodiyotning tarkibiy qismi bo’lib, aholi pul mablag’larining kelishi va xarajatlari manbalari aniqlanadi.
Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansining daromad qismida ishchi va xizmatchilarning mehnat haqi, nafaqa, stipendiya, shaxsiy ehtiyojlar uchun qarzlar, sug’urta to’lovlari, aholining mayda hunarmandchilik, o’z tomorqalaridan, qimmatbaho qog’ozlardan oladigan daromadlari va boshqa daromad manbalari ko’rsatiladi.
Balansning xarajat qismida esa, tovar va xizmatlar uchun to’lov, majburiy va ixtiyoriy to’lovlar, ajratmalar va boshqa xarajat manbalari aks ettiriladi.
Aholining pul daromadlari va xarajatlari balansida talabni qoplash qobiliyati va uni qondirish manbalari aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |