Boshqaruv samaradorligini baholovchi ko’rsatkichlar tizimi
T/r
|
Ko’rsatkichlar nomi
|
Ko’rsatkichlar
hisob-kitobi
|
Tarkibiy ko’rsatkichlarning izohi
|
1
|
Boshqaruv faoliyatining iqtisodiy samaradorligi (Kis)
|
D
Kis = --------
Xis
|
D – yillik daromad;
Xis – mahsulotni ishlab chiqarish va sotishga sarflangan bir yillik xarajatlar
|
2
|
Ishlab chiqarishni tashkil etish darajasi (Kt)
|
Id
Kt = ------
Ao
|
Id – ishlab chiqarish davrining davomiyligi;
Ao – aylanma mablag’lar oborotining davomiyligi
|
3
|
Ishlab chiqarish va sotish rentabelligi (Kr)
|
Fs
Kr = ------
Sx
|
Fs – sof foyda;
Sx – mahsulotni sotish hajmi
|
4
|
Kapitalning manevrlik darajasi (Km)
|
Kam
Km = ------
Ku
|
Kam – aylanma mablag’lar summasi;
Ku – o’zining kapitalini o’rtacha yillik kapitalidagi ulushi
|
5
|
Amortizatsiya ajratmalarining jamg’arilish (Kj)
|
AFb
Kj = ------
A
|
AFb – asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati;
A – amortizatsiya ajratmalari summasi
|
6
|
Mahsulot rentabelligi (Kmr)
|
T
Kmr = ------
X
|
T – mahsulot sotishdan olingan tushum;
X – mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlar
|
7
|
Aktsioner kapitalidan foydalanish samaradorligi. Bitta aktsiya qiymati (Ka)
|
Km
Ka = ------
Sa
|
Km – muomalaga chiqarilgan aktsiyalarning qiymati;
Sa – sotilgan aktsiyalarning qiymati
|
Iqtisodiyotda kichik va o’rta biznesni rivojlantirish asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Kichik va o’rta biznesni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi har bir mamlakatdagi mavjud iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy muhitga bog’liq bo’ladi.
Hozirgi paytgacha respublikamizda kichik va o’rta biznesni istiqbolli rivojlantirish borasida ko’pgina amaliy ishlar qilindi, jumladan, uni bevosita qo’llab-quvvatlovchi quyidagi maxsus qo’mita va kengashlar tashkil etildi:
– O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi islohotlar va investitsiyalar bo’yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash;
– Oliy Majlisning iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlik bo’yicha qo’mitasi;
– O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining restrukturizatsiya xususiylashtirish qo’mitasi;
– Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash qo’mitasi va h. k.
Ushbu davlat organlarining muhim vazifasi kichik va o’rta biznes sub’ektlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash hamda rag’batlantirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar ko’rish hisoblanadi. Shuningdek, mahalliy organlar, hokimliklar ham o’z hududiy xususiyatlariga asoslangan holda, kichik va o’rta biznes sub’ektlarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqib, amalga oshiradilar.
Mamlakatimizda kichik va o’rta biznes sub’ektlarini huquqiy jihatdan himoya qilish maqsadida "Korxonalar to’g’risida", "Mulkchilik to’g’risida", "Kichik va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini rag’batlantirish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari hamda "Xususiy tadbirkorlik to’g’risida"gi Nizom qabul qilindi.
Kichik va o’rta biznes (KO’B) sub’ektlarini hukumat tomonidan qo’llab-quvvatlashning asosiy jihatlari quyidagalardan iborat:
– KO’Blarni rivojlantirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
– KO’Blarda zamonaviy, rag’batlantiruvchi boshqaruv tuzilmasini barpo qilish;
– KO’Blarga moddiy-texnika bazani shakllantirishda yordam berish;
– KO’Blarni ishonchli axborot manbalari bilan ta’minlash.
Ushbu me’yoriy hujjatlar respublikamiz iqtisodiyotida markazlashtirilmagan boshqaruvni yo’lga qo’yish, bu jarayonda kichik va o’rta biznes korxonalarining ahamiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Ishlab chiqarishni markazlashtirilmagan holda boshqarishning muhim sharti iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish birliklarini vujudga keltirish hisoblanadi. Bunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar yuridik jihatdan mustaqil yoki mustaqil bo’lmasligi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda yangi tahrirda qabul qilingan "Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to’g’risida"gi Qonunining (qo’shimcha va o’zgartishlar bilan) 5-moddasiga muvofiq respublikamizda kichik va o’rta biznes sub’ektlarining quyidagi shakllari mavjud:
– yuridik shaxs bo’lmagan, xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi alohida jismoniy shaxs;
– mikrofirmalar – mulkchilik shaklidan qat’i nazar o’zining o’rtacha yillik bandlik hisobiga ega ishlab chiqarish tarmoqlarida 10 kishigacha ishchisi bo’lgan, savdo, xizmat va boshqa ishlab chiqarishdan tashqari sohalarda 5 kishigacha ishchisi bo’lgan korxonalar;
– kichik korxona – mulkchilik shaklidan qat’i nazar, o’zining yillik bandlik hisobiga ega, sanoat sohasida band bo’lgan, tarkibida 40 kishigacha ishchisi bo’lgan, qurilish, qishloq xo’jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida tarkibida 20 kishigacha ishchisi bo’lgan, fan, fanga xizmat ko’rsatish, chakana savdoda tarkibida 10 kishigacha ishchisi bo’lgan korxona;
– o’rta korxona – mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ishlab chiqarish sohasida 100 kishidan oshmagan, qurilishda 50 kishi, qishloq xo’jaligida, boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, ulgurji savdoda 30 kishi, chakana savdo, xizmatlar sohasi va boshqa ishlab chiqarishdan tashqari tarmoqlarda 20 kishidan iborat ishchisi bo’lgan korxonalar. Soliq maqsadlari uchun hozirgi kunda boshqa ko’satkichlar mavjud: 1 milliardgacha, 1 milliarddan ortiq va h.k.lar.
Xalqaro tajribaning tasdiqlashicha, kichik biznes sub’ektlari yirik biznes ko’magi ostida samaraliroq faoliyat yuritadi, chunki yirik korporatsiyalar texnologik jarayonlarning maromiyligini ta’minlaydi.
Kichik biznes sub’ektlari boshqaruvda bir qator ijobiy ustunliklarga ega, jumladan:
– boshqaruv qarorlari qabul qilishning tezkorligi va ixchamligiga erishiladi;
– yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, ularning tannarxini pasaytirish, xomashyo va resurslardan samarali foydalanishda yirik biznesga qaraganda kichik biznes sub’ektlarining imkoniyati yuqori;
– kichik biznes sub’ektlarida yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy yangiliklarni amaliyotga qisqa muddatlarda joriy etish mumkin;
– iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini shakllantirishga ko’maklashadi;
– bozor talablariga, raqobatbardoshlik shartlariga tezroq moslashiladi;
– qo’shimcha ishchi o’rinlarini yuzaga keltiradi va h.k.
Biznesni markazlashtirilmagan holda boshqarish zaruriyati korxona iqtisodiy nochorlik holatiga tushib qolganda, ya’ni, uning kreditorlar oldidagi o’z majburiyatlarini belgilangan muddatlarda bajara olmaslik hollarida ham yuzaga keladi.
Korxonalarda boshqarishning mazkur tartibini samarali joriy etish ularda buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirishga bevosita bog’liq. Bunda korxonaning hisob tizimini xarajatlar va javobgarlik markazlari ustidan hamda rejalashtirilgan ko’rsatkichlardan chetlanishlar bo’yicha tezkor nazorat o’rnatish, shuningdek, bo’linmalar o’rtasida transfert baholarni to’g’ri shakllantirish, ular moliyaviy-xo’jalik faoliyatini batafsil aks ettiradigan segmentlar hisobotlarni tuzishga imkon berishi talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |