Eksport va import operatsiyalarida naqd pulsiz to’lovlar shakllari. Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda tashkilotlar bir mamlakatdan boshqa mamlakatga to’lovlar shaklida naqd pulsiz valyuta hisob-kitoblarni amalga oshiradilar.
Turli bitimlar bo’yicha hisob-kitoblarning shakllari tashqi savdo shartnomalari (kontraktlari) bilan belgilanadi.
Odatda, eksport-import operatsiyalari bo’yicha to’lovlarning quyidagi shakllaridan foydalaniladi:
- bank o’tkazmalari;
- inkasso bo’yicha hisob-kitoblar;
- akkreditivlar bilan hisob-kitoblar;
- ochiq hisobvaraq bo’yicha hisob-kitoblar.