Sho’’balar va boshqa kompaniyalarni sotish va sotib olish. Sho’’balarni va boshqa kompaniyalarni sotish va sotib olishdan vujudga kelgan pul oqimlari investitsion faoliyat kabi tasniflanadilar va alohida ochib beriladi.
Quyida 4-shaklning har bir moddasida nima ko’rsatilishi va qaysi manbadan to’ldirishini ko’rsatamiz. “Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan kelib tushgan pul mablag’lari” moddasi bo’yicha (010-satr) hisobot davrida sotilgan mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) uchun korxonaning bank hisobvaraqlari va kassasiga kelib tushgan pul mablag’lari summasi ko’rsatiladi.
“Material, tovar, ish va xizmatlar uchun mol etkazib beruvchilarga to’langan pul mablag’lari” moddasi bo’yicha (020-satr) mol etkazib beruvchilarga materiallar, tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to’langan pul mablag’lari summasi ko’rsatiladi, bundan uzoq muddatli aktivlarni xarid qilish uchun to’lovlar mustasno.
“Xodimlarga va ular nomidan to’langan pul mablag’lari” moddasi bo’yicha (030-satr) xodimlarga mehnatga haq to’lash ko’rinishida to’langan pul mablag’lari summasi, shuningdek davlat maqsadli jamg’armalariga to’langan mablag’lar summalari, byudjetga jismoniy shaxslar daromad solig’ini to’lash, kasaba uyushmasiga ajratmalar, alimentlar, uy-joy fondiga, xodimlarga berilgan bank kreditlari bo’yicha to’lash, xodimlarga ko’rsatiladigan xizmatlar uchun korxonaning haq to’lashi, kassadan va bank hisobvaraqlaridan xodimlar bilan va ular nomidan operatsiyalarga doir boshqa sarflashlar ko’rsatiladi.
“Operatsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to’lovlari” moddasi bo’yicha (040-satr) “Chiqim” ustunida royalti, turli xil taqdirlashlar, komission yig’imlar va boshqa operatsion faoliyatdan to’langan pul mablag’lari summasi, “Kirim” ustunida esa ulardan olingan pul mablag’lari summasi ko’rsatiladi.
“Jami operatsion faoliyatning sof pul kirimi /chiqimi” moddasi bo’yicha (050-satr), “Kirim” ustuni bo’yicha “+” belgisining va “Chiqim” ustuni bo’yicha “-” belgisining ta’sirini hisobga olib, 010, 020, 030, 040-satrlarni qo’shish natijasi ko’rsatiladi.
Bunda “Kirim” ustuni summasi “Chiqim” ustuni summasidan oshgan holda, oshgan saldo “Kirim” ustuni bo’yicha, teskari holda esa –“Chiqim” ustuni bo’yicha aks ettiriladi.
“Asosiy vositalarni sotib olish va sotish” moddasi bo’yicha (060-satr) korxonalar “Chiqim” ustunida mahsulot etkazib beruvchilarga to’langan asosiy vositalarni xarid qilganlik uchun pul mablag’lari summasini, “Kirim” ustunida esa - asosiy vositalarni sotishdan kelib tushgan mablag’lar summasini ko’rsatadilar.
“Nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish" moddasi bo’yicha (070-satr) korxonalar “Chiqim” ustunida nomoddiy aktivlarni xarid qilganlik uchun mahsulot etkazib beruvchiga to’langan pul mablag’lari summasini, “Kirim” ustunida esa - nomoddiy aktivlarni sotganlik uchun kelib tushgan mablag’lar summasini ko’rsatadilar.
“Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish va sotish” moddasi bo’yicha (080-satr) “Chiqim” ustunida qimmatli qog’ozlar va investitsiyalar boshqa dastaklarini xarid qilish uchun to’langan pul mablag’lari summasi, shu jumladan vositachilarga komission taqdirlashlar va birjada to’langan foizlar ko’rsatiladi, “Kirim” ustunida esa qimmatli qog’ozlar va investitsiyalar boshqa dastaklarini sotishdan kelib tushgan pul mablag’lari summasi aks ettiriladi.
“Investitsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to’lovlari” moddasi bo’yicha (090-satr) ”Chiqim” ustunida boshqa investitsion faoliyatga oid to’langan pul mablag’lari summasi, “Kirim” ustunida esa - olingan pul mablag’lari summasi ko’rsatiladi.
“Jami investitsion faoliyatning sof pul kirimi / chiqimi” moddasi bo’yicha (100-satr), “Kirim” ustunida “+” va “Chiqim” ustuni bo’yicha “-“ belgisining ta’sirini hisobga olgan holda, 060, 070, 080, 090-satrlarni jamlash natijasi ko’rsatiladi.
Bunda “Kirim” ustuni summasi "Chiqim" ustuni summasidan oshgan holda, oshgan saldo “Kirim” ustuni bo’yicha, teskari holda esa – “Chiqim” ustuni bo’yicha aks ettiriladi.
“Olingan va to’langan foizlar” moddasi bo’yicha (110-satr) “Kirim” ustunida olingan foizlar summasi, “Chiqim” ustunida esa to’langan foizlar summasi ko’rsatiladi.
“Olingan va to’langan dividendlar” moddasi bo’yicha (120-satr) “Kirim” ustunida olingan dividendlar summalari ko’rsatiladi, "Chiqim" ustunida esa to’langan dividendlar summalari aks ettiriladi.
“Aktsiyalar chiqarishdan yoki xususiy kapital bilan bog’liq bo’lgan boshqa instrumentlardan kelgan pul tushumlari” moddasi bo’yicha (130-satr) hisobot yilida chiqarilgan (sotilgan) aktsiyalar yoki o’z sarmoyasi bilan bog’liq boshqa instrumentlar uchun aktsiyadorlardan kelib tushgan pul mablag’lari summasi aks ettiriladi.
“Xususiy aktsiyalarni sotib olganda va ularni sotganda pul to’lovlari va tushumlari” moddasi bo’yicha (140-satr) sotib olingan xususiy aktsiyalarni sotishdan kelib tushgan pul mablag’lari summalari, shuningdek korxonada bo’lgan xususiy aktsiyalar, hissalar va paylar uchun, ularni keyingi sotish yoki yo’q qilish (bekor qilish) maqsadida, egalariga to’langan pul mablag’lari summasi ko’rsatiladi.
“Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar bo’yicha pul tushumlari va to’lovlari” moddasi bo’yicha (150-satr) “Kirim” ustunida hisobot davrida kelib tushgan kredit va qarzlar summasi, "Chiqim" ustunida esa - kredit va qarzlar bo’yicha to’lovlar ko’rsatiladi.
“Uzoq muddatli ijara (lizing) bo’yicha pul tushumlari va to’lovlari” moddasi bo’yicha (160-satr) “Chiqim” ustunida ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) to’langan pul mablag’lari summasi, “Kirim” ustunida esa - ijarachidan (lizing oluvchidan) kelib tushgan pul mablag’lari summasi ko’rsatiladi.
“Moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va to’lovlari” moddasi bo’yicha (170-satr) “Chiqim” ustunida boshqa moliyaviy faoliyatga oid to’langan pul mablag’lari summasi “Kirim” ustunida esa - olingan pul mablag’lari summasi ko’rsatiladi.
“Jami moliyaviy faoliyatning sof kirimi / chiqimi” moddasi bo’yicha (180-satr) “Kirim” ustuni bo’yicha “+” va “Chiqim” ustuni bo’yicha “-” belgisining ta’sirini hisobga olgan holda, 110, 120, 130, 140, 150, 160, 170-satrlar summasi ko’rsatiladi.
Bunda “Kirim” ustuni summasi “Chiqim” ustuni summasidan oshgan holda, oshgan saldo “Kirim” ustuni bo’yicha, teskari holda esa – “Chiqim” ustuni bo’yicha aks ettiriladi.
“To’langan daromad (foyda) solig’i” moddasi (190-satr) bo’yicha to’langan foyda solig’i summasi ko’rsatiladi.
“To’langan boshqa soliqlar” moddasi bo’yicha (200-satr) to’langan soliqlar, bojlar va ularga tenglashtirilgan yig’imlar hamda ajratmalar summasi ko’rsatiladi, bundan daromad (foyda) solig’i mustasno.
“Jami to’langan soliqlar” moddasi bo’yicha (210-satr) 190 va 200-satrlar summasi aks ettiriladi.
“Jami moliyaviy-xo’jalik faoliyatining sof pul kirimi / chiqimi” moddasi bo’yicha (220-satr), “Kirim” ustuni bo’yicha “+” va “Chiqim” ustuni bo’yicha “-” belgisining ta’sirini hisobga olgan holda, 050, 100, 180, 210-satrlar summasi ko’rsatiladi.
Bunda “Kirim” ustuni summasi “Chiqim” ustuni summasidan oshgan holda, oshgan saldo “Kirim” ustuni bo’yicha, teskari holda esa – “Chiqim” ustuni bo’yicha aks ettiriladi.
“Chet el valyutasidagi pul mablag’larini qayta baholashdan yuzaga kelgan kurs farqlari saldosi” moddasi bo’yicha (221-satr) hisobot davri mobaynida hosil bo’lgan, chet el valyutasidagi pul mablag’larini qayta baholashdan yuzaga kelgan musbat yoki manfiy kurs farqlari saldosi aks ettiriladi (5000, 5200, 5500, 5600, 5700 hisobvaraqlari).
“Yil boshidagi pul mablag’lari” moddasi bo’yicha (230-satr) korxona balansi 320-satri 3-ustuni bo’yicha qayd etilgan, pul mablag’larini hisobga olish hisobvaraqlaridagi (5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700) pul mablag’lari qoldiqlarining summasi ko’rsatiladi.
“Yil oxiridagi pul mablag’lari” moddasi bo’yicha (240-satr) korxona balansi 320-satri 4-ustunida qayd etilgan, pul mablag’larini hisobga olish hisobvaraqlaridagi (5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700) pul mablag’lari qoldiqlarining summasi ko’rsatiladi.
“Chet el valyutasidagi pul mablag’larining harakati to’g’risida ma’lumot” bo’limida hisobot davrida chet el valyutada pul mablag’larining harakati ko’rsatiladi.
Valyuta mablag’lari operatsiyalarni amalga oshirish paytida O’zR MBning kursi bo’yicha O’zR milliy valyutasida, valyuta mablag’lari qoldig’i esa - hisobot davrining oxirgi sanasida aks ettiriladi.
“Yil boshiga qoldiq” moddasi bo’yicha (250-satr) hisobot davri boshida korxonaning valyuta hisobvaraqlari va kassasida bo’lgan valyuta mablag’lari summasi ko’rsatiladi.
“Kelib tushgan valyuta mablag’lari, jami” moddasi bo’yicha (260-satr) 261, 262, 263, 264-satrlarda ko’rsatilgan, hisobot davrida valyuta tushumlarining umumiy summasi ko’rsatiladi, bu satrlarda aks ettiriladi:
a) 261-satr bo’yicha – “Sotishdan olingan tushum” - korxona tomonidan hisobot davrida olingan valyuta tushumi summasi;
b) 262-satr bo’yicha – “Konvertatsiya qilingan” - sotib olingan chet el valyuta summasi;
c) 263-satr bo’yicha – “Moliyaviy faoliyat bo’yicha” - moliyaviy faoliyatdan olingan valyuta mablag’lari summasi;
d) 264-satr bo’yicha – “Boshqa manbalar” - 261, 262, 263-satrlarda sanalmagan manbalar hisobiga korxonaning valyuta hisobvaraqlari va kassasiga boshqa valyuta tushumlari summasi.
“Sarflangan valyuta mablag’lari, jami” moddasi bo’yicha (270-satr) korxona tomonidan 271-273-satrlarda ko’rsatilgan turli maqsadlarga sarflangan valyuta mablag’larining umumiy summasi aks ettiriladi, bu satrlarda aks ettiriladi:
a) 271-satr bo’yicha –“Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lovlar” - mol-mulkni olishga, bajarilgan ishlarga va ko’rsatilgan xizmatlarga sarflangan valyuta mablag’lari summasi;
b) 272-satr bo’yicha –“Moliyaviy faoliyat bo’yicha to’lovlar” - moliyaviy faoliyat bo’yicha sarflangan valyuta mablag’lari summasi;
c) 273-satr bo’yicha – “Boshqa maqsadlar uchun to’lovlar” - 271, 272-satrlarda sanalmagan boshqa maqsadlarga sarflangan valyuta summasi.
“Chet el valyutasidagi pul mablag’larini qayta baholashdan yuzaga kelgan kurs farqlari saldosi” moddasi bo’yicha (280-satr) hisobot davri mobaynida hosil bo’lgan, chet el valyutasidagi pul mablag’larini qayta baholashdan yuzaga kelgan musbat yoki manfiy kurs farqlari saldosi aks ettiriladi (5000, 5200, 5500, 5600, 5700 hisobvaraqlari).
“Yil oxiridagi qoldiq” moddasi bo’yicha (280-satr) hisobot yili oxirida korxonaning valyuta hisobvaraqlari va kassasida bo’lgan, satrlar ma’lumotlari (satr 250 + 260 – 270 + / - 280) bo’yicha aniqlanadigan valyuta mablag’lari summasi aks ettiriladi.
Quyida “Pul oqimlari to’g’risida hisobot” 4-shakl namunasi keltirilgan (12.6-jadval):
12.6-jadval
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot
Do'stlaringiz bilan baham: |