14.9-jadval
Xo’jalik va geografik segmentlarning belgilari bo’yicha qiyosiy tavsifi
Segment hosil qilish uchun mezon
|
Segmentlar
|
Xo’jalik
|
Geografik
|
Xo’jalik yoki geografik seg-mentlarni hisobot segmenti si-fatida ajratishni taqozo etadigan omillar:
- sotishlarning 50% dan optig’i tashqarida sodir bo’lgan holda; - jami segmentlarni sotishdan olingan tushumlari, segment faoliyati natijalari aktivlarning 10%idan ortiq yoki unga teng bo’lgan umumiy summasiga ega bo’lganda;
- korxona jami tushumlarini 75%idan kam bo’lmagan ulushi hisobot segmentlarini tashqi faoliyatning birgalikdagi jami tushumiga to’g’ri kelganda hisobotlar muvofiqlashtiriladi.
|
Agarda quyidagi belgilar bo’yicha o’xshashliklar mavjud bo’lsa, mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqaruvchi xo’jalik bo’linmalari o’zaro bog’liq bo’ladi:
- ularning, tavsiflanishida;
- ishlab chiqarish jarayonlari tavsifida;
- mijozlar turi va tavsifida;
- segmentning asosiy faoliyati natijasida paydo bo’lgan xara-jatlar va daromadlarni taqsim-lash usullarida;
- muayyan faoliyat turlari uchun tartibga soluvchi muhit talablarida (masalan, soliqlar, banklar va sug’urtada).
|
Bir nechta mamlakatlardagi gu-ruh, alohida mamlakat, mamlakat ichidagi mintaqada joylashgan segmentlar quyidagi belgilarga ko’ra geografik segment hisoblanadi:
- o’xshash iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlar;
- amalga oshiriladigan muomalalar-ning o’xshashligi;
- mazkur geografik hududdagi muo-malalar bilan bog’liq favqulodda risklar kutilayotganda;
- valyuta nazoratining alohida qoi-dalari amad qilganda;
- valyuta muomalalaridan kutilayot-gan risklar mavjud bo’lganda.
|
Hisob siyosatining yoritilishi quyidagilarni o’z ichiga oladi, ammo yshbu axbopot bilan chegaralanmaydi:
"96.17. Faoliyat turlarini, jug’rofiy segmentlarni hamda xarajatlarni segmentlar o’rtasida taqsimlash usulini belgilash”.
Shuni ta’kidlash lozimki, yuqorida ko’rsatilgan me’yoriy hujjatlarda segmentlar bo’yicha hisob va hisobot muammosi o’zining to’liq echimini topmagan.
Tashqi iste’molchilar uchun mo’ljallangan va moliyaviy hisob ma’lumotlari manbasida ishlab chiqiladigan moliyaviy hisobotdan farq qilgan holda segmentar hisobot ichki iste’molchilar uchun mo’ljallanadi va maxfiy hisoblanadi. "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi Qonunning 28-moddasiga ko’ra, buxgalteriya hisobini yuritishda maxfiylikka rioya qilinadi, buxgalteriya yozuvlari mazmuni bilan tanishishga faqat rahbariyat ruxsati bilan yoki qonunchilikda ruxsat etilgan hollarda yo’l qo’yiladi. Biroq tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, amaliyotda ko’pincha soliq va boshqa nazorat organlari boshqaruv hisobi hamda hisoboti ma’lumotlariga bevosita kirib borish imkoniyatiga ega bo’lmoqda.
Boshqaruv hisobida mustaqil ishlab chiqilgan yoki markazlashtirilgan holda tasdiqlangan boshqaruv hisobotlari maqsadga muvofiq. Bu hisobot shakllarini an’anaviy jurnal-order shaklini qo’llamaydigan korxonalar (kichik korxonalar, fermer xo’jaliklari, buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shaklini qo’llayotgan korxonalar, buxgalteriya hisobini kompyuterda maxsus ishlab chiqilgan jadvallarda olib borayotgan korxonalar), shuningdek, hisobning jurnal-order shaklini qo’llashga moslashtirilgan korxonalar ham (analitik hisob shakllariga o’zgartirish kiritish yo’li bilan, masalan, yangi qo’shimcha qator va ustunlar qo’shish orqali, ammo mavjud hisob tizimini buzmasdan zarur ma’lumotlar olish uchun muvofiqlashtiriladi) yuritishlari mumkin.
Boshqaruv hisobotining standart (minimal) to’plamiga asos bo’ladigan quyidagi muhim shakllarini keltirish mumkin:
– materiallar va butlovchi qismlar zahiralarl to’g’risida hisobot;
– tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha hisobot;
– ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmatlar) to’g’risida hisobot;
– xarid qilingan qiymatliklar to’g’risida hisobot;
– tayyor mahsulot zahiralari to’g’risidagi hisobot;
– sotishlar to’g’risidagi hisobot;
– pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;
– debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida hisobot;
– yig’ma hisobot.
Moliyaviy hisobotning afzallik tomoni moliyaviy holatni, korxona faoliyati natijalarini tahlil etishda axborot manbasi sifatida qo’llanilishida namoyon bo’lsa, segmentar hisobot ma’lumotlari esa biznesning har bir segmenti ish sifatini baholash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |