Inventarizatsiya yozuvlari - inventarizatsiya o’tkazilgan vaqtda tuziladigan hujjat. Bunda tovar-moddiy boyliklari va boshqa inventarizatsiya qilinayotgan ob’ektlarning ma’lum bir muddatga haqiqiy holati aks ettiriladi. Bu hujjat komissiya a’zolari tomonidan bir necha turda va belgilangan shaklda tuziladi. Alohida inventar bo’yicha yozuv esa, korxonaga tegishli bo’lmagan boyliklar yuzasidan tuziladi (ijaraga olingan asosiy vositalar, saqlash va qayta ishlash uchun qabul qilingan boyliklar). Hujjatda tovar-moddiy boyliklari turi, o’lchov birligi bo’yicha ko’rsatiladi.
Hujjatga barcha komissiya a’zolari imzo chekadi, moddiy javobgar shaxs esa, inventarizatsiya natijasiga va kommissiya a’zolariga e’tirozi yo’qligi haqida tilxat yozib beradi.
Inventarizatsiya yozuvidan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining solishtirma qaydnomasini tuzishda foydalaniladi. (qarang. Inventarizatsiya).
Do'stlaringiz bilan baham: |