4.11. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olish bo’yicha amaliy mashg’ulot
Asosiy vositalarni sotib olish.
№1-misol. 2019 yilning 12 fevral kuni kompaniya 75 000 000 so’mlik avtomobil sotib oldi, QQS summasi esa 11 250 000 so’m. Transport xarajatlari (etkazib berish o’z transportida amalga oshirildi) 210 000 so’mni tashkil qildi. Avtotransport vositasini YHXX organlarida hisobga qo’yish bo’yicha xarajatlar 3 000 000 so’m. Sotib olingan mol-mulk bo’yicha mol etkazib beruvchi bilan hisob-kitoblar jo’natilgan kunda (2019 yil 12.02) amalga oshirildi.
Ob’ektning boshlang’ich narxini aniqlang va buxgalteriya yozuvlarini tuzing?
Yechim