Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari – asosiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va unga xizmat qilish xarajatlari (energiya, transport xizmatlari, ta’mirlash xarajatlari kabilar).
Yuqoridan quyiga rejalashtirish – ishlab chiqarish rejasivi korxona bo’yicha ishlab chiqsh.
Yuridik shaxs - tashkilot, korxona, birlashmalar bo’lib, qonunga asosan, fuqarolik, jumladan xo’jalik huquqi va burchlari sub’ekti sifatida faoliyat yuritadi. Yuridik shaxs belgilariga quyidagilar misol bo’ladi:
1) o’zgarishi mumkin bo’lgan yuridik shaxs tarkibiga kiruvchi alohida shaxslardan qat’iy nazar mustaqil ravishda faoliyat yuritishi;
2) uning qatnashchilari mulkiga asoslangan, lekin o’z mulkining ham mavjudligi;
3) mulkni sotib olish, foydalanish va egalik qilish huquqi;
4) sudda va turli arbitrajlarda da’vogar yoki javobgar sifatida qatnashish huquqi.
Do'stlaringiz bilan baham: |