Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Xo’jaliklararo hisob-kitoblar hisobi



Download 2,01 Mb.
bet100/724
Sana06.02.2022
Hajmi2,01 Mb.
#432594
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   724
Bog'liq
BUXGALTERIYA HISOBI

3.2.Xo’jaliklararo hisob-kitoblar hisobi

Filiallarga (vakolatxonalarga) yoki boshqa tarkibiy bo’linmalarga ega bo’lgan yuridik shaxslarda buxgalteriya hisobi tarkibiy bo’linmalarning maqsadi, xarajatlarini moliyalashtirish manbalari, ularni boshqarish tuzilmasiga qarab turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Bosh tashkilotida buxgalteriya hisobining yuritish tartibi filiallarda bank hisobining mavjudligi yoki yo’qligi va alohida balansga ega bo’lishiga ham bog’liq.


Agar filiallar, vakolatxonalar va boshqa alohida bo’linmalar alohida balansga ajratilgan bo’lsa, bosh tashkilotining alohida bo’linmalar bilan hisob-kitoblar aktiv hisobvaraqlar guruhi 4100 “Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan olinadigan hisobvaraqlar” va passiv hisobvaraqlar guruhi 6100 “Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan hisobvaraqlar” bilan amalga oshiradi.
21-sonli BHMSga muvofiq ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlari bilan tovarlar, tayyor mahsulot, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun debitorlik qarzlari bo’yicha hisob-kitoblar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
4110 “Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan hisobvaraqlar”;
4120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan olinadigan hisobvaraqlar”.
4110 “Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan hisobvaraqlar” hisobvarag’ida korxonaning umumiy balansiga (ichki xo’jalik yoki ichki balans hisob-kitoblar) qo’shiladigan ajratilgan bo’linmalar (filiallar, vakolatxonalar)ning debitorlik qarzlari hisobga olinadi. Bu hisobvaraqda ajratilgan mulklar, moddiy qiymatliklarni o’zaro hamkorlikda chiqarish, bo’linmalarning xodimlariga ish haqi to’lash va boshqa joriy operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun asosiy hujjatlar bo’lib ta’sis shartnomasi, chora-tadbirlar shartnomasi, ta’sischilarning ushbu bo’linmalarni tashkil qilish to’g’risidagi qarori, ta’sischilarning mulkni berish to’g’risidagi qarori va boshqalar hisoblanadi.
Ko’rsatilgan bo’linmalarga ajratilgan mulk korxona tomonidan asosiy vositalar (0100), nomoddiy aktivlar (0400), o’rnatiladigan asbob-uskunalar (0700), materiallar (1000), tayyor mahsulotlar (2800), tovarlar (2900) va boshqalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlardan 4110 “Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan hisobvaraqlar” hisobvarag’ining debetiga hisobdan chiqariladi.
4120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan olinadigan hisobvaraqlar” hisobvarag’ida sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlarining (balanslararo yoki xo’jalik ichidagi hisob-kitoblar) debitorlik qarzlari hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqda tovar, mahsulot, ish, xizmatlarni sotish va boshqa joriy operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
4110 “Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan hisobvaraqlar” va 4120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan olinadigan hisobvaraqlar” hisobvaraqlari bo’yicha analitik hisob har bir ajratilgan bo’linma, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlari bo’yicha yuritiladi.
Quyida ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan olinadigan hisobvaraqlarni harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:
1) Debitorlik qarzlarini qoplash uchun ajratilgan bo’linmalardan assosiy vositalar va boshqa aktivlar kelib tushdi:
D 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 4110 “Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan hisobvaraqlar”.
2) Ajratilgan bo’linmalarga mol-mulk (asosiy vositalar va boshqa aktivlar) ajratildi:
D 4110 “Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan hisobvaraqlar”
K 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
3) Ajratilgan bo’linmalar xodimlariga mehnat haqi to’lash uchun pul mablag’lari ajratildi:
D 4110 “Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan hisobvaraqlar”
K 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari” yoki
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
4) Ajratilgan bo’linmalar tomonidan asosiy vositalar qaytarildi:
D 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 4110 “Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan hisobvaraqlar”.
5) Debitorlik qarzlarini qoplash uchun ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan pul mablag’lari kelib tushdi:
D 5000 “Kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
D 5200 “Chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 5500 “Bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 4110 “Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan hisobvaraqlar” yoki
K 4120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan olinadigan hisobvaraqlar”.
6) Ajratilgan bo’linmalarga moddiy qiymatliklar berildi (1500-hisobvaraqdan foydalanilganda):
D 4110 “Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan hisobvaraqlar”
K 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish”.
7) Materiallar qiymatidagi farq ajratilgan bo’linmalar hisobiga ularga berilgan materiallar bo’yicha hisobdan chiqarildi (1610 - hisobvaraqning qo’llaganda):
D 4110 “Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan hisobvaraqlar”
K 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar”.
Korxonaning ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga bo’lgan joriy majburiyatlari to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
6110 “Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan hisobvaraqlar”;
6120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
“Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan hisobvaraqlar” nomli 6110 - hisobvaraqda korxonaning umumiy balansiga qo’shiladigan filiallar va vakolatxonalarning joriy majburiyatlari (ichki xo’jalik yoki ichki balans hisob-kitoblari) hisobga olinadi.
6110 “Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan hisobvaraqlar” hisobvarag’ining kreditida turli xildagi muomalalar bo’yicha ajratilgan bo’linmalar oldidagi joriy majburiyatlar tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablag’lari, xarajat va boshqalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
“Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan hisobvaraqlar” nomli 6120 - hisobvaraqda sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga joriy majburiyatlar (balanslararo hisob-kitoblar yoki ichki idoraviy hisob-kitoblar) hisobga olinadi.
6120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan hisobvaraqlar” hisobvarag’ining kreditida turli xildagi muomalalar bo’yicha sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlari oldidagi joriy majburiyatlar tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablag’lari, xarajatlar va boshqalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
6110 “Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan hisobvaraqlar” va 6120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan hisobvaraqlar” hisobvaraqlari bo’yicha analitik hisob har bir ajratilgan bo’linma, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyati bo’yicha alohida yuritiladi.
Quyida ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan to’lanadigan hisobvaraqlarni harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:
1) Ajratilgan bo’linmalardan, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan tovar-moddiy qiymatliklar olindi:
D 0700 “O’rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 0800 “Kapital qo’yilmalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 1100 “O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 2800 “Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 2900 “Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 6110 “Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan hisobvaraqlar” yoki
K 6120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
2) Ajratilgan bo’linmalardan, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan tovar-moddiy qiymatliklar olindi (1510 - hisobvaraqning qo’llagan holda):
D 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish”
K 6110 “Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan hisobvaraqlar” yoki
K 6120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
3) Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan olingan TMZlar qiymatidagi farqlar hisobga olindi (1610 - hisobvaraqning qo’llagan holda):
D 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar”
K 6110 “Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan hisobvaraqlar” yoki
K 6120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
4) Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlarining asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatuvchi xo’jalik, umumishlab chiqarish va boshqaruv ehtiyojlari bo’yicha ko’rsatgan xizmatlari qabul qilindi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” yoki
D 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari” yoki
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar” yoki
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 6110 “Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan hisobvaraqlar” yoki
K 6120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
5) Ajratilgan bo’linmalardan olingan yarim tayyor mahsulotlar qabul qilindi:
D 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”
K 6110 “Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
6) Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlari ko’rsatgan xizmatlar kelgusi davr xarajatlari tarkibida hisobga olindi:
D 3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari”
K 6110 “Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan hisobvaraqlar” yoki
K 6120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
7) Ajratilgan bo’linmalardan kassaga naqd pul kelib tushdi (yo’llanmalar uchun):
D 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari”
K 6110 “Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
8) Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan pul mablag’lari kelib tushdi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
D 5200 “Chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 5500 “Bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 6110 “Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan hisobvaraqlar” yoki
K 6120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
9) Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan pul ekvivalentlari kelib tushdi:
D 5610 “Pul ekvivalentlari (turlari bo’yicha)”
K 6110 “Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan hisobvaraqlar” yoki
K 6120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan hisobvaraqlar”.



Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   724




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish