Mehnatga haq to’lashning vaqtbay shakli. Vaqtbay-ish haqining bir shakli bo’lib, unda ish haqi xodimning malakasi va mehnat sharoitini hisobga olgan holda sarflangan (haqiqatda ishlagan) vaqt miqdoriga bog’liq.
Ishchilarga vaqtbay to’lov shaklida vazifalar normalashtirib belgilanadi. Muayyan funktsiyalarni va ish hajmlarini bajarish uchun xizmat ko’rsatish normalar yoki xodimlar sonining me’yorlari belgilanishi mumkin.
Mehnatga haq to’lashni oddiy vaqtbay va vaqtbay-mukofotli tizimlari mavjud:
- oddiy vaqtbay - to’lov bajarilgan ish miqdoridan qat’iy nazar ishlagan vaqtining ma’lum bir miqdori uchun amalga oshiriladi;
- vaqtbay-mukofotli ish haqi - nafaqat ishlagan vaqtga tarif bo’yicha, balki ish sifati uchun ham mukofot to’lovi bor.
Tarif stavkasi razmeri yoki maosh, ish haqiga ustama miqdori ko’rsatilgan (foiz yoki miqdori) xodimlarning shaxsiy kartalari (shakl № T-2), hamda haqiqiy ishlagan ish vaqtini hisobga oluvchi birlamchi hujjatlar shakl № T-12 “Ish vaqtini hisobga oluvchi tabel va mehnatga haq to’lash hisob-kitobi” va shakl № T-13 “Ish vaqtini hisobga oluvchi tabel” ma’lumotlari asosida ish haqi hisoblanadi:
- hisob-kitob va to’lov qaydnomasi (shakl № T-49);
- hisob-kitob qaydnomasi (shakl № T-51);
- to’lov qaydnomasi (shakl № T-53).
Mehnatga haq to’lashning vaqtbay shaklida ish haqini hisoblash uchun haqiqatda ishlagan vaqt miqdorini va tarif stavkasini bilish kifoya. Shuning uchun ish vaqtini hisobga olish tabeli ish haqi hisoblash uchun asosiy hujjat hisoblanadi.
Xodimning ish haqi (Ih) o’z razryadining soatlik yoki kunlik tarif stavkasini o’zi ishlagan soatlar yoki kunlar soniga ko’paytirish orqali aniqlanadi:
Ih = S * t,
bu erda:
S – soatbay (sutkalik) tarif stavkasi,
t – haqiqiy ishlagan vaqt.
Oddiy vaqtbay haq to’lash tizimi xodim mehnatining yakuniy natijalari bilan uning ish haqi o’rtasida bevosita bog’liqlikni ta’minlamaydi. Shuning uchun haq to’lashning vaqtbay-mukofotli tizimi keng tarqalgan bo’lib, u ish natijalariga mas’uliyat va shaxsiy moliyaviy qiziqishni oshirish bilan birga, nafaqat miqdor, balki ish sifatini ham hisobga oladi. Bu holda, mukofot xodimga mehnat natijalari bo’yicha qo’shimcha moddiy rag’batlantirish bo’lib, asbob-uskunalar va ishchilarni bekor turishini kamaytirish, vaqtni tejash, mashina va asbob-uskunalarni avariyasiz ishlatilishi, materiallarni tejash uchun hisoblanishi mumkin.
Mukofot to’lanadigan shaxslar doirasi, uning ko’rsatkichlari va shartlari, mukofotlar hajmi xodimlarning vakillik organi fikrini hisobga olgan holda ish beruvchilar tomonidan belgilangan mukofotlash to’g’risidagi Nizomga asosan amalga oshiriladi. Xodim mukofotlash ko’rsatkichlari va shartlarini bajarilganda, u mukofotni to’lashni talab qilish huquqiga ega, tashkilot ushbu mukofotni to’lash majburiyatiga ega. Bunday mukofotlar vaqtbay-mukofotli va ishbay-mukofotli mehnatga haq to’lash tizimini ajralmas qismi hisoblanadi.
Mukofotlar vaqtbay ishchilar - uchun ham shaxsiy, va ham tsexlar va korxonalarning natijaviy ko’rsatkichlari bo’yicha hisoblanishi mumkin. Mukofotning hajmi korxona yoki tsexlar tomonidan belgilanadi va bu summa vaqtbay ish haqi asosida hisoblanib mahsulot tannarxiga kiritiladi. Odatda, bunday mukofotlar asosiy ish haqi (maosh, tarif stavkasi) ulushi sifatida belgilanadi.
Vaqtbay-mukofotli tizimi bo’yicha xodimning ish haqi (Ih)ni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
P + K + L
Ih = S * t ----------------,
100
bu erda:
S – soatlik (kunlik) tarif stavkasi;
t – haqiqiy ishlagan vaqt;
P – mukofot hajmi belgilangan ko’rsatkichlar va bonuslar shartlarini bajarish uchun tarif stavkasining foiz sifatida;
K – mukofot hajmi belgilangan ko’rsatkichlar va mukofotlash shartlari ustidan bajarilishining har bir foizi uchun mukofot summasi, %;
L – belgilangan ko’rsatkichlar va mukofotlar shartlarini ortiq bajarish foizi.
Normal mehnat sharoitlaridan, normal ish vaqtini davomiyligidan chetga chiqishda tashkilot O’zR Mehnat kodeksining muayyan normalariga rioya qilishi shart.
O’zR mehnat kodeksida normal mehnat sharoitlaridan chetga chiqish aniqlab berilgan: turli malakadagi ishlarni bajarilish, kasblarni birlashtirish, ish vaqtidan tashqari ish, dam olish va bayram kunlari ish va boshqalar. Bunday hollarda oshirilgan ish haqini belgilash ko’rsatilgan. Minimal miqdordagi qo’shimcha ish haqi qonun hujjatlarida belgilangan. Korxonalarga muayyan miqdordagi qo’shimcha ish haqlarni mustaqil belgilash huquqi berilgan, lekin har qanday holatda ham ular qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan past bo’lishi mumkin emas (mehnat kodeksining 153-moddasi). Ish haqiga qo’shimcha haq belgilash va to’lash shartlari jamoa shartnomasida belgilab qo’yiladi.
Normal mehnat sharoitlaridan chetga chiqishlarni qonunchilik bilan ta’minlashning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqaylik.