Marketing (inglizchadan savdo) - ishlab chiqarish - savdo muammolarini hal etishda kompleks dasturi - maqsadli yondashish. Marketingning asosiy usullari: bozorni va bozorning ishlab chiqaruvchilarga bo’lgan talabini chuqur o’rganish, xaridorlarning didi va xohishi, talabga javob beradigan tovarlarnigina ishlab chiqarish va hokazo.
Marketing bu tovarlar, xizmatlar talabini oldindan ko’ra bilish, boshqarish va qondirishdir.
Mapja - 1. Bankning vositachilik jarayonlarida - mijozga beriladigan ssuda foizi bilan, bank jalb etgan mablag’ning foizi o’rtasidagi farq, ya’ni bankning vositachilikdan oladigan daromadini tashkil etadi. 2. Valyuta savdosi jarayonlarida - bankning mijozlarga sotadigan valyuta kursi hamda sotuvchi va xaridor kursi bo’yicha sotib olish kurslari o’rtasidagi farq, ya’ni bankning valyuta savdosidan oladigan daromadini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |