Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan



Download 2,01 Mb.
bet102/724
Sana06.02.2022
Hajmi2,01 Mb.
#432594
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   724
Bog'liq
BUXGALTERIYA HISOBI

3.4. Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan
hisob-kitoblar hisobi

Tovar-moddiy qiymatliklar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar, shuningdek tashish bo’yicha olingan xizmatlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga bo’lgan joriy majburiyatlar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:


- 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”;
- 6020 “Berilgan veksellar”.
Pudratchi qurilish va montaj, ilmiy-tadqiqot va shu kabi korxonalar bosh pudratchi (bosh korxona) hisoblansa, o’z subpudratchilariga bo’lgan majburiyatlarini ham ushbu hisobvaraqda aks ettiradi.
6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar” hisobvarag’i haqiqatda kelib tushgan TMZ va boshqa aktivlar, qabul qilingan ish va xizmatlarning qiymatiga ushbu qiymatliklarni yoki tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda kreditlanadi.
Agar omborga kelib tushgan moddiy qiymatliklarning sifati, miqdori, shuningdek bahosi shartnomada kelishilgan shartlarga mos kelmasa, 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar” hisobvarag’i 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar” hisobvarag’i bilan bog’langan holda tegishli summaga kreditlanadi.
6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob har bir mol etkazib beruvchi va pudratchi bo’yicha alohida yuritiladi.
6020 “Berilgan veksellar” hisobvarag’ining kreditida sotib olingan TMZ va boshqa aktivlar, qabul qilingan ish va xizmatlar uchun veksellar bilan ta’minlangan joriy majburiyatlar hisobga olinadi va ularni qoplash davrigacha hisobda turadi. Veksellar bo’yicha majburiyatlar qoplanishiga qarab ular pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditidan 6020 “Berilgan veksellar” va 6920 “Hisoblangan foizlar” hisobvaraqlarining debetiga hisobdan chiqariladi.
6020 “Berilgan veksellar” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob berilgan veksellarning har bir turi bo’yicha alohida yuritiladi.
Shu bilan birga analitik hisobning tashkil etilishi qarz to’g’risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi kerak, ya’ni:
- MEB dan qabul qilingan hujjatlar to’lashga rozilik bergani, lekin to’lov muddati kelmagan;
- MEB dan qabul qilingan hujjatlar to’lashga rozilik bergani, lekin to’lov muddati o’tgan;
- MEBlarga hujjatsiz qabul qilingan TMQ;
- MEBlarga berilgan bo’naklar;
- MEBga berilgan veksellar bo’yicha, lekin to’lov muddati kelmagan;
- MEBga berilgan veksellar bo’yicha, lekin to’lov muddati o’tgan;
- MEBdan tijorat krediti olgan bo’yicha.
Quyida mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlarni harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib chiqamiz:
1) Mol etkazib beruvchilardan o’rnatiladigan asbob-uskunalar kelib tushdi:
D 0700 “O’rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
2) Kapital qo’yilmalar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarning bajargan ishlari va ko’rsatgan xizmatlari yuzasidan berilgan hisobvaraqlar to’lovga qabul qilindi:
D 0800 “Kapital qo’yilmalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
3) Mol etkazib beruvchilardan materiallar kelib tushdi:
D 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
4) Mol etkazib beruvchilardan o’stirishga va boquvga hayvonlar kelib tushdi:
D 1100 “O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
5) Mol etkazib beruvchilardan turli TMZ kelib tushdi (1510 - hisobvarag’i qo’llanilganda):
D 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
6) Mol etkazib beruvchilardan tovar-moddiy zahiralarni xarid qilishda hisobga olingan QQS summasi:
D 4410 “Byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha bo’nak to’lovlari (turlari bo’yicha)”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
7) Korxona tomonidan asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatuvchi xo’jalik, umumishlab chiqarish va boshqaruv ehtiyojlari uchun mol etkazib beruvchilarning bajargan ish va xizmatlari (jumladan: energiya, gaz, bug’, suv) qabul qilindi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” yoki
D 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari” yoki
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar” yoki
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
8) Yaroqsiz mahsulotni tuzatish va kafolatli ta’mirlash bo’yicha mol etkazib beruvchilarning ko’rsatgan xizmatlari qabul qilindi:
D 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
9) Mol etkazib beruvchilardan kelgusi davr xarajatlariga tegishli bo’lgan ish va xizmatlar qabul qilindi:
D 3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
10) Mol etkazib beruvchilardan tovarlar kelib tushdi:
D 2900 “Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
11) Mahsulotlar, tovarlar, ish va xizmatlarni sotishda mol etkazib beruvchilar va pudratchilar ko’rsatgan ish va xizmatlar qabul qilindi:
D 9410 “Sotish xarajatlari”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
12) Tabiiy ofatlarni tugatish bo’yicha mol etkazib beruvchilar va pudratchilarning xizmatlari qabul qilindi:
D 9720 “Favquloddagi zararlar”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
13) Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga bo’lgan qarzlar bankdagi hisobvaraqlardan to’landi:
D 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
K 5200 “Chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
K 5500 “Bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
14) Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarning hisobvaraqlarini to’lashda oldindan berilgan bo’naklarning hisobga olinishi:
D 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”
K 4300 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
15) Da’vo muddati tugagan kreditorlik qarzlari hisobdan chiqarildi:
D 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”
K 9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar”.
16) Kreditorlik qarzini to’lash uchun mol etkazib beruvchiga oddiy veksel berildi:
D 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”
K 6020 “Berilgan veksellar”.
Tovar-moddiy zahiralar va boshqa aktivlarni etkazib berish, shuningdek ish bajarish va xizmat ko’rsatish uchun berilgan bo’naklar bo’yicha hisob-kitoblar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
4310 “TMQlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar”;
4320 “Uzoq muddatli aktivlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar”;
4390 “Boshqa berilgan bo’naklar”.
Berilgan bo’naklar summasi, shuningdek qisman tayyor holdagi tovarlar, ish va xizmatlar uchun to’langan summalar 4310 “TMQlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar”, 4320 “Uzoq muddatli aktivlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar”, 4390 “Boshqa berilgan bo’naklar”hisobvaraqlarining debetida pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga bo’naklar mol etkazib beruvchilar va korxona o’rtasida tuzilgan shartnoma yoki kontrakt asosida beriladi. Ayrim hollarda, qisman bajarilgan ishlar to’g’risidagi dalolatnoma bo’lishi mumkin. Bunda to’lov topshiriqnomalarida qisman to’lov miqdori yoki oldindan to’lov foizi ko’rsatiladi.
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (4300) bo’yicha analitik hisob har bir debitor bo’yicha yuritiladi.
Quyida mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarni harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:
1) Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash uchun naqd pulda bo’naklar berildi:
D 4310 “TMQlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar”
K 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari”.
2) Bankdagi hisobvaraqlardan bo’naklar o’tkazildi:
D 4300 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
K 5200 “Chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
K 5500 “Bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
3) Olingan kreditlar va qarzlar hisobidan bo’naklar o’tkazildi:
D 4300 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 6800 “Qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
K 7800 “Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
4) Kontraktning bekor qilinishi natijasida avval berilgan bo’naklar qaytarildi:
D 5000 “Kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
D 5200 “Chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 5500 “Bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 4300 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
5) Mol etkazib beruvchilar yoki pudratchilarga bo’lgan qarzlarni qoplashda avval berilgan bo’naklarning hisobga olinishi:
D 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar” yoki
D 7010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”
K 4300 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
6) Mol etkazib beruvchilarga berilgan bo’naklarning da’vo muddati o’tganlari hisobdan chiqarildi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 4300 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
7) Berilgan bo’nakning tegishli summasi uzoq muddatli qismidan joriy qismga o’tkazildi:
D 4300 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 0940 “Boshqa uzoq muddatli debitorlik qarzlari”.
Kuzatuv hujjatsiz qabul qilingan TMQ 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar” hisobvarag’i kreditlanadi va ularning qiymati shartnoma asosida belgilanadi.
O’zaro talabnomalarni hisobga olgan holda majburiyatlar nihoyasiga etganda 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar” hisobvarag’i debetlanadi va 4300 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” hisobvaraqlari kreditlanadi.
Hisobvaraq ma’lumotlari asosida korxona kreditorlar oldida o’z majburitlarini aks ettiradi, ya’ni 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar” hisobvarag’ining qoldig’i korxonaning kreditorlik qarzini ko’rsatadi.
Da’vo muddati o’tgan kreditorlik va deponentlik qarzlari summasi (3 yildan so’ng), har bir majburiyat bo’yicha o’tkazilgan inventarizatsiya asosida, yozma asoslangan va tashkilot rahbari buyrug’i (farmoyish)ga binoan hisobdan chiqariladi, tijorat tashkilotlarida moliyaviy natijaga va notijorat tashkilotlarda daromadni ko’payishiga olib boriladi.
Da’vo muddati o’tgan kreditorlik va deponentlik qarzlari summasi boshqa daromadlar deb tan olinadi.



Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   724




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish