Boshqaruv va ishlab chiqarish hisobi o’rtasidagi bog’liqlik. Boshqaruv hisobining mohiyatini chuqurroq anglash u bilan ishlab chiqarish hisobi orasidagi bog’lanish va farqli jihatlarni ajratishga bevosita bog’liq.
Ishlab chiqarish hisobi ishlab chiqarish xarajatlari va korxona daromadini boshqarish va ishlab chiqarish rentabelligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashda namoyon bo’ladi. U korxonada mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq barcha masalalarni batafsil aks ettirishi lozim.
Boshqaruv va ishlab chiqarish hisobi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni jadvalda tasvirlangani kabi ifodalash mumkin (13.1-jadval).