Vino tabiiy (nob) (bir 1 dal tayyor mahsulot uchun) (etil spirti qo’shilmagan holda)
7 700 so’m
8 300 so’m
boshqa vinolar
14 500 so’m
15 700 so’m
16 800 so’m
3
Konyak (bir 1 dal tayyor mahsulot uchun)
102 000 so’m
109 100 so’m
116 400 so’m
spirt hajmi 40 %dan yuqori bo’lgan konyak uchun
168 100 so’m
179 700 so’m
192 300 so’m
4
Aroq va boshqa alkogol mahsulotlarga (bir 1 dal tayyor mahsulot uchun)
98 000 so’m
107 800 so’m
116 400 so’m
spirt hajmi 40 %dan yuqori bo’lganaroq va boshqa alkogol mahsulotlarga
162 700 so’m
179 000 so’m
192 300 so’m
5
Pivo (bir 1 dal tayyor mahsulot uchun)
10 600 so’m
11 700 so’m
6
Filtrli va filttrsiz sigaretlar, papiroslarga
141 500 so’mG’ 1000 dona Q 9,0 foiz*
152 800 so’mG’ 1000 dona Q 9,0 foiz*
163 500 so’mG’ 1000 dona Q 9,0 foiz*
7
Yuvelir mahsulotlari
25%
8
Mobil aloqa xizmati
20%
9
Kumushdan qilingan oshxona priborlari
11%
10
Neft mahsulotlari:
benzin Ai-80
200 000 so’m / tonna
benzin Ai-91, Ai-92, Ai-93, Ai-95
250 000 so’m / tonna
dizel yoqilg’isi
200 000 so’m / tonna
dizel yoqilg’isi EKO
180 000 so’m / tonna
aviakerosin
180 000 so’m / tonna
dizel yoki karbyuratorli (injektorli) dvigatellar uchun motor yog’i
250 000 so’m / tonna
11
Tabiiy gaz, eksport bilan
20%
12
Korxona-ishlab chiqaruvchi tomonidan sotilayotgan suyuqtirilgan gaz uchun (AK “Uztransgaz” unitar korxonasi tomonidan aholiga sotiladigan gaz bundan mustasno), hamda eksport
30%
13
Polietilenli granulalar
30%
14
Yakuniy iste’molchiga sotiladigan:**
benzin
285 so’m 1 litr uchun / 378 480 so’m 1 tonnaga
350 so’m 1 litr uchun / 465 530 so’m 1 tonnaga
dizel yoqilg’isi
285 so’m 1 litr uchun / 346 275 so’m 1 tonnaga
350 so’m 1 litr uchun / 425 918 so’m 1 tonnaga
suyuqtirilgan gaz
285 so’m 1 litr uchun / 540 645 so’m 1 tonnaga
350 so’m 1 litr uchun / 664 993 so’m 1 tonnaga
siqilgan gaz
435 so’m 1 kub. metr uchun
500 so’m 1 kub. metr uchun
* Qat’iy belgilangan aktsiz solig’i stavkalari natural hajmda sotilgan aktsizli tovarlar uchun belgilanadi, aktsiz solig’ini advalor stavkasi ishlab chiqaruvchini sotilgan tovarlar qiymatiga aktsiz solig’i va qo’shimcha qiymat solig’i qo’shilmagan holda belgilanadi.
** Benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan gaz avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali orqali sotilsa aktsiz solig’i 1 litr uchun hisoblanadi, boshqa holatlarda 1 tonna hisobiga.
Aktsiz solig’ini to’lovchilar deb quyidagi shaxslar e’tirof etiladi:
1) O’zR hududida aktsiz solig’i solinadigan tovarlarni (aktsiz to’lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
2) tabiiy gazni iste’molchilarga realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar;
3) benzin, dizel yoqilg’isini yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali, shuningdek gazni avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar;
4) oddiy shirkat ishtirokchisi bo’lgan, oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshiriladigan aktsiz to’lanadigan tovarni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat bo’yicha oddiy shirkat ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs;
5) O’zRning bojxona hududi orqali aktsiz to’lanadigan tovarlarni olib o’tuvchilar.
Quyidagilar ham soliq to’lovchilar deb e’tirof etiladi:
1) telekommunikatsiya mobil aloqa xizmatlarini (aktsiz to’lanadigan xizmatlarni) ko’rsatadigan O’zR yuridik shaxslari;
2) O’zRda faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan, aktsiz solig’i solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi yoki shunday tovarlarni olib kirishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari.
Soliq solish ob’ekti.Aktsiz solig’i solinadigan ob’ektlar quyidagilardan iborat:
1) aktsiz to’lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan aktsiz to’lanadigan tovarlarni boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash uchun berish:
- tovarga bo’lgan mulk huquqini berish;
- garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo’yilgan aktsiz to’lanadigan tovarlarni garovga qo’yuvchi tomonidan berish;
- aktsiz to’lanadigan tovarlarni bepul berish;
- aktsiz to’lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) jismoniy shaxslarning mehnatiga haq to’lash yoki dividendlar to’lash hisobidan berish;
2) aktsiz to’lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida yoxud oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to’g’risidagi shartnoma) bo’yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida berish;
3) aktsiz to’lanadigan tovarlarni:
a) ishtirokchiga (muassisga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoxud yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi kamayganda yoki yuridik shaxs tomonidan ishtirokchidan ushbu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning bir qismi) qaytarib sotib olinganda ishtirokchiga berish;
b) yuridik shaxs bo’lgan emitent tomonidan aktsiyadordan ushbu emitent chiqargan aktsiyalar qaytarib sotib olingan taqdirda aktsiyadorga berish;
c) yuridik shaxsni tugatishda aktsiyadorga yoki ishtirokchiga berish;
4) aktsiz to’lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan qayta ishlash uchun topshirish, shuningdek qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo’lgan, shuningdek aktsiz to’lanadigan shunday xom ashyo va materiallarning mahsuli bo’lgan, aktsiz to’lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga ishlab chiqaruvchi tomonidan topshirish;
5) aktsiz to’lanadigan tovarlardan o’z ehtiyojlari uchun foydalanish;
6) aktsiz to’lanadigan tovarlarni O’zRning bojxona hududiga olib kirish;
7) benzinni, dizel yoqilg’isini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilish yoki ulardan o’z ehtiyojlari uchun foydalanish;
8) aktsiz to’lanadigan xizmatlar ko’rsatish;
9) O’zR hududida ishlab chiqarilgan va (yoki) O’zRning bojxona hududiga import qilinadigan aktsiz to’lanadigan tovarlarning buzilishi, yo’qotilishi, bundan favqulodda vaziyatlar natijasida yuzaga kelgan hollar mustasno. Aybdor tomonidan tovarning qiymati sug’urta orqali to’langan yoki uning o’rni qoplangan taqdirda, aktsiz solig’i sug’urta orqali to’lash (o’rnini qoplash) ulushida to’lanadi.
Quyidagilar soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi:
1) aktsiz to’lanadigan tovarlarni eksportga (eksportning bojxona tartib-taomillarida) realizatsiya qilish, bundan aktsiz to’lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;
2) bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan, qayta ishlash mahsuli bo’lgan aktsiz to’lanadigan tovarlarni keyinchalik O’zRning bojxona hududidan olib chiqib ketish sharti bilan berish;
3) ixtisoslashtirilgan gaz ta’minoti korxonalari orqali aholiga suyultirilgan gazni maishiy ehtiyojlar uchun realizatsiya qilish;
4) O’zRning bojxona hududiga quyidagi aktsiz to’lanadigan tovarlarni:
- O’zR VM tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida olib kirish;
- davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar orqali xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko’mak ko’rsatish maqsadida olib kirish;
- agar qarz shartnomasida ularni soliqdan ozod etish nazarda tutilgan bo’lsa, xalqaro moliya institutlarining qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari hisobidan olib kirish;
5) aktsiz to’lanadigan tovarlarni O’zRning bojxona hududiga soliq solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilish. O’zR hududiga soliq solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib kirishning eng yuqori normalari qonun hujjatlarida belgilanadi;
6) vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig’i bo’lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari hamda tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo’yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari.
Soliq bazasi belgilangan soliq stavkalariga qarab aktsiz to’lanadigan tovarlarning (xizmatlarning) har bir turi bo’yicha alohida aniqlanadi.
Aktsiz to’lanadigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan soliq stavkalari mutloq (qat’iy) summada belgilangan bo’lsa, soliq bazasi aktsiz to’lanadigan tovarlarning (xizmatlarning) naturada ifodalangan hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ishlab chiqarilayotgan aktsiz to’lanadigan tovarlarga (xizmatlarga) soliq stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan bo’lsa, soliq bazasi bo’lib realizatsiya qilingan aktsiz to’lanadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati, biroq ularning haqiqiy tannarxidan past bo’lmagan qiymati hisoblanadi.
Jismoniy shaxslar mehnatiga haq to’lash, hisoblab chiqarilgan dividendlar hisobiga bepul yoki boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash uchun beriladigan aktsiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha soliq bazasi 285 moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Qaytarib berish sharti bilan qayta ishlangan xom ashyo va materiallardan ishlab chiqarilgan aktsiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha soliq bazasi aktsiz to’lanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlarning qiymatini hamda qaytarish sharti bilan qayta ishlangan xom ashyo va materiallarning qiymatini o’z ichiga oladi.
Aktsiz to’lanadigan tovarlarga nisbatan qat’iy belgilangan va advalor soliq stavkalaridan iborat bo’lgan aralash soliq stavkalari belgilangan bo’lsa, soliq bazasi, agar ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, aktsiz to’lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan hamda realizatsiya qilingan aktsiz to’lanadigan tovarlarning qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Chetdan olib kirilayotgan aktsiz to’lanadigan tovarlarga nisbatan foizlardagi (advalor) soliq stavkalari belgilangan bo’lsa, soliq bazasi bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan bojxona qiymati asosida aniqlanadi.
Olib kirilayotgan aktsiz to’lanadigan tovarlarga nisbatan qat’iy belgilangan soliq stavkalari belgilangan bo’lsa, soliq bazasi import qilingan aktsiz to’lanadigan tovarlarning natura holidagi hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Olib kirilayotgan aktsiz to’lanadigan tovarlarga nisbatan qat’iy belgilangan va advalor soliq stavkalaridan iborat bo’lgan aralash soliq stavkalari belgilangan bo’lsa, soliq bazasi bojxona qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan, aktsiz to’lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan va (yoki) aktsiz to’lanadigan tovarlarning bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan bojxona qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Benzinni, dizel yoqilg’isini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilish chog’ida realizatsiya qilingan va (yoki) shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanilgan benzinning, dizel yoqilg’isi va gazning naturada ifodalangan hajmi soliq bazasi hisoblanadi.
Soliq davriaktsiz hisoblash bir oydir.