Umumishlab chiqarish xarajatlari – korxonada asosiy va yordamchi ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash va boshqarishga xizmat qiluvchi xarajatlar (mashina va uskunalarni saqlash, ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish, saqlash, sug’urta qilish xarajatlari va h.k.).
Uzoq muddatli kreditlar - bir yildan yuqori bo’lgan muddatga berilgan kreditlar. Bu kreditlar kapital qo’yilma, qimmatbaho uskunalar olish, asosiy podani tashkil etish va boshqa maqsadlarda respublika va chet mamlakatlar hududidagi banklardan milliy yoki xorijiy valyutada olinishi mumkin. Kreditlarni olish tartibi, hujjatlashtirish va qaytarilishi bank qoidalari va kredit shartnomalari asosida boshqariladi. Uzoq muddatli bank kreditlari bo’yicha hisob-kitob yuritish uchun 7810 - “Uzoq muddatli bank kreditlari” hisobvarag’idan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |